1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Qishloq va suv xoʻjaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Global iqlim oʻzgarishi, suv tanqisligi sharoitida melioratsiya va suv xoʻjaligi boʻyicha zamonaviy yondashuvlarni va ularning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar asosida ilgʻor tadqiqotlar olib borish, “tarmoq-korxona-oliygoh” barqaror uzluksiz taʼlim tizimini yaratish orqali mehnat bozorida raqobatbardosh bilimli va salohiyatli muhandis kadrlarni tayyorlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar mazkur qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib belgilansin:
(a) “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida (keyingi oʻrinlarda — Universitet) taʼlim klasterini (maktabgacha va maktab taʼlimi-litsey-texnikum-oliygoh-tarmoq-malaka oshirish) tashkil etish hamda dual taʼlim tizimini joriy etish;
(b) Universitetni 2030-yilga qadar dunyoning eng nufuzli reyting tashkilotlarining top-300 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish va taʼlim eksportini 30 mln dollarga yetkazish;
(v) 2030-yilga qadar Universitetning 12 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda 16 ta magistratura mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish;
(g) Universitet yillik daromadini 2026-yilda 200 mlrd soʻmga (shundan 20 foizi investitsiya, ilmiy tadqiqot va tijoratlashtirish hisobidan), 2028-yilda 250 mlrd soʻmga (25 foiz) hamda 2030-yilda 350 mlrd soʻmga (35 foiz) yetkazish;
(d) 2026 — 2028-yillarda Universitetda “tarmoq-korxona-oliygoh” tamoyili asosida qishloq va suv xoʻjaligi sohalari boʻyicha havo, suv va tuproq koʻrsatkichlarini aniqlovchi kompleks ilmiy tadqiqotlar laboratoriyalarini tashkil etish;
(j) Universitetda har yili qishloq va suv xoʻjaligida foydalaniladigan uchuvchisiz uchish apparatlari (keyingi oʻrinlarda — dron)dan foydalanuvchi 50 nafar mutaxassis tayyorlash.
II. Ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga integratsiya qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
2. Talabalarning amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va sohalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, 2026-yil 1-maydan boshlab Universitetda oʻqish quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
(a) dual taʼlim asosida 6 oy muddatga nazariy taʼlimdan ajralgan va joyiga chiqqan holda tashkil etiladigan malakaviy amaliyot. Bunda:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
(i) suv xoʻjaligi sohasida talabalar vegetatsiya davrida suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish, sugʻoriladigan yerlarni meliorativ monitoring qilish, sugʻorish tarmoqlaridagi va ekin dalalariga berilayotgan suv sarflarini oʻlchash, hududlarda suvdan foydalanilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
(ii) gidrotexnika inshootlari qurilishi, gidroenergetika va elektr energetika sohasida talabalar kanallarni betonlashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda ishtirok etadi hamda nasos stansiyalari, kichik GESlar qurilishi va transformatorlar ekspluatatsiyasiga koʻmaklashadi;
(iii) qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasida talabalar qishloq xoʻjaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash, koʻrikdan oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va yigʻishtirish jarayonida ishtirok etadi;
(b) qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida yil davomida nazariy taʼlim bilan birga toʻliq uygʻunlashtirgan “4+2” shakldagi amaliyot.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Universitetda dual taʼlim (malakaviy amaliyot)ni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, transport va kunlik xarajatlarga 2026-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 10 milliard soʻm ajratilsin.
4. Belgilansinki, 2026-yil 1-maydan boshlab:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
(a) Universitetning yetakchi professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari hududlarga biriktiriladi. Bunda yetakchi professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha ilmiy maslahatchisi hisoblanadi. Bunda:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]
(i) ilmiy maslahatchilar Universitet rektori tavsiyasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlari tomonidan oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilinadi;
(ii) ilmiy maslahatchilarni hamda hududlarga malakaviy amaliyotga yuborilgan Universitet talabalarini yashash joyi va sharoiti bilan taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi;
(iii) ilmiy maslahatchilar ular tomonidan berilgan ilmiy va amaliy yechimga qaratilgan tavsiyalarning natijalaridan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan moddiy ragʻbatlantiriladi;
(b) talabalarning sayyor darslari qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi tashkilotlar va hududlardagi “Suvchilar maktabi” bazasida tashkil etiladi.
