1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TEMIR YOʻL STANSIYALARIDA BOJXONA NAZORATINI VA NAZORAT POSTLARINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Temir yoʻl transportida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegaralaridan oʻtuvchi yoʻlovchilarning qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazishni tartibga solish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegaralaridan oʻtish punktlarida ularni bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib oʻtish chogʻida yoʻlovchilarning qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish maqsadida yoʻlovchi tashuvchi temir yoʻl transporti vositalarini toʻxtatish uchun moʻljallangan chegara temir yoʻl stansiyalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
hududida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi bojxona organlariga xizmat xonalari beradigan chegara temir yoʻl stansiyalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi 1999-yilda Buxoro viloyatidagi Xoʻjadavlat stansiyasida, kelgusida aloqa vositalari bilan taʼminlangan mahalliy tarmoqlar tashkil qilinishini hisobga olgan holda, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalariga ega boʻlgan bojxona posti qursin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qurilish tugallangandan keyin postni zarur inventar, asbob-uskunalar va aloqa vositalari bilan jihozlasin.
3. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi mazkur punktlarni Davlat bojxona qoʻmitasi buyurtmanomasiga binoan aloqa xizmatlari va vositalari bilan belgilangan tartibda taʼminlasin hamda kelgusida ularning uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Moliya vazirligi, Markaziy bank va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibini ishlab chiqsin hamda ikki oy muddatda tasdiqlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L. A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 24-noyabr,
489-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-noyabrdagi 489-son qaroriga 1-ILOVA
Bojxona nazoratidan oʻtkazish maqsadida yoʻlovchi tashuvchi temir yoʻl transporti vositalarini toʻxtatish uchun moʻljallangan chegara temir yoʻl stansiyalari
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-noyabrdagi 489-son qaroriga 2-ILOVA
Hududida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi bojxona organlariga xizmat xonalari beradigan chegara temir yoʻl stansiyalari
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha
“Karakalpakiya”, “Naymankoʻl” temir yoʻl stansiyalari
“Karakalpakiya” stansiyasidan “Naymankoʻl” temir yoʻl stansiyasigacha va “Naymankoʻl” temir yoʻl stansiyasidan “Karakalpakiya” stansiyasigacha qatnov yoʻlida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish.
Qashqadaryo viloyati boʻyicha
“Qarshi” temir yoʻl stansiyasi
Sirdaryo viloyati boʻyicha
“Xovos” temir yoʻl stansiyasi.
“Xovos” stansiyasidan “Bekobod” stansiyasigacha qatnov yoʻlida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish.
Surxondaryo viloyati boʻyicha
“Sariosiyo”, “Boldir”, “Termiz”, “Amu-Zang” temir yoʻl stansiyalari.
“Boldir” stansiyasidan “Termiz” stansiyasigacha va “Termiz” stansiyasidan “Boldir” stansiyasigacha qatnov yoʻlida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish.
Toshkent viloyati boʻyicha
“Bekobod” temir yoʻl stansiyasi
“Bekobod” stansiyasidan “Xovos” stansiyasigacha qatnov yoʻlida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish.
Fargʻona viloyati boʻyicha
“Qoʻqon” temir yoʻl stansiyasi
Xorazm viloyati boʻyicha
“Urganch” temir yoʻl stansiyasi
Bojxona rasmiylashtiruvi “Urganch” stansiyasida amalga oshirilishi munosabati bilan “Shovot” va “Pitnak” temir yoʻl stansiyalari orqali yoʻlovchi tashuvchi poyezdlar toʻxtamasdan oʻtadi.
Toshkent shahri boʻyicha
Toshkent markaziy yoʻlovchi temir yoʻl stansiyasi.