toggle_night_mode
Hujjat 18.07.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUDYALARINI, ADLIYA ORGANLARI XODIMLARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISHNI KUCHAYTIRISH TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalarni, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, bu organlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish hamda mehnatga haq toʻlash darajasini tabaqali baravarlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqqadima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
sudlar va adliya organlarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
martaba darajalari uchun sudlar va adliya organlari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qaroriga 5-ilova, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 589-son qaroriga 19, 24-ilovalar va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-yanvardagi 33-son qaroriga 12-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Mazkur qaror 1993-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 9-iyul.,
343-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil
9-iyuldagi 343-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq
MIQDORLARI

Lavozimlarning nomi

Lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdori (foizlarda)


5-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya


24

4-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya

28

3-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya

32

2-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya

36

1-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya

40

Oliy malaka darajasiga ega boʻlgan sudya

50

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-iyuldagi 544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/544/1541-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qaroriga
3-ILOVA
Sudlar va adliya organlarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari (lavozim maoshiga nisbatan foizlarda)

Sud va adliya organlaridagi umumiy ish staji:

2 yildan 5 yilgacha boʻlganda

5 %

5 yildan 10 yilgacha boʻlganda

10 %

10 yildan 15 yilgacha boʻlganda

15 %

15 yildan 20 yilgacha boʻlganda

20 %

20 yildan 25 yilgacha boʻlganda

25 %

25 yildan 30 yilgacha boʻlganda

30 %

30 yildan ortiq boʻlganda

40 %

Izoh.
Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislari sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustama toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-iyuldagi 544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/544/1541-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qaroriga
4-ILOVA
Sudlar va adliya organlari xodimlarining lavozim maoshlariga martaba darajalari uchun qoʻshiladigan qoʻshimcha haq
MIQDORLARI
Keyingi tahrirga qarang.

Nomi

Lavozim maoshlariga nisbatan foizlarda qoʻshimcha haq miqdori


3-darajali yurist

20


2-darajali yurist

24


1-darajali yurist

28


3-darajali adliya maslahatchisi

32


2-darajali adliya maslahatchisi

36


1-darajali adliya maslahatchisi

40


3-darajali davlat adliya maslahatchisi

44


2-darajali davlat adliya maslahatchisi

47


1-darajali davlat adliya maslahatchisi

50


Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi

50

Izoh.
Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislari sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda; 2013-y., 3-son, 32-modda; 2014-y., 2-son, 21-modda; 2017-y., 25-son, 551-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180; 01.02.2018-y., 09/18/67/0636-son, 18.07.2018-y., 09/18/544/1541-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)