toggle_night_mode
Hujjat 08.08.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 23-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 18-dekabrda maʼqullangan
Keyingi yillarda davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyatini yanada oshirishga, sohada ixcham boshqaruv tizimini shakllantirishga, davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini pulli asosda taʼminlash jarayonini takomillashtirishga doir keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bunda davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyatini oshirish, intellektual mulk obyektlarining hamda ularning tovar belgisiga boʻlgan huquqlarining muhofazasini kuchaytirish, shuningdek davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda raqobat muhitini taʼminlash ishlarini yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga ularni oʻzaro muvofiqlashtirish, havolaki normalarni tizimlashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish mexanizmlarini hamda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi hamda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan davlat xaridlarini amalga oshirish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazmagan mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimida davlat boshqaruvi, shuningdek intellektual mulk sohasidagi qonunchilikning buzilishi hollarini aniqlash tizimini, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish mexanizmlarini takomillashtirishga, intellektual faoliyat natijalarini samarali himoya qilishga, huquqni qoʻllashda turlicha talqin qilish va murakkabliklar yuzaga kelishining oldini olishga xamda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazmaslik hollarining oldini olish orqali davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida shaffoflikni taʼminlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi 1062-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 2, 108-modda, № 9, 960-modda; 2025-yil, № 8, 968-modda) 331-moddasining ikkinchi qismidagi “vakil bilan kelishuvga koʻra” degan soʻzlar “vakilni xabardor qilgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486,488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar) 1758-moddasi uchinchi qismining dispozitsiyasi “qaror qabul qilish” degan soʻzlardan keyin “shuningdek kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan davlat xaridlarini amalga oshirish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarning kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlamaganlik” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061, 1062-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 2, 111, 114-moddalar, № 6, 530-modda, № 9, 960-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 3, 370-modda, № 4, 519, 520, 522-moddalar, № 6, 730-modda, № 8, 968-modda) 1104-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 2, 108-modda, № 9, 960-modda; 2025-yil, № 8, 968-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi huquq egasi boʻlgan yuridik shaxs tugatilganda, huquq egasi boʻlgan jismoniy shaxs vafot etib, uning vasiyatnoma yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlari mavjud boʻlmaganda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan sud qarori asosida muddatidan oldin tugatilishi mumkin”;
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
2) 29-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar belgisining egasi tovar belgisi bilan bir qatorda tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisi ekanligini bildiruvchi lotin alifbosidagi “R” yoki aylana ichiga olingan “R” harfi tarzidagi ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin.
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning egasi tovar kelib chiqqan joy nomi bilan bir qatorda tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻaning shaklini tasdiqlaydi”;
3) 371-moddaning ikkinchi qismidagi “vakil bilan kelishuvga koʻra” degan soʻzlar “vakilni xabardor qilgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan 323-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ-368-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 4, 87-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 27-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
birinchi qismdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida (bundan buyon matnda Yuristlar malakasini oshirish markazi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismdagi “Yuristlar malakasini oshirish markazida” degan soʻzlar “Akademiyada” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi qismdagi “Yuristlar malakasini oshirish markazi” degan soʻzlar “Akademiya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismdagi “Yuristlar malakasini oshirish markaziga” degan soʻzlar “Akademiyaga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi qismdagi “Yuristlar malakasini oshirish markazi” degan soʻzlar “Akademiya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrda qabul qilingan “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-51-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 493-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 9, 960-modda) 121-moddasining ikkinchi qismidagi “vakil bilan kelishuvga koʻra” degan soʻzlar “vakilni xabardor qilgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-378-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-445-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 509-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 3, 199-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 9, 964-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
ishonch telefoni — jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish uchun moʻljallangan maxsus telefon aloqa tizimi”;
quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bunda ishonch telefoni orqali kelib tushadigan murojaatlarni markazlashtirilgan holda qabul qilish hamda ularni ishlovdan oʻtkazish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida kerakli texnik resurslarga ega boʻlgan boʻlinmalar (koll-markazlar) faoliyati yoʻlga qoʻyilishi mumkin”;
oʻninchi qismi oʻn birinchi qism deb hisoblansin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076, 1079-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1279, 1280, 1285-moddalar; 2025-yil, № 1, 4, 6-moddalar, № 2, 188, 189, 195, 197-moddalar, № 4, 519, 520-moddalar, № 5, 648-modda, № 7, 828-modda, № 8, 968, 971-moddalar) ilovaga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 10-bandning “j” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

j) hujjatlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish va tiklash uchun

ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunalariga talabnomalar boʻyicha ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunchilikda belgilangan muddatini uzaytirish, uzaytirilgan har bir oy uchun

belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 6 oygacha doirasida

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 40 foizi

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 80 foizi

6 oydan 12 oygacha

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 2 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 4 baravari

muddatini uzaytirish

ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga talabnomalar sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasida belgilangan muddatdan kechikib berilganda konvension ustuvorlikni soʻrash muddatini, lekin koʻpi bilan 2 oyga

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 1 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 2 baravari

ixtiroga ilmiy-texnik ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish muddatini, lekin koʻpi bilan 2 oyga

