1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Gumanitar va texnik yordam]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “KICHIK VA MIKRO MOLIYALASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kichik va oʻrta biznes subyektlariga kredit va moliya xizmati koʻrsatishni kengaytirish, mikro moliyalashtirishni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga:
“Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun besh yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga 20 mln AQSH dollari miqdorida qarz berilishini;
kredit uyushmalari faoliyati ustidan nazorat tizimini institutsional mustahkamlash boʻyicha texnik koʻmaklashish maqsadida 400 ming AQSH dollari miqdorida grant berilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasiga Osiyo taraqqiyot bankining qarzi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Qarz bitimi asosida beriladi;
mazkur Loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qarz oluvchi hisoblanadi;
qarzning 5 mln AQSH dollari miqdoridagi qismi kredit uyushmalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga, shuningdek Loyihani amalga oshirish davrida (2003—2010-yillar) Qarz bitimida nazarda tutilgan foizlar va vositachilik haqining bir qismini qoplashga yoʻnaltiriladi;
qarzning qolgan 15 mln AQSH dollari miqdoridagi qismi kichik va oʻrta biznesni, shuningdek kredit uyushmalarini kreditlash boʻyicha liniyalar ochish uchun Moliya vazirligi tomonidan “Asaka” banki va “Paxta-bank”ka qayta moliyalashtiriladi;
Qarz bitimi shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Moliya sektorini rivojlantirish agentligi, “Asaka” banki va “Paxta-bank” Loyiha ayrim komponentlarining ijro etuvchi agentliklari hisoblanadi;
“Asaka” banki va “Paxta-bank”ka qayta moliyalashtiriladigan qarz mablagʻlarini, shuningdek ular boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash banklar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Loyihani amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, unga Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish hamda Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish vazifalari yuklansin.
* Ilovalar berilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi Qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008-yildan boshlab, har yilgi Davlat budjetini shakllantirishda Osiyo taraqqiyot bankining koʻrsatib oʻtilgan qarzi boʻyicha asosiy qarzni, foizlar va vositachilik haqini toʻlash uchun tijorat banklarining ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
6. “Asaka” banki, “Paxta-bank” va Moliya sektorini rivojlantirish agentligi Osiyo taraqqiyot banki bilan Loyiha bitimlarini imzolasinlar hamda oʻz zimmalariga koʻrsatib oʻtilgan Loyiha bitimlari shartlariga muvofiq Loyihani ijro etish majburiyatini qabul qilsinlar.
7. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Qarz bitimiga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Bojxona kodeksiga muvofiq Loyiha doirasida uni amalga oshirish davrida import boʻyicha olib kelinayotgan tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari), Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarid qilinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) esa koʻrsatib oʻtilgan Loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi sifatida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.
8. Kredit uyushmalarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
kredit uyushmalari, boʻshab qoladigan mablagʻlar sarmoyani koʻpaytirishga va ustav faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan holda 2006-yil 1-yanvargacha daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.20.00 Jamgʻarma ishi. Bank tomonidan naqd pul berilishi]
belgilansinki, kredit uyushmalarining kreditlashi uchun banklar tomonidan naqd mablagʻlar berish kredit uyushmalari hisob raqamlaridagi mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki bilan birgalikda kredit uyushmalarini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.