1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yigʻish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yigʻish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash]
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Foydalanish taqiqlangan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.05.00 Noyob, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimliklar va hayvonlar. Qizil kitob]
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi tasdiqlangan kvotalar doirasida “E-auksion” elektron savdo platformasida oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma elektron onlayn-auksion savdolari natijalari boʻyicha auksion gʻoliblariga ularning murojaatisiz “proaktiv” tarzda rasmiylashtirib beriladi hamda bir yil davomida amal qiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2026-yil 1-iyundan boshlab:
qizilmiya oʻsimligi populyatsiyasini qayta tiklash hamda uning muhofazasini taʼminlash choralarini koʻrsin;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
qizilmiya oʻsimligining davlat oʻrmon xoʻjaliklari hududlaridagi tabiiy areallarini, zaxirasini hamda foydalanish mumkin boʻlgan miqdorini aniqlasin;
qizilmiya oʻsimligi genofondini saqlash va uni koʻpaytirish maqsadida tabiiy areallaridagi zaxirasi yetarli boʻlgan oʻrmon xoʻjaliklari hududlarida kamida 2 gektardan onalik plantatsiyalarini tashkil etsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik]
qizilmiya oʻsimligining urugʻlik materiallarini yetishtirish, tayyorlash, koʻpaytirish hamda xomashyosini qayta ishlash boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yigʻish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash]
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali berishni yoʻlga qoʻysin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka tushuntirilishini taʼminlasin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-may,
245-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 245-son qaroriga 1-ILOVA
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yigʻish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash]
1. Ushbu Nizom yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom pitomniklar, plantatsiyalar, tomorqa, xususiy bogʻlar va dala hovlilarda yetishtirilgan oʻsimliklarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻrmonlar va oʻsimlik dunyosini jonlantirish. Oʻrmonlar yaratish, oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish]
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar — madaniylashtirilmagan daraxtlar, butalar, oʻtsimonlar, qirqquloqsimonlar, yoʻsinsimonlar, suv oʻtlari, lishayniklar va zamburugʻlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor xomashyosi — madaniylashtirilmagan va tabiiy muhitda oʻsadigan yovvvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning tibbiyotda va farmatsevtikada dori-darmon tayyorlash, shuningdek, biologik aktiv moddalar, efir yogʻlarini olish uchun ishlatiladigan qismlari (ildizi, bargi, guli, mevasi, poʻstlogʻi, yelimi, suvi);
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik xomashyosi — madaniylashtirilmagan va tabiiy muhitda oʻsadigan yovvvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning sanoatda efir yogʻi, oshlovchi, boʻyoq moddalari, texnik tolalarni olish uchun ishlatiladigan qismlari (ildizi, bargi, guli, mevasi, poʻstlogʻi, yelimi, suvi);
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yigʻish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash]
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi — yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni maxsus foydalanish tartibida yigʻish va tayyorlashning Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) tomonidan tasdiqlangan yillik miqdori;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
operator — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron savdo platformasida auksionlarni tashkil etadigan va oʻtkazadigan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
oʻsimlik dunyosi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitda oʻsadigan yoki sunʼiy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan barcha turdagi yovvoyi oʻsimliklar majmui;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — elektron savdo platformasi) — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi.
4. Jismoniy va yuridik shaxslar yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar obyektlarining foydalanuvchilari boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yigʻish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash]
5. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar obyektlarining foydalanuvchilari tomonidan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni umumiy hamda maxsus foydalanish tartibida yigʻishga va tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi.
6. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni jismoniy shaxslar tomonidan bepul, hayotiy zarur ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun cheklangan hajmlarda yigʻish va tayyorlashga umumiy foydalanish tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish normalari va tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari bilan kelishilgan holda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilanadi.
7. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni ularning foydalanuvchilari tomonidan yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) asosida haq evaziga yoʻl qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yigʻish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash]
8. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosi, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ruxsatnoma beriladi.
