Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublika ichki isteʼmol bozorini oʻsimlik yogʻi bilan barqaror toʻldirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1998-yil 1-oktabrdan boshlab oʻsimlik yogʻi uchun aksiz soligʻi:
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan paxta yogʻi (sanoat maqsadlarida foydalaniladigan yogʻ bundan mustasno) uchun uni hisoblashning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda 65 foizli stavka boʻyicha undiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan uchun tovar boj qiymatining 20 foizi miqdoridagi stavka boʻyicha undiriladi.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti toʻgʻrisida” 1997-yil 5-dekabrdagi 540-son
qaroriga 14-1-ilovaning oʻsimlik yogʻiga oid qismi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qaroriga
2-ilovaning oʻsimlik yogʻiga oid qismi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.