Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi tizimini texnika bilan qayta jihozlash uchun jalb etilgan xorijiy kreditlarni toʻlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasining tarkibiy boʻlinmalari Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash toʻgʻrisida” 1997-yil 25-avgustdagi 412-son
qaroriga muvofiq xorijiy kredit hisobiga sotib olingan asbob-uskunalar uchun mulk soligʻi toʻlashdan mazkur asbob-uskunalar boʻyicha mulk soligʻi yuzasidan ilgari berilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugaydigan vaqtdan boshlab besh yil muddatga ozod qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-avgustdagi 412-son
qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
a)
2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini va Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash dasturi boʻyicha jalb etiladigan xorijiy kreditlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarni toʻlash qarz bitimlari muddatlari va shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”;
b)
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 1998-yil va keyingi yillar uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini shakllantirishda avans toʻlovlarini amalga oshirish hamda xorijiy banklar kreditlarini va qarz bitimlari muddatlari va shartlarida ular boʻyicha belgilangan foizlarni toʻlash uchun Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasiga mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar”.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.