2-bob. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasini shakllantirish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yigʻish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni maxsus foydalanish tartibida yigʻish va tayyorlashning zaxirasini aniqlaydi. Bunda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar oʻsadigan yer uchastkalarining umumiy maydoni 0,1 gektardan hamda oʻt qoplamasi 10 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi har yili 15-aprelga qadar tuman (shahar) kesimida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni maxsus foydalanish tartibida yigʻish va tayyorlashning zaxirasi toʻgʻrisidagi xulosani (keyingi oʻrinlarda — xulosa) Ekologiya qoʻmitasiga taqdim etadi.
11. Ekologiya qoʻmitasi xulosani bir hafta muddatda koʻrib chiqib, kelishish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuboradi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari xulosa yuzasidan uch kun muddatda Ekologiya qoʻmitasiga takliflar kiritadi.
13. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi har yili 10-mayga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining takliflari asosida Ekologiya qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
3-bob. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali berish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
14. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqi elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar bundan mustasno.
15. Ekologiya qoʻmitasi har yili 20-mayga qadar yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi doirasida hududlar kesimida oʻsimliklarning turlari va hajmlari boʻyicha lotlarni shakllantiradi hamda elektron savdo platformasiga joylashtirish uchun operatorga ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq elektron buyurtmani taqdim etadi.
16. Lotlarda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash hududi;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turi va oʻsimlik qismi;
yigʻiladigan va tayyorlanadigan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar hajmi;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlangʻich narxi;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash muddati;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash uchun ruxsat berishga oid talablar va shartlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
17. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdosiga qoʻyishning boshlangʻich narxlari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
18. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini berish boʻyicha elektron onlayn-auksion savdolari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
19. Auksion gʻolibi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqining qiymatini toʻliq toʻlagandan keyin bir ish kuni ichida auksion natijalari boʻyicha operator tomonidan bayonnoma rasmiylashtiriladi hamda auksion gʻolibi va Ekologiya qoʻmitasining elektron savdo platformasidagi shaxsiy kabinetlariga elektron shaklda yuboriladi.
Bunda ushbu auksion obyekti boʻyicha avval toʻlangan zakalat puli auksion obyektining 100 foiz qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.
20. Auksion natijalari boʻyicha bayonnoma auksion gʻolibiga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
21. Ekologiya qoʻmitasi auksion natijalari boʻyicha bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ruxsatnomani rasmiylashtiradi hamda auksion gʻolibining elektron savdo platformasidagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Bunda auksion gʻolibidan ruxsatnoma berilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
22. Ekologiya qoʻmitasi auksion gʻolibi va rasmiylashtirilgan ruxsatnoma haqida maʼlumotlarni oʻzining hududiy boshqarmalariga taqdim etadi.
23. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini auksion orqali berishdan kelib tushgan mablagʻlar operator xizmat haqi chegirilgan holda Ekologiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
24. Ekologiya jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish, tiklash va takror koʻpaytirish;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish hamda oʻsimlik dunyosi monitoringini amalga oshirish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish.
25. Auksion gʻolibi ruxsatnomada koʻrsatilgan shartlarga rioya etmagan holatlarda, berilgan ruxsatnoma belgilangan tartibda bekor qilinadi.
26. Ruxsatnoma berilgan kundan boshlab bir yil davomida amal qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
27. Auksion gʻolibi ruxsatnomadan qisman foydalangan yoki foydalanmaganidan qatʼi nazar, ushbu ruxsatnoma bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar qaytarilmaydi.
4-bob. Qizil kitobga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.05.00 Noyob, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimliklar va hayvonlar. Qizil kitob;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
28. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, shuningdek, ularni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish va tayyorlash ushbu turdagi oʻsimliklarni saqlash, muhofaza qilish, takror koʻpaytirish va tiklash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida tabiiy muhitdan ajratib olgan holda haq evaziga foydalanish mumkin.
29. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi ushbu Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda Ekologiya qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga muvofiq ruxsatnoma beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
30. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ayrim turlari va ularning qismlarini tabiiy muhitdan ajratib olgan holda foydalanish uchun ruxsatnoma berish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi hamda Ekologiya qoʻmitasining taklifi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan muayyan muddatga cheklanishi mumkin.
5-bob. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni saqlab qolish va qayta tiklash shartlari
31. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar obyektlarining foydalanuvchilari oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash ishlari amalga oshirilgan hududlarda ularning oʻsish joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirishi, shu jumladan, foydalanish jarayoni natijasida buzilgan oʻsimlik va tuproq qoplamini rekultivatsiya qilishi, yongʻin va texnika xavfsizligi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishlari shart.
32. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar obyektlarining foydalanuvchilari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalarining soʻroviga muvofiq yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash hajmlari va turlari toʻgʻrisida hisobot yili yakuni boʻyicha maʼlumot taqdim etadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
33. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish hamda tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Fanlar akademiyasi
Tuman (shahar) kesimida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni maxsus foydalanish tartibida yigʻish va tayyorlashning zaxirasi toʻgʻrisidagi xulosani (keyingi oʻrinlarda — xulosa) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) taqdim etadi.
Har yili 15-aprelga qadar
2-bosqich
Ekologiya qoʻmitasi
Xulosani koʻrib chiqib, kelishish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuboradi.
Bir hafta muddatda
3-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
Xulosa yuzasidan Ekologiya qoʻmitasiga takliflar kiritadi.
Uch kun muddatda
4-bosqich
Ekologiya qoʻmitasi
1. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasini buyruq bilan tasdiqlaydi.
Har yili 10-mayga qadar
2. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi doirasida hududlar kesimida oʻsimliklarning turlari va hajmlari boʻyicha lotlarni shakllantiradi hamda “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJga elektron buyurtmani taqdim etadi.
Har yili 20-mayga qadar
5-bosqich
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJ
Auksion savdosini tashkil etadi, auksion gʻolibi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqi qiymatini toʻliq toʻlagandan keyin auksion natijalari boʻyicha bayonnomani rasmiylashtiradi hamda auksion gʻolibi va Ekologiya qoʻmitasining “E-auksion” elektron savdo platformasidagi shaxsiy kabinetlariga elektron shaklda yuboradi.
Bir ish kuni ichida
6-bosqich
Ekologiya qoʻmitasi
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani rasmiylashtiradi hamda auksion gʻolibining “E-auksion” elektron savdo platformasidagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Auksion natijalari boʻyicha bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali berish boʻyicha
ELEKTRON BUYURTMA
20___ yil “____” ____________da ________ Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJ oʻrtasida tuzilgan ____-son shartnomaga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisining 20___ yil “_____” ____________ dagi buyrugʻiga binoan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali berish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:
1) ruxsatnoma raqami ___________________;
2) yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash joyi ____________________________________________________________________;
3) yigʻiladigan va tayyorlanadigan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar hajmi______________________________________________________________;
4) yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlangʻich narxi (soʻmda) _____________________________;
5) yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash muddati _____;
6) yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini berishdan tushgan mablagʻlar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bank rekvizitlari:
bank nomi _______, bank MFO _______, bank hisobvaragʻi ______________;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar).
Buyurtma 20 ___ yil “____” _______________ da taqdim etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdosiga qoʻyishning
BOSHLANGʻICH NARXLARI
Foydalanish obyektlari
Bazaviy hisoblash miqdoriga koeffitsiyentlarda
Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimliklar turlari, dorivor va oziqabop oʻsimliklarning yovvoyi turlari (quruq ogʻirligi 1 kg) hamda tayyorlash uchun moʻljallangan oʻsimliklar texnik xomashyosi (oʻrganish vaqtida piyozboshchadan tashqari, yelim, sharbat, maymunjon mevasi, malina, qoragʻat, chakanda, zamburugʻ — hisob xom holda amalga oshiriladi)
Zira (urugʻi)
0,035
Turli dandanal rodiola (ildiz)
0,022
Yovvoyi holda oʻsuvchi moychechak (toʻpgul)
0,015
Oddiy zirk (mevasi), zamburugʻ, yalangʻoch qizilmiya, kovrakning barcha turlari, Samarqand boʻznochi
0,008
Turkiston Ayugasi (jivuchka)
0,007
Doʻlana (guli, mevasi), qora andiz, kiyik oʻt, ilonpechak, kadanopsis, ikki uyali qichitqi oʻt, limon oʻt, yirik yaproqli alqor, Osiyo yalpizi, ochambiti, ming yaproqli togʻ dastorboshi, katta bargizub, dala qirqboʻgʻini, dorivor mavrak, tikanli kovul, afsonak, Maksimovich ravochi, naʼmatakning barcha turlari, Anzura piyozi
0,005
Archa (mevasi), oddiy isiriq, suv qalampiri, qush toron, mayda gulli jambil (togʻ rayhoni), dagʻal qizilpoycha, oq qaldirmoq, ermanning barcha turlari, oddiy ming yaproq, chebrets, uch boʻgʻimli ittikanak, Turkiston arslon quyrugʻi, oddiy qamish (m3), shoʻravor sistanxe va oʻsimliklarning boshqa turlari hamda ularning qismlari
0,004
Oʻsimlik sharbati (yelim) va kovrak barcha turlarining (Qizil kitobga kiritilgan turlar bundan mustasno) ildizi, urugʻligini olish uchun 1 kg xomashyo miqdori — shu maqomdagi oʻsimlik qiymatining 5 baravari miqdorida
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 245-son qaroriga 2-ILOVA
Foydalanish taqiqlangan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning
ROʻYXATI
T/r
Davlat tilidagi nomi
Rus tilidagi nomi
Lotin tilidagi nomi
1.