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 1 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 2 baravari

ixtiro va foydali modelga talabnomalar Patent kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha belgilangan muddat oʻtkazib yuborilgan holda taqdim etilganda ustuvorlikni soʻrash muddatini tiklash

belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 6 oygacha

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 1 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 2 baravari

6 oydan 12 oygacha

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 2 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 4 baravari

quyidagi muddatlar doirasida berilgan iltimosnoma boʻyicha ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga talabnomalar yuzasidan ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunchilikda belgilangan, arizachi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash

belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 6 oygacha

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 2,8 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 5,6 baravari

6 oydan 12 oygacha

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 6 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 12 baravari

”;

2) 11-band “d” kichik bandining:
oʻn birinchi xatboshisidagi “15” raqami “7,5” raqami bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshisidagi “30” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
3) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi tomonidan apellyatsiyalar va arizalarni koʻrib chiqish uchun

a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining qarorlari yuzasidan apellyatsiyalar

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 5 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 10 baravari

b) ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlariga doir yoki integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida patent va guvohnomalarni berishga qarshi apellyatsiyalar

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 4 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 8 baravari

v) muhofaza hujjatining amal qilishini tugatish, bekor qilish hamda berilgan patent va guvohnomalarni haqiqiy emas deb topish, geografik koʻrsatkichni va tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilishini tugatishga oid apellyatsiyalar

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 6 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 12 baravari

g) Oʻzbekiston Respublikasida barchaga maʼlum boʻlgan tovar belgisini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalar

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 8 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 16 baravari

d) soʻralayotgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirganlik uchun

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 40 foizi

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 80 foizi

”;

4) 15-bandning “v” va “g” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

v) EHM uchun yaratilgan dasturga va maʼlumotlar bazasiga doir huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani yoki ulardan foydalanish huquqini berish boʻyicha litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun

EHM uchun yaratilgan dasturga va maʼlumotlar bazasiga doir huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish

bitta EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi uchun

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 2 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 4 baravari

shartnomada koʻrsatilgan bittadan ortiq boʻlgan har bir EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalari uchun

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 1 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 2 baravari

EHM uchun yaratilgan dasturga va maʼlumotlar bazasiga doir huquqlardan foydalanish huquqini berish boʻyicha litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish

bitta EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi uchun

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 1 baravari

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 2 baravari

shartnomada koʻrsatilgan bittadan ortiq boʻlgan har bir EHM uchun yaratilgan dastur va maʼlumotlar bazalari uchun

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 50 foizi

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 1 baravari

g) oʻzgartirishlar kiritish uchun

rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinguniga qadar EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish soʻralgan talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar va toʻldirishlar kiritish

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 40 foizi

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 80 foizi

EHM uchun yaratilgan dasturga va maʼlumotlar bazasiga doir guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritish

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 50 foizi

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 1 baravari

EHM uchun yaratilgan dasturga va maʼlumotlar bazasiga doir shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish

jismoniy shaxs tomonidan

BHMning 50 foizi

yuridik shaxs tomonidan

BHMning 1 baravari

”.

9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 2-iyulda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-626-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 446-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 11, 1061-modda; 2024-yil, № 10, 1073-modda) 38-moddasining oltinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-647-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 11, 653-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda, № 11, 923, 924-moddalar; 2024-yil, № 9, 958, 964, № 12, 1291-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir”;
2) 5-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 9-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlarining” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 15-moddaning toʻrtinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 17-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Milliy gvardiya xodimlariga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning amal qilishi Milliy gvardiya organlarida xizmatni oʻtash masalalarini belgilovchi qonunchilikda va ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga nisbatan tatbiq etiladi”;
ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 23-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 24-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 32-moddaning ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
15) 33-moddaning toʻrtinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
16) 34-moddaning ikkinchi qismidagi “Qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “Qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
18) 36-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 39-moddaning matnidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
21) 40-moddaning matnidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
22) 41-moddaning uchinchi qismidagi “Qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “Qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 44-moddaning beshinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
matnidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
26) 53-moddaning nomidagi “Qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “Qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-martda qabul qilingan “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-757-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 3, 214-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda; 2025-yil, № 8, 968-modda) 27-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Guvohnoma egasi geografik koʻrsatkich bilan bir qatorda tovarda yoki uning oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkich ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tovarda yoki uning oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkich ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻaning shaklini tasdiqlaydi”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyulda qabul qilingan “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-784-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 7, 665-modda) 45-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
beshinchi qismdagi “monopoliyaga qarshi kurashish” degan soʻzlar “iqtisodiyot” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi qismdagi “monopoliyaga qarshi kurashish” degan soʻzlar “iqtisodiyot” degan soʻz bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy gvardiyasi, Hisob palatasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonun 4-moddasi 2-bandining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan, tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻaning shaklini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan, tovarda yoki uning oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkich ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻaning shaklini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
15-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 3-moddasi, 4-moddasi 1 va 2-bandlari, 8 va 11-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-may,
OʻRQ-1144-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)