5. Ilmiy maslahatchilarning suv xoʻjaligi sohasida amalga oshiriladigan tadbirlarning ilmiy yechimiga qaratilgan “yoʻl xaritasi” 2026-yil uchun bir hafta muddatda, keyingi yillar uchun har yili 15-dekabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat hokimlari, Suv xoʻjaligi vazirligi va Universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda sohaga oid muammolarni oʻrganish va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish uchun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti kafedralarini hududlarga biriktirish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
7. Hududlardagi qishloq va suv xoʻjaligi muammolarini tizimli hal etishga qaratilgan ilmiy faoliyat natijalarini joriy etish va (yoki) yangi ishlanma sifatida tijoratlashtirish maqsadida Universitetda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Istiqbolli loyihalar ofisi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin. Bunda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
(a) ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi loyihalar uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan maqsadli ravishda moliyalashtiriladigan Universitetning qishloq va suv xoʻjaligi muammolariga oid fundamental va amaliy tadqiqotlari Loyiha ofisi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
(b) Loyiha ofisi ilmiy tadqiqotlar natijalarini Universitet bilan birgalikda amaliyotga tizimli ravishda joriy etib boradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
(v) professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar hududlardagi qishloq va suv xoʻjaligi muammolariga oid ilmiy muammolar reyestrini shakllantiradi va uning yechimlariga qaratilgan tadqiqotlar asosida takliflarni ishlab chiqadi.
8. Istiqbolli loyihalar ofisining asosiy faoliyat yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
9. 2026-yil yakuniga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, va Suv xoʻjaligi vazirligi Universitetda “tarmoq-korxona-oliygoh” tamoyili asosida yuqori aniqlikdagi havo, suv, tuproq va oʻsimlik koʻrsatkichlarini tahlil qiluvchi “Tuproq, suv va oʻsimlik” kompleks ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi tashkil etilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Belgilansinki, mazkur laboratoriyada quyidagi yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
(a) shoʻrlangan maydonlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, shoʻr yuvishda suvlarni iqtisod qilish va kollektor-zovurlarni yopiq tizimga oʻtkazish orqali yerdan foydalanish koeffitsiyentini oshirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
(b) geoaxborot tizimi texnologiyalari yordamida gidromodul rayon hududlari chegaralarini yangilash, sugʻorish tartib va meʼyorlarini maqbullashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
(v) degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashda melioratsiya, rekultivatsiya va yerlarni muhofaza qilishning kompleks tadbirlari boʻyicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
(g) hududlarning tuproq-meliorativ sharoitlaridan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi ekin turlariga mos ravishda suv tejovchi texnologiyalar va sugʻoriladigan yerlar uchun maqbul boʻlgan meliorativ rejimning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
10. Universitetda 2026 — 2030-yillarda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish jarayonida quyidagi yoʻnalishlarga ustuvorlik berilsin:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
(a) suv tejovchi texnologiyalarni hududlarning tuproq-meliorativ sharoitlari va ekin turiga qarab joriy qilish, irrigatsiya hamda melioratsiya tizimlarini modernizatsiyalash, ochiq sugʻorish va kollektor-zovur tarmoqlarini yopiq tizimga oʻtkazish loyihalarining ilmiy-texnik, iqtisodiy va texnologik asoslarini tayyorlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
(b) degradatsiyaga uchragan va texnogen buzilgan landshaftlarni tiklashda melioratsiya va rekultivatsiya tadbirlarining ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
(v) gidroenergetika obyektlari va gidrotexnika inshootlari ekspluatatsion ishonchliligi, konstruktiv mustahkamligi hamda xavfsizlik darajasini baholash va bashorat qilishning ilmiy-nazariy uslublarini takomillashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
(g) qishloq va suv xoʻjaligi sohasi boʻyicha respublikaga kiritilayotgan yangi texnologiyalar, qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni ishlab chiqarish sharoitida sinovdan oʻtkazish hamda ilmiy asoslangan xulosalarni berish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
(d) nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish hamda elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalar berish.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-42-son qarori bilan Universitetga dronlardan foydalanishga ruxsat berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. Bunda Universitetga:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar]
(a) qishloq xoʻjaligi yerlari va suv xoʻjaligi obyektlarini monitoring qiluvchi (multispektral, giperspektral, termal, lidar) kamerali xorijda ishlab chiqarilgan kuzatuv dronlari, shuningdek, ekinlarga suspenziya sepadigan (50 litr sigʻimgacha boʻlgan) xorijda ishlab chiqarilgan agrosprey dronlarni xarid qilish, Oʻzbekistonga olib kirish, saqlash va foydalanishga;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
(b) 2026-yil 1-maydan boshlab tajriba-sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi korxonalarining buyurtmalariga asosan Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida, 2027-yildan boshlab respublikaning barcha hududlariga dron xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat berilsin.
III. Kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
12. Universitet huzurida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab mahalliy va xorijiy talabalar uchun akademik fanlar boʻyicha (STEAM, til bilimlari, akademik yozish va milliy strategik mezonlar) maxsus tayyorlov kursi (Foundation) tashkil etilsin. Bunda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
(a) maxsus tayyorlov kursida oʻqish bir yil muddatga xalqaro standartlarga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
(b) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab maxsus tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslar (tayyorlov kursidagi oʻqish davri yakuniga koʻra oʻzlashtirish baholari “5 (aʼlo)” va “4 (yaxshi)” boʻlgan bitiruvchilar) Universitetga imtihon asosida toʻlov-kontrakt bilan oʻqishga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
13. Universitetga “texnikum-oliygoh” tamoyili asosida Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi (keyingi oʻrinlarda — Texnikum) biriktiriladi. Texnikum binosida Universitet tarkibiga kiruvchi Umummuhandislik fakulteti tashkil etiladi. Bunda:
(a) Texnikumga qabul parametrlari Universitet tomonidan shakllantirilib, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
(b) Texnikum oʻquv binosining 3 va 4-qavatlariga Umummuhandislik fakulteti operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
(v) Texnikum va Universitet oʻrtasida 2+2 sxemasi asosida oʻzaro integratsiyalashgan oʻrta maxsus kasbiy va bakalavriat taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
(i) Texnikumning ikki yillik oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarida oʻqitish davlat granti asosida amalga oshiriladi va bitiruvchilarga davlat namunasidagi kasbiy taʼlim toʻgʻrisida diplom beriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
(ii) oʻqishni keyingi bosqichda davom ettirish xohishini bildirgan bitiruvchilar Universitetda belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 3-bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Universitet bilan birgalikda 2026-yildan boshlab hududlardagi “Fermerlar maktabi” va “Suvchilar maktabi” bazasida Suv xoʻjaligi vazirligi tizimi xodimlari, agroklaster va fermer xoʻjaliklarining traktorchi-mashinistlari uchun mutaxassislarni tayyorlash kurslarini davriy tashkil etib borsin. Bunda tayyorlash kurslari quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:
(a) suv xoʻjaligi vazirligining oʻrta va quyi boʻgʻin xodimlari uchun har yili 1-fevralga qadar;
(b) gʻalla oʻrish kombayni operatorlari uchun har yili 1-iyunga qadar, paxta terish mashinasi operatorlari uchun har yili 1-sentabrga qadar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Belgilansinki, qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
IV. Universitetning xalqaro darajadagi nufuzini oshirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
15. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetini dunyoning eng nufuzli reyting tashkilotlarining top-300 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish va xalqaro nufuzini oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
16. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligining Universitetdagi “Suv diplomatiyasi” magistratura mutaxassisligini “Xalqaro suv diplomatiyasi” mutaxassisligiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilab quyilsinki:
(a) “Xalqaro suv diplomatiyasi” magistratura mutaxassisligi bitiruvchilariga “Xalqaro suv munosabatlari sohasida mutaxassis” kvalifikatsiyasi beriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
(b) Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar fuqarolariga Xalqaro suv diplomatiyasi mutaxassisligi boʻyicha Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan har yili 50 tagacha grant oʻrinlari ajratiladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
(v) Universitetning oʻquv va ilmiy tadqiqot ishlariga har yili kamida 10 nafar h-indeksi yuqori boʻlgan xorijiy professor-oʻqituvchilar ishga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligining Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Respublikasining qishloq va suv xoʻjaligi sohasi boshqaruv kadrlari va mutaxassislari uchun Universitet bazasida “Agrar va suv xoʻjaligi sohasida barqaror boshqaruv va samaradorlik” (AgroWater Management) maxsus xalqaro oʻquv-amaliy tanishuv dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Belgilansinki:
(a) Dastur 2026-yildan boshlab har yili Markaziy Osiyo davlatlaridan boshqaruv kadrlari va mutaxassislar taklif etilgan holda oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
(b) Dasturning muntazamligini taʼminlash maqsadida hamda Markaziy Osiyoda suv resurslari strategik ahamiyatga ega ekanini inobatga olgan holda Universitet bazasida Suv diplomatiyasi va transchegaraviy suv siyosati xalqaro markazi tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
18. Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining talabnomalariga muvofiq, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinadigan talabalarga bir yillik muddatga kirish vizalari berilishi va yashash manzili boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishi bepul (konsullik yigʻimlari bundan mustasno) amalga oshirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
19. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi uch oy muddatda oʻqishga qabul qilinadigan talabalarga bir yillik muddatga kirish vizalari berish va yashash manzili boʻyicha roʻyxatga olishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
