toggle_night_mode
Hujjat 25.06.2026 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarini pedagogika sohasida magistraturaga oʻqishga maqsadli qabul qilish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarining bilim va koʻnikmalarini oshirishiga yetarli sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xalqaro akkreditatsiyalangan tizimda oliy malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilarni (keyingi oʻrinlarda — oliy toifali oʻqituvchilar) pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy taʼlim shaklida oʻqitishni (keyingi oʻrinlarda — maqsadli magistratura) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Belgilansinki:
a) maqsadli magistraturaga qabul oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
b) oliy toifali oʻqituvchilar:
maqsadli magistraturada oʻqish jarayonlarini ishdan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiradi;
maqsadli magistraturani tugatgandan keyin uch yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladi;
v) oliy toifali oʻqituvchilar ushbu qarorga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, ularga nisbatan Vazirlar Mahkamasining “Davlat oliy taʼlim muassasalari magistratura bosqichida taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlab berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarorida belgilangan toʻlov-kontrakt summasini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish shartlari tatbiq etilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab oliy toifali oʻqituvchilarni Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida maqsadli magistraturada oʻqitishni yoʻlga qoʻysin;
har yili umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, kelgusi oʻquv yili uchun oliy toifali oʻqituvchilarni maqsadli magistraturaga qabul qilish parametrlarini Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritib borsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 24-iyun,
322-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 24-sentabrdagi 606-son qarorida:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari xususiyatidan kelib chiqib, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni oliy taʼlim tashkilotlarida mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllarida tashkil etish;
ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlarini belgilash, oʻqishga kirish uchun belgilangan muddatlarda hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi orqali qabul qilish;
ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻquv jarayonini tashkil etish, shu jumladan, oʻqish davomiyligini tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilash;
ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejasi va fan dasturlarini tayanch oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan turdosh oliy taʼlim tashkilotlari bilan kelishilgan holda kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib alohida ishlab chiqish va tasdiqlash”;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM”;
1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni tashkil etish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP), davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — DXM) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus platforma) orqali qabul qilish tartibini belgilaydi”;
4-banddagi “muassasalari” va “muassasasida” soʻzlari tegishlicha “tashkilotlari” va “tashkilotida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5, 9 va 13-bandlardagi tegishli kelishikdagi “muassasasi” soʻzi tegishli kelishikdagi “tashkiloti” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 51 — 53-bandlar bilan toʻldirilsin:
“51. Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmati mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
52. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
53. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatish doirasida arizani koʻrib chiqish holatini YIDXP yoki maxsus platforma orqali kuzatib borishi mumkin”;
6-banddagi “muassasalarida” soʻzi “tashkilotlarida” soʻzi bilan almashtirilsin;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Ariza beruvchi ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP yoki maxsus platforma orqali roʻyxatdan oʻtadi”;
8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul qilish natijalari har yili 30-avgustga qadar oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan eʼlon qilinadi hamda qabul natijasi toʻgʻrisida YIDXP yoki maxsus platforma orqali ariza beruvchi xabardor qilinadi”;
quyidagi mazmundagi 101 — 105-bandlar bilan toʻldirilsin:
“101. Ariza beruvchi YIDXP, DXM yoki maxsus platforma orqali mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha soʻrovnomani (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) toʻldiradi hamda unga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
102. Agar soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga arizani tahrirlashga qoʻshimcha imkoniyat berilishi mumkin. Bunda arizani tahrirlashning oxirgi muddati ariza qabul qilish jarayoni yakunlangunga qadar amal qiladi.
Qabul muddati yakunlanganidan soʻng birinchi marta rad etilgan arizalarni bir ish kuni davomida tahrirlash imkoniyati beriladi.
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
103. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatishning har qanday bosqichida undan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
104. YIDXP, DXM yoki maxsus platforma orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishli oliy taʼlim tashkilotiga yuboriladi.
105. Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan (koʻrsatgan) davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hamda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari filiallari (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim tashkilotlari) tomonidan berilgan diplom maʼlumotlari avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy (professional) taʼlim tashkilotlarini tugatganligi toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlar bazasi”dan (keyingi oʻrinlarda — “Diplom” axborot tizimi) olinadi.
Tegishli oliy taʼlim tashkiloti “Diplom” axborot tizimida diplom maʼlumotlari mavjud boʻlmagan ariza beruvchining taʼlim maʼlumotlarini ariza kelib tushgandan boshlab uch ish kuni davomida ariza beruvchining tugatgan oliy taʼlim tashkilotiga diplom maʼlumotlarini tasdiqlash uchun joʻnatadi, bunda har yili 20-avgustga qadar tegishli oliy taʼlim tashkiloti tomonidan ariza beruvchiga berilgan diplom maʼlumotlari tasdiqlab beriladi.
Ariza beruvchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tugatgan boʻlsa, uning diplom maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Nostrifikatsiya” axborot tizimi orqali tekshirib olinadi.
Tegishli oliy taʼlim tashkiloti “Nostrifikatsiya” axborot tizimida diplom maʼlumotlari mavjud boʻlmagan ariza beruvchining taʼlim maʼlumotlarini ariza kelib tushgandan boshlab uch ish kuni davomida ariza beruvchining tugatgan oliy taʼlim tashkilotiga diplom maʼlumotlarini tasdiqlash uchun joʻnatadi.
Bunda xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi lozim”;
birinchi xatboshidagi “muassasasi” soʻzi “tashkiloti” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
12-banddagi “muassasalari” va “muassasasi” soʻzlari tegishlicha “tashkilotlari” va “tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121. Talabalikka tavsiya etilgan ariza beruvchilar qabul komissiyasiga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan koʻchirmaning asl nusxasi — oliy taʼlim tashkilotlarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilovani taqdim etadi.
Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, ariza beruvchi talabalikka qabul qilinmaydi (talabalikka qabul qilingan boʻlsa, oliy taʼlim tashkiloti talabalari safidan chetlashtiriladi) hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xabardor qilinadi”;
15-banddagi “muassasalari” soʻzi “tashkilotlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 181 va 182-bandlar bilan toʻldirilsin:
“181. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
182. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin”;
quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Muddatlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Ariza beruvchi

