Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Parvoz xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Ustavi
8-bandining:
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaro aviatsiyasi” soʻzlari “aviakompaniya” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Davlat komissiyasi toʻgʻrisida” 1993-yil 7-iyundagi 271-son qarori
3-bandining:
birinchi xatboshidagi“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining bosh direktori” soʻzlari “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tashqi ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar, Mudofaa, Makroiqtisodiyot va statistika, Ichki ishlar, Adliya, Moliya, Sogʻliqni saqlash vazirlarining oʻrinbosarlari; Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi raislarining oʻrinbosarlari; “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati bosh direktori; Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining boshligʻi, “Oʻzaeronavigatsiya” direktori; Vazirlar Mahkamasining Kommunikatsiyalar kompleksi kotibiyati mudiri; Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari — lavozimlariga koʻra va koʻrsatib oʻtilgan boshqaruv organlari rahbarlarining tavsiyasiga binoan Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining aʼzolari etib belgilansinlar”;
4-banddagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi” soʻzlari “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning
1 va
5-bandlaridagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi” soʻzlari “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlina miqdorlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 6-modda) 2-bandning
birinchi va
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi” soʻzlari “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.