20. Universitetda 2027-2028-yillarda Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida quyidagilar amalga oshirilsin:
(a) Boʻstonliq tumani “Novobod” MFY hududida joylashgan talabalar oʻquv va amaliyot bazasini qurish uchun mablagʻ ajratish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.12.00 Kosmik faoliyat]
(b) xorijiy kosmik tadqiqot kompaniyalari hamda Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlikda sunʼiy yoʻldosh orqali kosmik suratlarni tadqiq qiluvchi Yerusti kosmik stansiyasini qurish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
Bunda mazkur obyektlarni qurish uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqilishiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2026-yilda mablagʻ ajratiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
21. Universitet sunʼiy yoʻldoshdan olingan kosmik maʼlumotlar asosida suv va yer resurslarini monitoring qilish, tahlil qilish va boshqarish orqali hosil boʻlgan fazoviy maʼlumotlarni tijoratlashtirish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
V. Universitetning boshqaruv samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi 2026-yil 1-iyuldan boshlab Universitet rektori va prorektorlari faoliyati samaradorligini baholashda natijaga asoslangan boshqaruv tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etsin. Bunda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
(a) ularning faoliyati eng muhim samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida belgilangan strategik maqsadlarga erishganlik darajasi va natijadorligi bilan baholanadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(b) KPI koʻrsatkichlariga erishish natijasi har chorak va yil yakuni boʻyicha “samaradorlik.gov.uz” elektron platformasida baholanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
23. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Universitet rektori va prorektorlari faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlasin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Universitetda joriy etilgan natijaga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimi tajriba-sinovdan oʻtkazilgandan soʻng 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etish choralarini koʻrsin.
25. Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha boshqaruv kengashi Universitet oliy kengashi sifatida qayta tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
26. 2026-yil 1-noyabrga qadar Universitet faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish, muammoli nuqtalarni aniqlash va tezkor qarorlar qabul qilish imkonini beradigan barcha jarayonlarni qamrab olgan ERP (Enterprise Resource Planning — tashkilot resurslarini rejalashtirish) yagona elektron tahliliy platformasi toʻliq ishga tushirilsin.
27. Quyidagilar:
(a) “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti oliy kengashining vazifa va vakolatlari 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
(b) 2030-yilga qadar “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti taʼlim standartlarini xalqaro taʼlim standartlariga transformatsiya qilish, “Raqamli universitet” platformasini yaratish va kompleks rivojlantirish dasturi 5-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
(v) “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida 2026 — 2028-yillarda amalga oshiriladigan qurilish hamda oʻquv laboratoriyalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
28. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib quyidagilar belgilansin:
(a) oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov, Universitet rektori B. Mirzayev — oʻquv va malakaviy amaliyotni tizimli tashkil etish hamda Universitetning xalqaro nufuzini yanada oshirishga;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, Universitet rektori B. Mirzayev — dual taʼlim tizimini rivojlantirish va ilmiy maslahatchilar ish faoliyatini tashkil etishga;
(v) iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari O. Fazilkarimov, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari U. Salomov — moliyalashtirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash ishlariga.
29. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
30. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari T.N. Butunbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-aprel,
PQ-122-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda sohaga oid muammolarni oʻrganish va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish uchun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti kafedralarini hududlarga
BIRIKTIRISH JADVALI
T/r
Hududlar nomi
Biriktirilgan kafedralar
Hududlardagi muammolarni oʻrganish natijasida hal qilinishi lozim boʻlgan vazifalar
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1. Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi
2. Geodeziya va geoinformatika kafedrasi
3. Tuproqshunoslik va dehqonchilik kafedrasi
1. Shoʻrlangan yer maydonlarini bosqichma-bosqich bartaraf etish va shoʻr yuvishga sarflanadigan suv resurslarini iqtisod qilishni taʼminlaydigan va sugʻoriladigan yerlarni maqbul meliorativ rejimining ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish.
2. Foydalanishdan chiqqan yer maydonlarini bosqichma-bosqich foydalanishga kiritish boʻyicha amaliy tavsiyalar berish;
3. Orolboʻyi hududidagi ekologik vaziyatni boshqarish boʻyicha doimiy ekologik maʼlumotlarini raqamlashtirish, Orol dengizining gʻarbiy hududlari uchun uch oʻlchamli ekologik atlasni yaratish hamda Orol dengizining qurib qolgan tubi va Amudaryo deltasida kompleks ekologik tadqiqotlar olib borish.
