1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.02.00 Turizm sohasidagi faoliyatni litsenziyalash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAYYOHLIK TASHKILOTLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Turizmni yanada rivojlantirish va uni tashkil etishni takomillashtirish, sayyohlik xizmatlari bozorida kichik va oʻrta sayyohlik tashkilotlarining qatnashishini faollashtirish, shuningdek xorijiy investorlarni turizm sohasiga keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining, shuningdek xususiy turistik firmalarning Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasini tashkil etish va uning “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasiga qoʻshilgan aʼzo sifatida kirishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasiga, sayyohlik tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish, marketing, malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek sayyohlik faoliyati sohasida qonun hujjatlariga rioya qilish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarda uslubiy va huquqiy yordam koʻrsatishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarga:
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar roʻyxatiga 1-ilovaga* muvofiq;
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi boshqaruvi xodimlarining cheklangan soni 55 nafardan iborat boʻlgan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlarsiz) ijro etuvchi apparati tuzilmasiga 2-ilovaga muvofiq;
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasiga va uning boshqaruvi ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasiga 3 va 4-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
3. Belgilansinki, Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi boshqaruvi raisi lavozimiga koʻra “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisining oʻrinbosari hisoblanadi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
4. Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
Buyuk ipak yoʻlini tiklashda, respublikada turizmning zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirishda faol qatnashish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
Uyushma aʼzolari boʻlgan xususiy sayyohlik tashkilotlariga koʻmaklashish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
turizm sohasida marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
xususiy sayyohlik tashkilotlarini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mamlakatimiz yuridik va jismoniy shaxslarining mablagʻlarini jalb qilish;
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasida, shuningdek davlat organlarida va jamoat tashkilotlarida Uyushma aʼzolari boʻlgan xususiy sayyohlik tashkilotlarining manfaatlarini ifodalash;
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
5. Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi ishtirokida ikki hafta muddatda oʻzining taʼsis hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin va belgilangan tartibda ularni qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
6. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi 1999-yil 1-yanvargacha:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.02.00 Turizm sohasidagi faoliyatni litsenziyalash;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.03.00 Turistik xizmatlarni sertifikatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Turizm toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
“Oʻzdavstandart” markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sayyohlik xizmatlari sohasida yagona davlat standartlarini ishlab chiqsin;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2005-yilgacha boʻlgan davrda respublikada turizmni rivojlantirish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda sayyohlik tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarishni yanada chuqurlashtirish va aksiyalashtirish, aksiyalar paketlarini va kichik sayyohlik tashkilotlarini xorijiy investorlarga sotish, mehmonxona xoʻjaligini boshqarishga xorijiy sayyohlik firmalarini jalb qilish boʻyicha aniq takliflar kiritsin.
8. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasiga Vazirlar Mahkamasining turizm sohasida litsenziya berish boʻyicha komissiyasining qarorlari asosida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularning turizm sohasida faoliyatni amalga oshirishiga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar)ni texnik rasmiylashtirish huquqi berilsin.
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasiga turizm sohasida faoliyat koʻrsatishga litsenziyalar olgan tashkilotlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish funksiyasi yuklansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining “Oʻzsayohatinvest-bank” negizida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Oʻzsayohat” boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-oktabrdagi 484-son qarorining 1-bandi va 5-bandining toʻrtinchi xatboshi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 8-avgust,
346-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi boshqaruvi ijro etuvchi apparatining