Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 20-maydagi 248-son
qaroriga 1z-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi faoliyatiga mutasaddilik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Industriyani rivojlantirish kompleksi (Oʻ. T. Sultonov)ga yuklansin.
Industriyani rivojlantirish kompleksi apparati tuzilmasiga qoʻshimcha ravishda 1 nafar bosh mutaxassis, 1 nafar yetakchi mutaxassis lavozimlari kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 14-yanvardagi 31-son qarori 10-bandining
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:.
“Korporatsiya boshqaruvi raisi oʻz maqomiga, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra — vazirga, raisning birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin”.