Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini joriy etish toʻgʻrisida” 1998-yil 10-oktabrdagi PF-2086-son
Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilansinki, yagona yer soligʻi:
oʻrmonchilik, baliq ovlash, ovchilik xoʻjaliklariga;
ular uchun soliq solishning amaldagi tartibi saqlanib qoladigan mustaqil yuridik shaxslar hisoblanmagan yordamchi qishloq xoʻjaliklariga;
“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuni bilan nazarda tutilgan soliq solish shartlari saqlanib qoladigan dehqon xoʻjaliklariga tatbiq etilmaydi.
3. Yagona yer soligʻi toʻlovchilar quyidagi tartibda budjetga bir yilda uch marta soliq toʻlaydi:
hisobot yilining 1-iyuligacha — yillik soliq summasining kamida 20 foizini;
hisobot yilining 1-sentabrigacha — yillik soliq summasining kamida 30 foizini;
hisobot yilining 1-dekabrigacha — soliqning qolgan summasini toʻlaydi.
4. Agar qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari — yagona yer soligʻi toʻlovchilar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan birga faoliyatning boshqa turlari bilan shugʻullansalar ular alohida hisob-kitob yuritishlari va faoliyatning boshqa turlari boʻyicha soliq toʻlovchilarning mazkur toifasi uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashlari shart.
Yer qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ijaraga berilgan taqdirda ijaraga beruvchida ijaraga berilgan yer boʻyicha yagona yer soligʻi toʻlash majburiyati saqlanib qoladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bir hafta muddatda Yagona yer soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi sugʻoriladigan yerlarda tuproq kartalariga tuzatish kiritish, tuproq bonitirovkasini aniqlash va yerni qiymat jihatidan baholash boʻyicha dala ishlarini 1999-yilda yakunlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuproq kartalariga tuzatish kiritish, tuproq bonitirovkasini aniqlash va sugʻoriladigan yerlarni qiymat jihatidan baholash boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasining hisob-kitoblariga muvofiq mablagʻ bilan taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.