Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mapkaziy banki va Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma bankining SSSR Davlat banki va Rossiya bankining 1961 — 1992-yillar nusxasidagi qogʻoz rubllarani muomaladan chiqarish davrida aholining Jamgʻarma banki muassasalaridagi alohida maxsus foizsiz schyotlarga topshirilgan pul mablagʻlarini 1994-yilning 5-mayidan boshlab qaytarib berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki :
omonatchilar mablagʻlarni talab qilganlarida koʻrsatib oʻtilgan schyotlardan ularning hech qanday toʻsiqlarsiz daromadlar manbai toʻgʻrisida deklaratsiya talab qilmasdan qaytarib berilishini taʼminlasin;
1994-yilning 5-mayidan boshlab koʻrsatib oʻtilgan schyotlar boʻyicha yoʻqlab olinadigan omonatlardagi kabi foizlar toʻlasin;
maxsus foizsiz schyotlardagi mablagʻlarni omonatchilarning xohishlariga koʻra omonatning amaldagi har qanday turiga oʻtkazsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini barqarorlashtirishga oid qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida” 1993-yil 6-noyabrdagi 533-son qarori 1-bandining
uchinchi xatboshi hamda
2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.