toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh VA ULARNING BA’ZILARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining “Sobiq SSR Ittifoqining qonun kuchidagi hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 29-apreldagi 210-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari ilova* qilinayotgan ro‘yxatga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan ilova* qilinayotgan o‘zgartirishlar tasdiqlansin.
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 19-oktabr,
505-son