Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi PF-745-son
Farmonini ijro etish yuzasidan hamda bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida uyushgan jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish, reket va poraxoʻrlik hollariga barham berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tuzilmalarida korrupsiya va reketga va terrorchilikka qarshi kurash boshqarmalari tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining korrupsiya va reketga va terrorchilikka qarshi kurash boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va shtatlar soni
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarmalarning shtatdagi xodimlari sonini vazirlikning belgilangan xodimlari soni va shtatlari doirasida shakllantirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasidagi Korrupsiya va reketga qarshi kurash boshqarmasi Korrupsiyaga, reketga va terrorchilikka qarshi kurash Bosh boshqarmasiga aylantirilsin.
4. Koʻrsatib oʻtilgan Bosh boshqarma tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ichki qoʻshinlarining harbiy qismi (7777 h\q) shtatlari soni hisobidan terrorchilik bilan kurashuvchi maxsus boʻlinma kiritilsin.
Alohida xizmat sharoitlari uchun Ushbu boʻlinmaning boshliqlar tarkibiga, Korrupsiya, reket va terrorchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshligʻiga hamda uning oʻrinbosarlariga amaldagi lavozim maoshlari 25 foiz ustama bilan toʻlansin va pensiyaga chiqish vaqtida uzoq muddat ishlaganlikni hisoblashda xizmatning 1 oyi 1,5 oy deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uning tuzilmasida korrupsiya va reketga qarshi kurash boshqarmalari tashkil etilishi munosabati bilan mehnatga haq toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga zarur mablagʻlar ajratsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-fevraldagi 57-4-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
katta va oʻrta boshliqlar tarkibiga kiruvchi xodimlar soni