Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
6. Baliq va baliq mahsulotlari faqat tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan belgilanadigan joylarda, ular sanitariya talablariga muvofiq jihozlangan taqdirdagina sotilishi mumkinligi belgilab qoʻyilsin.
Tumanlar va shaharlar hokimliklariga sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitlarda baliq va baliq mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish taqiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi sanitariya meʼyorlari va savdo qoidalarini buzgan holda baliq va baliq mahsulotlari sotishning oldini olish maqsadida bozorlar, magistral yoʻllarni muntazam ravishda tekshirib tursinlar.