2.
Andijonviloyati
1. Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi
2. Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi
3. Nasos stansiyalari va gidroelektrstansiyalar kafedrasi
4. Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi
1. Sel suv omborlarini masofadan boshqarish tizimlari asosida aholining xavfsizligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
2. Viloyatdagi suv xoʻjaligi tashkilotlari tasarrufidagi sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish ishlarini amalga oshirish va sugʻoriladigan yerlarning suv bilan taʼminlanishini yaxshilash boʻyicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.
3. Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik darajasini baholash yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
3.
Buxoro viloyati
1. Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi
2. Geodeziya va geoinformatika kafedrasi
3. Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi
4. Tuproqshunoslik va dehqonchilik kafedrasi
1. Viloyatning tuproq-meliorativ sharoitlariga mos ravishda ekinlarni suv tejamkor sugʻorish texnologiyalari va texnik vositalar elementlari boʻyicha rayonlashtirish hamda samarali sugʻorish tartiblarini ishlab chiqish.
2. Shoʻrlangan yer maydonlarini bosqichma-bosqich bartaraf etish va shoʻr yuvishga sarflanadigan suv resurslarini iqtisod qilishni taʼminlaydigan sugʻoriladigan yerlarni maqbul meliorativ rejimining ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish.
3. Choʻl-dasht hududlaridagi boʻsh va foydalanilmayotgan yer resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
4.
Jizzax viloyati
1. Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi
2. Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi
3. Iqtisodiyot kafedrasi
4. Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi
5. Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi
1. Sugʻoriladigan va lalmi yerlar, togʻ va togʻoldi hamda choʻl-yaylov hududlarida tuproq unumdorligini oshirish, yer degradatsiyasining oldini olish, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ragʻbatlantiruvchi iqtisodiy mexanizmlar, ilmiy maqbul yechimlar hamda amaliyotga yoʻnaltirilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.
2. Choʻl-dasht hududlaridagi boʻsh yerlardan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritilmagan qumli, choʻl-dasht, tepalik, jarlik, tuproq-toʻkilma, toshloq va adir yerlar hamda degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
5.
Qashqadaryo viloyati
1. Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi
2. Nasos stansiyalari va gidroelektrstansiyalar kafedrasi
3. Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi
1. Viloyatning tuproq-meliorativ sharoitlarini hisobga olgan holda ekinlar uchun suv tejamkor sugʻorish texnologiyalarini rayonlashtirish va maqbul sugʻorish tartiblarini ishlab chiqish.
2. Choʻl-dasht hududlaridagi boʻsh va foydalanilmayotgan yer resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, qumli, choʻl-dasht, tepalik, jarlik, tuproq-toʻkilma, toshloq va adir yerlar hamda degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklash, iqlimga mos oʻsimliklarni ekish orqali oʻtloqlarni kengaytirish, shuningdek choʻl-dasht hududlarining qumloq tuproqlariga mos oʻsimlik turlari boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
6.
Navoiy viloyati
1. Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kafedrasi
2. Geodeziya va geoinformatika kafedrasi
3. Yer resurslarini boshqarish va Davlat kadastrlari kafedralari
1. Elektr tarmoqlarini kompleks modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish, suv xoʻjaligi va irrigatsiya tizimlaridagi nasos stansiyalarida elektr energiyasi sarfini kamaytirishga yoʻnaltirilgan ilmiy maqbul yechimlar hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
2. Choʻl-dasht hududlaridagi boʻsh va foydalanilmayotgan yer resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, qumli, choʻl-dasht, tepalik, jarlik, tuproq-toʻkilma, toshloq va adir yerlar hamda degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklash, iqlimga mos oʻsimliklarni ekish orqali oʻtloqlarni kengaytirish boʻyicha ilmiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
7.
Namangan viloyati
1. Nasos stansiyalari va gidroelektrstansiyalar kafedrasi
2. Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi
3. Gidravlika va gidroinformatika kafedrasi
1. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarning iqlimiga xos oʻsimliklarni ekish orqali oʻtloqlarni koʻpaytirish, choʻl-dasht maydonlarining qumloq tuproqlari uchun mos keladigan oʻsimliklarni ekish boʻyicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.
2. Viloyatning soylar hududlarida sel xavfini kamaytirishga qaratilgan sel suv omborlarini barpo etish boʻyicha ilmiy asoslangan amaliy takliflarni ishlab chiqish.
8.
