Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 28-oktabrdagi 2008-29-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1872, 2008-yil 21-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 47-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Transfer-agent faoliyati toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom transfer-agent faoliyatini yuritish tartibini belgilaydi.”.
2.
4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda emitentlarga qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish xizmatlarini koʻrsatayotgan transfer-agent investitsiya vositachisi professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.”.
3. 6-bandning
uchinchi xatboshisidagi “malaka guvohnomasi” degan soʻzlar “malaka sertifikati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“10. Transfer-agent investorlar va mulkdorlarga quyidagi xizmatlarni koʻrsatishga haqli (bundan uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilgan qimmatli qogʻozlarni qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatish tugallanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan oʻtkazish mustasno):”;
5. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan toʻldirilsin:
“201. Transfer-agentning funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjatlar shaklida qabul qilinishi, qayta ishlanishi va uzatilishi mumkin.”.
6. 29-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “guvohnomasidan” va “guvohnomani” degan soʻzlar tegishli ravishda “sertifikatidan” va “sertifikatni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.