Qoya gʻoroʻti
Listovik obiknovenniy
Phyllitis scolopendrium (L.) Newman
2.
Jungʻor qumsoʻtasi, jungʻorsinomoriysi
Sinomoriy djungarskiy
Cynomorium songaricum Rupr
3.
Oltoy trolliusi
Kupalnitsa altayskaya
Trollius altaicus C.A.Mey
4.
Knorring isfaragi
Jivokost Knorring
Delphinium knorringianum B.Fedtsch
5.
Yumaloqbarg parpi
Akonit kruglolistniy
Aconitum rotundifolium Kar. & Kir
6.
Oq parpi, Talas parpisi
Akonit talasskiy
Aconitum talassicum Popov
7.
Boysun poʻfanagi
Vetrenitsa baysunskaya
Anemone baissunensis Juz
8.
Buxoro poʻfanagi
Vetrenitsa buxarskaya
Anemone bucharica (Regel) Finet & Gagnep
9.
Tillarang sugʻuroʻt, tillarang adonis
Adonis, Goritsvet zolotistiy
Adonis chrysocyathus Hook.f. & Thomson
10.
Tuksiz sugʻuroʻt, tuksiz adonis
Adonis bezvolosiy
Adonanthe leiosepala (Butkov) Chrtek et Slaviková
11.
Yovvoyi sallagul, duragay qizilsallagul, gulisalim
Tulipa kaufmanniana Regel subsp tschimganica (Botschantz) Tojibaev
88.
Korolkov lolasi
Tyulpan Korolkova
Tulipa korolkowii Regel
89.
Sertuk lola, Surxon lolasi
Tyulpan sherstistiy
Tulipa lanata Regel
90.
Leman lolasi, Jovqosin lola
Tyulpan Lemana
Tulipa lehmanniana Merckl ex Bunge
91.
Mixel lolasi, dilband lola
Tyulpan Mixeli
Tulipa micheliana Th.M.Hoog
92.
Oq lola, Oritiya lola, oritiyasimon lola
Tyulpan oritiyevidniy
Tulipa orithyioides Vved
93.
Sharipov lolasi, gulbarra
Tyulpan Sharipova
Tulipa scharipovii Tojibaev
94.
Tubergen lolasi
Tyulpan Tubergena
Tulipa tubergeniana T.M.Hoog
95.
Oʻzbekiston lolasi
Tyulpan Uzbekistanskiy
Tulipa uzbekistanica Botschantz & Scharipov
96.
Vvedenskiy lolasi
Tyulpan Vvedenskogo
Tulipa vvedenskyi Botschantz.
97.
Xolmon isirgʻaguli, Eduard petiliumi
Ryabchik Eduarda
Fritillaria eduardii Regel
98.
Olatogʻ zafaroni
Shafran alatavskiy
Crocus alatavicus Regel & Sem
99.
Ippolit gulsafsari
Iris solelyubiviy
Iris hippolyti (Vved) Kamelin ex Takht
100.
Antiqa gulsafsar
Iris velikolepniy
Iris magnifica (Vved) F.O.Khass & Rakhimova
101.
