Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2014-yil 8-maydagi 92/1, 1-son qarori (roʻyxat raqami 2590, 2014-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 274-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatida (roʻyxat raqami 3357, 2022-yil 31-mart)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatida (roʻyxat raqami 3597, 2025-yil 14-yanvar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“pestitsidlar — zararli organizmlarga qarshi kurashish uchun qoʻllaniladigan moddalar.”.
2.
12-banddagi ““Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni” degan soʻzlar ““Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.