Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi PF-745-son
Farmonini ijro etish yuzasidan hamda bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida uyushgan jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish, reket va poraxoʻrlik hollariga barham berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tuzilmalarida korrupsiya va reketga qarshi kurash boshqarmalari tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining korrupsiya va reketga qarshi kurash boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va shtatlar soni
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarmalarning shtatdagi xodimlari sonini vazirlikning belgilangan xodimlari soni va shtatlari doirasida shakllantirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uning tuzilmasida korrupsiya va reketga qarshi kurash boshqarmalari tashkil etilishi munosabati bilan mehnatga haq toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga zarur mablagʻlar ajratsin.
katta va oʻrta boshliqlar tarkibiga kiruvchi xodimlar soni