toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.1999
Hujjat 14.10.1998 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT BOJI STAVKALARIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 205-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son va 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga quyidagi qoʻshimcha kiritilsin:
7-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun eng kam ish haqining 30 foizi miqdorida”.‎‎
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 14-oktabr,
443-son