Samarqand viloyati
1. Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi
2. Yer resurslarini boshqarish va Davlat kadastrlari kafedralari
3. Geodeziya va geoinformatika kafedrasi
1. Chiqindi poligonlarini qisqartirish va aholi yashash punktlaridan uzoq boʻlgan hududlarda chiqindi poligonlarini qayta tashkil etish hamda havo ifloslanishini minimallashtirish.
2. Suv xoʻjaligida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda suv va yer resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish.
3. Elektr tarmoqlarini kompleks modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, suv xoʻjaligi va irrigatsiya tizimlaridagi nasos stansiyalarida elektr energiyasi sarfini kamaytirishga yoʻnaltirilgan ilmiy maqbul yechimlar hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
9.
Sirdaryo viloyati
1. Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi
2. Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi
3. Tuproqshunoslik va dehqonchilik kafedrasi
4. Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kafedrasi
5. Gidravlika va gidroinformatika kafedrasi
1. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlardan oqilona foydalanish, jumladan, degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash, iqlim sharoitiga mos oʻsimliklarni ekish orqali oʻtloqlar maydonini oshirish va qumloq tuproqlarga mos oʻsimlik turlarini joriy etish boʻyicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.
2. Elektr tarmoqlarini kompleks modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, suv xoʻjaligi hamda irrigatsiya tizimlarida energiya samaradorligini oshirish, nasos stansiyalarida elektr energiyasi sarfini maqbullashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
10.
Surxondaryo viloyati
1. Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi
2. Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi
3. Yer resurslarini boshqarish kafedrasi
4. Gidravlika va gidroinformatika kafedrasi
1. Viloyatdagi sugʻoriladigan va lalmi yerlar, togʻ va togʻoldi hamda choʻl-yaylov maydonlarida suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
2. Viloyatning chekka hududlarida ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari bilan taʼminlanmagan aholi punktlarini zarur muhandislik infratuzilmasi bilan qamrab olish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
11.
Toshkent viloyati
1. Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi
2. Nasos stansiyalari va gidroelektrstansiyalar kafedrasi
3. Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi
4. Tuproqshunoslik va dehqonchilik kafedrasi
1. Viloyatdagi suv xoʻjaligi tashkilotlari tasarrufidagi sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish va yopiq quvurlarga oʻtkazish orqali sugʻoriladigan yer maydonlarining suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
2. Elektr tarmoqlarini yangilash va qayta qurish, suv xoʻjaligi va irrigatsiya tizimlaridagi nasos stansiyalarida elektr energiyasi sarfini kamaytirish, kichik daryolar, kanallar va irrigatsiya obyektlarida mikro GESlarni tashkil etish boʻyicha ilmiy asoslangan yechimlar va tavsiyalar ishlab chiqish.
3. Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash va baholash yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
12.
Fargʻona viloyati
1. Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi
2. Nasos stansiyalari va gidroelektrstansiyalar kafedrasi
3. Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash kafedrasi
1. Viloyatda suv xoʻjaligi tashkilotlari hisobidagi sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish va sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
2. Suv xoʻjaligida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda suv resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
13.
Xorazm viloyati
1. Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi
2. Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi
3. Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kafedrasi
1. Viloyatning tuproq-meliorativ sharoitlaridan kelib chiqib, ekinlarni suv tejamkor sugʻorish texnologiyalari va texnikasi elementlarini rayonlashtirish hamda ularning maqbul sugʻorish tartiblarini ishlab chiqish.
2. Tabiatni muhofaza qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni ilmiy asoslash maqsadida Amudaryo deltasida kompleks ekologik tadqiqotlar oʻtkazish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qaroriga 2-ILOVA
Istiqbolli loyihalar ofisining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
1. Respublika hududlarida qishloq va suv xoʻjaligi subyektlari, xususan, agroklasterlar va fermer xoʻjaliklari faoliyatidagi mavjud tizimli muammolarni joyiga chiqqan holda chuqur tahlil qilish hamda ular asosida doimiy yangilanib turuvchi va integratsiyalashgan “Ilmiy muammolar reyestri” elektron platformasini shakllantirish va yuritish.
2. Ilmiy muammolar reyestriga kiritilgan ustuvor va dolzarb masalalarning innovatsion yechimlarini ishlab chiqish maqsadida yetakchi olimlar va ekspert guruhlari rahbarligidagi ilmiy-amaliy loyihalarni moliyalashtirish mexanizmini yoʻlga qoʻyish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga samarali implementatsiya qilishni taʼminlash.
3. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash jarayonida magistrlik va doktorlik (PhD, DSc) dissertatsiyalari mavzularini faqat Ilmiy muammolar reyestridagi muammolar yechimiga yoʻnaltirish mexanizmini joriy etish hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha buyurtmachilar bilan hamkorlik qilish.
4. Xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va xorijiy ilmiy markazlar grantlarini jalb etish uchun investitsiyaviy loyiha takliflarini tayyorlash, konsorsiumlar shakllantirish hamda loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini tizimli muvofiqlashtirish.
5. Istiqbolli loyihalar ofisi buyurtmasi asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijadorligini baholash uchun Ilmiy-texnik kengash xulosalarini shakllantirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash maqsadida obyektlarda sayyor ilmiy ishlar himoyalarini tashkil etish.
6. Iqtisodiyot tarmoqlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari asosida ilmiy asoslangan konsalting va ekspertlik xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, universitet ilmiy faoliyati natijalarini tijoratlashtirish koʻlamini kengaytirish.
7. Interdissiplinar (fanlararo) tadqiqotlar olib borish.
8. Soha mutaxassislari, fermerlar va suv xoʻjaligi xodimlari uchun zamonaviy bilimlar, yangi texnologiyalar va boshqaruv usullari boʻyicha qisqa muddatli intensiv malaka oshirish kurslari va treninglar tashkil qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.
9. Tadqiqotchilar va talabalarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, agrostartap loyihalarini rivojlantirish uchun biznes-inkubator va akselerator dasturlarini tashkil etish hamda ilmiy ishlanmalarni bozor talablariga moslashtirish.
10. Talabalarning ilmiy loyihalarda ishtirokini taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qaroriga 3-ILOVA
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetini dunyoning eng nufuzli reyting tashkilotlarining top–300 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish va xalqaro nufuzini oshirish boʻyicha
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
T/r
Koʻrsatkich nomi
Oʻlchov birligi
Amaldagi koʻrsatkich
2026-y.
2027-y.
2028-y.
2029-y.
2030-y.
I. Universitetni xalqaro reytingda top–300 talik universitetlar qatoriga kiritish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
1.
“Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalarning professor-oʻqituvchilar soniga nisbati
koeffitsiyent
2,0
2,1
2,2
2,3
2,4
2,5
2.
“Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida Q1 va Q2 kvartal jurnallarda chop etilgan maqolalar ulushi
foizda
(jami maqolalar soniga nisbatan)
48
50
52
55
58
60
3.
“Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallarda xorijiy professor-oʻqituvchilar bilan hammualliflikda chop etilgan maqolalar ulushi
foizda
(jami maqolalar soniga nisbatan)
20
25
28
32
35
40
4.
h-indeks boʻyicha koʻrsatkichi 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi
foizda
(jami professor-oʻqituvchilarga nisbatan)
10
12
15
20
25
30
5.
Oʻquv jarayoniga jalb qilingan xorijiy professor-oʻqituvchilar
nafar
35
38
40
45
50
60
6.
Xorijiy talabalar ulushi
foizda
(jami talabalarga nisbatan)
21
25
28
30
32
35
7.
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan akademik almashuv dasturlarida universitet talabalarining ishtiroki
nafar
50
70
100
150
200
250
8.
Xalqaro loyihalar
loyihalar soni
22
23
25
27
30
35
II. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
9.
Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka oʻtagan professor-oʻqituvchilar va rahbar kadrlar soni
nafar
50
55
60
65
70
80
10.
Xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi
foizda
(jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)
20
22
25
28
32
35
11.
Mutaxassislik fanlari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan fanlar ulushi
foizda
(jami mutaxassislik fanlar soniga nisbatan)
18
20
25
30
32
35
III. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish
12.
Ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi
foizda
(jami professor-oʻqituvchilarga nisbatan)
73
74
75
76
78
80
13.
Oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash koʻrsatkichi (PhD, DSc)
himoyalar soni
30
32
35
38
40
45
14.
Ilmiy-tadqiqot dasturlari (shu jumladan, xalqaro dasturlar) doirasida mablagʻlarni jalb qilish samaradorligi
jalb qilingan mablagʻlar
(mlrd soʻm)
8,0
11,0
14,0
17,0
18,0
20,0
15.
Xoʻjalik shartnomalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish samaradorligi
jalb qilingan mablagʻlar
(mlrd soʻm)
4,0
5,0
6,0
8,0
9,0
10,0
16.
Ilmiy konferensiyalar oʻtkazish (respublika va xalqaro)
konferensiyalar soni
8
10
12
14
16
20
17.