 

1. Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun Davlat xizmatlari markaziga (DXM) oʻzi kelgan holda murojaat etadi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki maxsus platformada roʻyxatdan oʻtadi.

2. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, tegishli soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi.

3. Maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.

 

Har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar

(shu kuni ham)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

YIDXP, DXM, maxsus platforma

 

Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalarini, maʼlumotlarini tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yuboradi.

 

10 daqiqa mobaynida avtomatik tarzda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Oliy taʼlim tashkiloti

 

1. Ariza beruvchining diplom maʼlumotlarini tekshirib, tegishliligi boʻyicha talabgorning bakalavr diplomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tugatgan oliy taʼlim tashkiloti tasdiqlaydi.

 

Har yili 20-avgustga qadar

 

 

2. Kelib tushgan arizalarni tegishligi boʻyicha qabul qiladi.

 

Har yili 20-avgustga qadar

 

 

3. Arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ariza beruvchining YIDXP yoki maxsus platformadagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi.

 

Har yili 30-avgustga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

NAMUNA

 

Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha

SOʻROVNOMA

 

I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar

1.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi)

1.2. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, JSHSHIR maʼlumotlari)

1.3. Fuqaroligi

1.4. Telefon raqami

1.5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Ariza beruvchining oʻqigan oliy taʼlim tashkiloti boʻyicha maʼlumotlar

2.1. Oʻqigan oliy taʼlim tashkilotining nomi

2.2. Oʻqigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi shifri va nomi

2.3. Oliy taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Diplom” axborot tizimi orqali avtomatik shakllanadi. Ushbu tizim orqali diplom maʼlumotlari aniqlanmagan ariza beruvchilardan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va unga ilovaning nusxalari soʻraladi.

2.4. Xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasi (xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tugatgan hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining “Nostrifikatsiya” axborot tizimidan diplom maʼlumotlari aniqlanmagan ariza beruvchilar uchun).

III. Ariza beruvchining ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga kirish istagini bildirgan oliy taʼlim tashkiloti

3.1. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga kirish istagini bildirgan oliy taʼlim tashkilotining nomi

3.2. Taʼlim yoʻnalishi shifri va nomi

3.3. Taʼlim shakli

3.4 Taʼlim tili

Ushbu soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning toʻliq va haqiqiyligini hamda toʻgʻri koʻrsatilganligini tasdiqlayman.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari bilan toʻliq tanishdim”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt summasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Ushbu Nizom davlat oliy taʼlim tashkilotlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan talaba xotin-qizlar (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar)ga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Nizom Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilari uchun maqsadli ravishda tashkil etilgan magistratura talabalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandida:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilari maqsadli qabul qilinadigan magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan abituriyentlar xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olganligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)