1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 (Кучини йукотган) Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SOLIQ SOLIShNING SODDALAShTIRILGAN TIZIMIGA OʻTGAN KIChIK KORXONALARGA SOLIQ SOLISh TARTIBI TOʻFRISIDA
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi kichik korxonalar (keyingi oʻrinlarda — korxona deb ataladi) uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibini belgilaydi.
2. Kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan amaldagi soliq solish tizimi bilan bir qatorda qoʻllaniladi.
Soliq solish tizimini tanlash huquqi mazkur Tartibga muvofiq ixtiyoriylik asosida kichik korxonalarga beriladi.
3. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi yalpi umumdavlat soliqlarini, shuningdek, davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yigʻimlarni toʻlash oʻrniga yagona soliq toʻlashni nazarda tutadi, quyidagilar bundan mustasnodir:
savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari;
yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim;
avtotransport toʻxtash joyidan foydalanganlik uchun yigʻim.
4. Yagona soliq toʻlovchi boʻlgan korxonalar, sotib olingan tovar qiymatida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ishlab chiqarish xarajatlari (muomala xarajatlari)ga chiqarib tashlaydilar.
5. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllovchi kichik korxonalar uchun boj, qoʻshilgan qiymat soligʻi va import qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga aksiz soligʻi, davlat boji, litsenziya yigʻimlari toʻlash, budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar ajratishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
6. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtgan korxona umumiy belgilangan tartibda yoki soddalashtirilgan shaklda hisob-kitob yuritishga haqlidir. Buxgalteriya hisoboti dastlabki hujjatlarining va daromadlar va xarajatlarni hisobga olish daftari yuritishning soddalashtirilgan shakli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi va barcha hudud uchun yagona hisoblanadi.
II. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi subyektlari
1. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimining amal qilishi qonunchilik bilan belgilangan mezonlarga muvofiq kichik korxonalar sirasiga kiruvchi yuridik shaxslarga tatbiq etiladi.
2. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi uchun faoliyat turi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan belgilangan kod boʻyicha aniqlanadi.
3. Kichik korxonalar xodimlari sonini aniqlashda pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy tusdagi boshqa xil shartnomalar boʻyicha ishlayotganlar ham hisobga olinadi.
4. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga amal qiladigan, ishlayotgan umumiy xodimlarning kamida ellik foizini nogironlar tashkil etgan korxonalar yagona soliq toʻlashdan ozod qilinadilar.
Mazkur imtiyoz savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarga tatbiq etilmaydi.
5. Faoliyatning bir qancha turini amalga oshiruvchi yagona soliq toʻlovchilar faoliyatning har bir turi boʻyicha soliq solish obyektining alohida hisobini olib borishlari va aniq faoliyat turini soliq solish obyektidan hamda unga muvofiq keluvchi yagona soliq stavkasidan kelib chiqqan holda yagona soliqni hisoblab chiqarishlari kerak.
6. Aksiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan kichik korxonalar aksiz soligʻini Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda toʻlaganlari taqdirda soddalashtirilgan soliq solish tizimiga oʻtishlari mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 11-noyabrdagi 493-sonli qarori tahririda)
Bunda qurilish, qurilish-montaj, tuzatish-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solish obyekti hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 380-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oʻzi ishlab chiqargan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishdan olingan tushum summalari yalpi tushum tarkibiga kiritilmaydi. Mazkur qoida savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoxud xomashyo tovarlarni paxta tolasi, paxta kalavasi, lint, neft, neft mahsulotlari, rangli va qora metallarni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilayotgan kichik korxonalarga joriy qilinmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-avgustdagi 299-sonli qaroriga muvofiq toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
tovarning xarid va sotish qiymati oʻrtasidagi tafovut;
moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar va Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar kiradi.
IV. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash qoidalari
1. Korxonalarning soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtishlari uchun ular roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati organiga chorak boshlanishidan kamida bir oy oldin yozma ravishda ariza berishlari zarur. Bunda mazkur Tartibning P boʻlimida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinishi kerak.
2. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtishda korxonalarda oʻtgan davr uchun soliq toʻlash boʻyicha oʻsha davrda amalda boʻlgan soliq solish tizimidan kelib chiqqan holdagi majburiyatlar saqlanib qoladi.
3. Korxonani soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtkazish yoki asoslangan holda rad etish toʻgʻrisidagi qaror davlat soliq xizmati organi tomonidan korxona ariza bergan kundan boshlab oʻn kun muddatda chiqariladi.
4. Soddalashtirilgan shaklda hisobni olib borishga qaror qilgan korxona oʻz arizagi qondirilgandan keyin belgilangan shakldagi xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun uni davlat soliq xizmati organiga taqdim etadi.
5. Davlat soliq xizmati organi xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish daftarining birinchi betida ariza imzolangan sanani belgilab qoʻyadi.
6. Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish daftariga Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi normativ hujjatlari bilan belgilangan tartibda hisobotlar bilan muomala qilish qoidalari tatbiq etiladi.
7. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllashni rad etish va navbatdagi kalendar yil boshidan soliq solishning umumiy belgilangan tizimiga qaytish kalendar yil tugashidan kamida 15 kun oldin davlat soliq organiga tegishli ariza berilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
8. Soliq xizmatining soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
9. Yagona soliq toʻlashdan soliq solishning avvalgi tizimiga yil davomida oʻtkazilmaydi.
V. Yagona soliqni hisoblab chiqarish tartibi va uni toʻlash muddatlari
1. Yagona soliq soliq solinadigan oborot va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda soliq toʻlovchilar tomonidan mustaqil ravishda hisoblab chiqariladi.
2. Yagona soliq boʻyicha hisob-kitoblar davlat soliq xizmati organlariga choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
3. Yagona soliq budjetga har chorakda oʻsib boruvchi yakun bilan hisob-kitob taqdim etish muddatidan kechiktirilmasdan toʻlanadi.
4. Yagona soliq summasi mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
Toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladilar.
VII. Davlat soliq xizmati organlarining nazorat qilishi
Mazkur Tartibning toʻgʻri qoʻllanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.