Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Kadrlar tayyorlash
milliy dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy xizmatlari uchun kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olayotgan bitiruvchilarini tanlov yoʻli bilan tanlab olish
tartibini;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalarining malaka amaliyotini oʻtash, shuningdek professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarining stajirovkadan oʻtish
tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1999/2000 oʻquv yilidan boshlab jahonning yetakchi universitetlari bilan birgalikda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti negizida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash boʻyicha taʼlim dasturlarini ishlab chiqsin va joriy etsin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat test markazi (Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi) bilan birgalikda 1999-yil 1-yanvargacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash maqsadida uni attestatsiyadan oʻtkazishning maxsus mezonlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
2. 1998/1999 oʻquv yilidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti boʻyicha:
xorijiy mamlakatlarning fuqarolarini oʻqitish qiymati, mablagʻ belgilangan tartibda toʻlangan holda, bir yilga 5000 AQSH dollari miqdorida belgilansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.