Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda dinshunoslik fani asoslari, muqaddas islom dini tarixi va falsafasi, bu sohaning jamiyat hayoti va rivojidagi ahamiyatini nazarda tutib, Toshkent islom universitetini bitirib chiqayotgan mutaxassislarning diniy va dunyoviy bilimlar hamda xorijiy tillarni puxta egallaganini eʼtiborga olib, ularning mehnatini ragʻbatlantirish, ijtimoiy muhofazasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2003-yilning 1-sentabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetini bitirib, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlarga ishga qabul qilinadigan bakalavr va magistrlarning lavozim maoshlariga 20 foiz miqdorida oylik qoʻshimcha haq belgilansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.