toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.05.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATI TUZILMASIGA QISMAN OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-maydagi 248-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hukumat apparati tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi tugatilsin hamda:
xodimlari soni 10 nafardan iborat boʻlgan Taʼlim va Fan boʻlimi;
xodimlari soni 11 nafardan iborat boʻlgan Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimi tashkil etilsin.
2. Quyidagilar bu boʻlimlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Taʼlim va fan boʻlimi boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, ilmiy tashkilotlarning taʼlim, fan va informatika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
respublika Hukumatiga kiritish uchun taʼlim, fan, texnika va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sohalarini konseptual rivojlantirish toʻgʻrisidagi takliflarni tahlil qilish, umumlashtirish va ishlab chiqish;
Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimi boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ijtimoiy soha va madaniyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
respublika Hukumatiga kiritish uchun aholini davlat tomonidan kafolatli ijtimoiy himoya qilishni, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport, turizmni va axborot bilan taʼminlashni takomillashtirish va rivojlantirish yoʻllarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni tahlil qilish, umumlashtirish va tayyorlash.
3. Kompleks rahbari M. Q. Qoraboyev 10 kun muddatda Taʼlim va fan boʻlimi hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 11-may,
248-son