Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi PQ-73-son “Koʻp kvartirali turar joy majmualarini qurishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining (hisob raqami 261, 2024-yil 24-iyun)
86-bandidagi “25” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.