Orxideyanamo gulsafsar
Iris orxidniy
Iris orchioides Carrière
102.
Svetlana gulsafsari
Iris Svetlani
Iris svetlanae (Vvel ex Tscherneva) F.O.Khass
103.
Vinkler gulsafsari
Iris Vinklera
Iris winklerii Regel
104.
Viktor gulsafsari
Iris Viktora
Iris victoris F.O.Khass, Khuzhan & Rakhimova
105.
Italiya gladiolusi, yekma ilongul
Shpajnik italyanskiy
Gladiolus italicus Mill
106.
Aflotun piyozi
Luk aflatunskiy
Allium aflatunense B.Fedtsch
107.
Oloy piyozi
Luk alayskiy
Allium alaicum Vved
108.
Bakxouz piyozi
Luk Bakxauza
Allium backhousianum Regel
109.
Bochansov piyozi
Luk Bochanseva
Allium botschantzevii Kamelin
110.
Pushtigulli piyoz
Luk rozovotsvetniy
Allium rhodanthum Vved
111.
Yirik piyoz
Luk gigantskiy
Allium giganteum Regel
112.
Isoqul piyozi
Luk Isakula
Allium isakulii R.M. Fritsch & F.O. Khass
113.
Katta piyoz
Luk krupniy
Allium majus Vved
114.
Aralash piyoz
Luk smeshanniy
Allium praemixtum Vved
115.
Piskom piyozi
Luk pskemskiy
Allium pskemense B. Fedtsch
116.
Anzur piyoz
Luk stebelchatiy
Allium stipitatum Regel
117.
Fisher shternbergiyasi
Shternbergiya Fishera
Sternbergia fischeriana (Herb.) M. Roem
118.
Sariq shternbergiya
Shternbergiya jeltaya
Sternbergia lutea (L) Spreng
119.
Echison shirachi
Eremurus Echisona
Eremurus aitchisonii Baker
120.
Albert shirachi
Eremurus Alberta
Eremurus alberti Regel
121.
Boysun shirachi
Eremurus baysunskiy
Eremurus baissunensis O. Fedtsch
122.
Yashilgulli shirach
Eremurus zelenotsvetniy
Eremurus chloranthus Popov
123.
Iya shirachi, beshtomir shirach
Eremurus Ii
Eremurus iae Vved
124.
Korolkov shirachi
Eremurus Korolkova
Eremurus korolkowii Regel
125.
Korovin shirachi
Eremurus Korovina
Eremurus korovinii B. Fedtsch
126.
Oqgulli shirach
Eremurus molochnotsvetkoviy
Eremurus lactiflorus O. Fedtsch
127.
Sariq shirach
Eremurus jeltiy
Eremurus luteus Baker
128.
Nurota shirachi
Eremurus nuratavskiy
Eremurus nuratavicus A.P. Khohkr
129.
Momik shirach
Eremurus pushistiy
Eremurus pubescens Vved
130.
Nor shirach
Eremurus moshniy
Eremurus robustus (Regel) Regel
131.
Suvorov shirachi
Eremurus Suvorova
Eremurus suworowii Regel
132.
Martius qilichoʻti
Mech-trava Martiusa
Cladium martii (Roem & Schult) K. Richt
133.
Oqtogʻ chalovi
Kovil aktavskiy
Stipa aktauensis Roshev
134.
Gnezdillo chalovi
Kovil Gnezdillo
Stipa gnezdilloi Pazij
135.
Qoratogʻ chalovi
Kovil karatavskiy
Stipa karataviensis Roshev
Izoh. Ushbu Roʻyxat pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtirilgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 245-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish
14-ilovaning 12-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
12.
Izoh:
1. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan tasdiqlangan kvotalar doirasida maxsus foydalaniladi.
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga kvotalar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi tasdiqlangan kvotalar doirasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi.
Bunda:
auksion natijalari boʻyicha bayonnoma auksion gʻolibiga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi;
mazkur pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish auksion gʻolibidan talab etilmaydi;
mazkur pasportning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan yigʻimlar auksion gʻolibidan undirilmaydi.
3. Pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtirilgan oʻsimliklarni yigʻish (tayyorlash) uchun ruxsatnomani olish talab etilmaydi.
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2026-y., 09/26/245/0491-son)