1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining
buyrugʻi
“Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2942-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-son “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilari hamda sport hakamlariga malaka toifalarini berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 2-oktabrdagi 10-mh-son “Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (roʻyxat raqami 2942, 2017-yil 27-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2017-y., 10/17/2942/0182-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-mart,
15-mh-son
Kelishildi:
Mudofaa vaziri Sh. XALMUXAMEDOV
2026-yil 21-fevral
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
2026-yil 18-fevral
“Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi X. BATIROV
2026-yil 17-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-son buyrugʻiga ILOVA
“Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
sport hakami — sport turi qoidalariga va sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlash uchun vakolat berilgan jismoniy shaxs sport hakamidir.”;
xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarni (reglamentlarni, nizomlarni), sport turi qoidalarini hamda sport musobaqalari qoidalarini (nizomlarini, reglamentlarini) bilishi va ularning talablariga qatʼiy rioya etishi;
yuksak madaniyatni va hamjihatlikni namuna qilib koʻrsatishi, shuningdek qoʻpollik, tartibsizlikning, ishtirokchilar (sportchilar, trenerlar, vakillar, tomoshabinlar) tomonidan sport turlari qoidalari buzilishining oldini olish choralarini koʻrishi shart.
Sport hakamiga qonunchilik hujjatlarida boshqa majburiyatlar ham belgilanishi mumkin.”;