O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 255-son qarorining
6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston — Turkiya litseylarida ishlash uchun taklif etilayotgan turkiyalik mutaxassislar va ularning oila a’zolariga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi iltimosnomalariga asosan kirish-chiqish vizalarini belgilangan tartibda konsullik yig‘imlari olmasdan rasmiylashtirib berish yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston — Turkiya litseylarida ishlayotgan turkiyalik fuqarolar, ularning oila a’zolarini davlat bojlarini to‘lashdan ozod qilib, chiqish-kirish viza muddatlarini uzaytirish, turar joylardan ro‘yxatdan o‘tkazish hamda bo‘lish muddatlarini uzaytirish bilan bog‘liq masalalarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi iltimosnomalariga asosan amalga oshirilishini ta’minlasin”.