Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Taqiqlangan tovarlar va yuklarning Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali noqonuniy olib kelinishini va tranzit qilinishini bartaraf etish, yuk transport vositalarining kirib kelishi va chiqib ketishini, tranziti va harakat qilishini tartibga solish, yoʻl, maishiy xizmat va servis xizmati koʻrsatish tizimini tashkil qilish, shuningdek avtotransport vositalari harakati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkazish Bekobod, Andarxon, Panjikent, Uzun, Gʻishtkoʻprik, Olot, Xoʻjayli, Xoʻjaobod nazorat-oʻtkazish punktlari orqali amalga oshiriladi.
2. Toʻlov bevosita bojxona postlaridagi bank boʻlimlari tomonidan undiriladi va olingan mablagʻlar AQSh dollarida Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl jamgʻarmasining valyuta schyotiga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, yigʻimlar toʻlanishini nazorat qilish bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali tranzit bilan oʻtayotganda bir avtotransport vositasi uchun 200 EKYu miqdorida yoxud toʻlov kunidagi ekvivalentdagi erkin almashtiriladigan valyutada bojxona yigʻimlari undirilgan holda aksiz soligʻi solinadigan tovarlarning majburiy bojxona kuzatuvi joriy etilsin.
Bojxona kuzatuvi uchun yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha soʻmlarda undiriladi, bunda erkin almashtiriladigan valyuta bank boʻlimlarida almashtirilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi. Olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasining 4-moddasiga muvofiq MDP daftarchasi (MDP konvensiyasi)ni qoʻllagan holda oʻtib ketayotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona kuzatuvi yigʻimlar undirilmasdan qoʻllaniladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov) respublika hududi orqali kelayotgan tranzit transport vositalari kirib kelgan kundan boshlab koʻpi bilan uch sutka mobaynida ularning chiqib ketishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojxona jihatidan rasmiylashtirilmagan yukli avtotransport vositalari aniqlangan hollarda ular bojxona qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻrish uchun eng yaqin oradagi bojxona organiga topshirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali Tojikiston Respublikasi yuk transport vositalarining kirib kelishi, chiqib ketishi va tranziti hamda harakat qilishining qabul qilingan tartibi toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar bilan Tojikiston Respublikasi elchixonasiga xabar bersin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.