Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Gazlangan va gazlanmagan suvlar hamda ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish uchun zarur texnik imkoniyatlar toʻliq yaratilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-son qarori bilan tasdiqlangan Suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish
grafigi 4.4 va 5.2-pozitsiyalaridagi “2026-yil” soʻzlari “2027-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori bilan birgalikda suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchi, ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash mexanizmlarining amalda qoʻllanishi yuzasidan keng qamrovli tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.