Taʼlim va tadqiqotda xorijiy investitsiyalarni koʻpaytirish
jalb qilingan mablagʻlar
(mln AQSH doll.)
4
5
6
7
8
10
18.
Taʼlim va tadqiqotda xizmat koʻrsatish eksportini oshirish
jalb qilingan mablagʻlar
(mln AQSH doll.)
4
5
7
9
10
12
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qaroriga 4-ILOVA
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti oliy kengashining vazifa va vakolatlari
1. Universitetda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish, ilmiy maktablar, startaplar, akseleratorlar, texnoparklar va texnologiyalar transferi mexanizmlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha strategik qarorlar qabul qilish.
2. Universitetda amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari, qurilish ishlari hamda oʻquv laboratoriyalar moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish dasturlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash.
3. Taʼlim dasturlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va asosiy ilmiy yoʻnalishlarni mehnat bozori talablariga muvofiqlashtirish va tasdiqlash.
4. Universitet rektori va soha prorektorlari yillik hisobotini koʻrib chiqish va baholash.
5. Universitetning prorektorlik lavozimiga nomzodlarni saralash, dasturini koʻrib chiqish va tavsiya qilish.
6. Professor-oʻqituvchilarni Universitetga qabul qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar nisbatini belgilash.
7. Istiqbolda iqtisodiyotning real sektori uchun kadrlarga boʻlgan ehtiyoj va talabni oʻrganish va qabul parametrlarini belgilash.
8. Taʼlim, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar transferi jarayonlarini rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalar boʻyicha buyurtmachilar bilan manfaatli hamkorlikni oʻrnatish.
9. Universitetning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan yangi lavozim va tarkibiy boʻlinmalar hamda qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish va shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish.
10. Universitet mablagʻlari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish mezonlarini tasdiqlash.
11. Universitetni rivojlantirish va uning moliyaviy faoliyati bilan bogʻliq masalalarni hal etish.
12. Universitet va uning huzuridagi taʼlim va ilmiy muassasalarning rahbar va barcha xodimlari, professor-oʻqituvchilari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun mehnatga haq toʻlash miqdorini hamda samaradorlik mezonlariga asoslangan ragʻbatlantirish tartibini mustaqil belgilash.
13. Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlaridan foydalanish tartibini mustaqil belgilash.
14. Iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish.
15. Oʻquv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash.
Izoh.
Universitet oliy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-42-son qarorida belgilangan universitet boshqaruv kengashining vakolatlariga qoʻshimcha ravishda mazkur qarorda belgilangan vakolatlarga ega boʻladi.
Universitet oliy kengashi rektor raisligida 11 kishidan kam boʻlmagan tarkibda shakllantiriladi.
Universitet oliy kengashi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv taʼminoti tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qaroriga 5-ILOVA
2030-yilga qadar “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining taʼlim standartlarini xalqaro taʼlim standartlariga transformatsiya qilish, “Raqamli universitet” platformasini yaratish va kompleks rivojlantirish
DASTURI
T/r
Asosiy vazifalar
Amalga oshirish mexanizmi
Moliyalashtirish manbasi
Ijro muddatlari
Masʼullar
I. Universitet oliy kengashi va boshqaruv tizimini takomillashtirish
1.
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Universitet oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
1. Universitet boshqaruv faoliyatini tartibga soluvchi ustav, nizomlar va tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.
Mablagʻ talab etilmaydi
2026-yil may
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
2. Universitet oliy kengashi tarkibiga mahalliy va xorijiy hamkor universitet, kompaniya, korporatsiya va donor tashkilotlar aʼzolarini kiritish va tarkibini tasdiqlash.
2026-yil iyun
3. Universitet oliy kengashining ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil avgust
2.
Universitet faoliyatini “Raqamli universitet” faoliyatiga transformatsiya qilish.
1. Masofaviy taʼlimni samarali tashkil etish maqsadida yaratilgan LMS dasturini takomillashtirish, undagi funksional imkoniyatlarni kengaytirish hamda oʻquv-metodik resurslar bilan boyitish.
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari,
xalqaro hamkor tashkilotlar mablagʻlari
2026-yil may
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Universitet
2. Xorijiy “Raqamli universitet” platformalari bilan tajriba almashish.
2026-yil iyul
3. Sunʼiy intellekt yordamida oʻquv jarayoni va dars sifatini tahlil qilish.
2027-yil avgust
4. Oʻquv auditoriyalarini kuzatuv kameralari, interaktiv panellar va raqamli texnik vositalar bilan jihozlash.
Doimiy
3.
Suv xoʻjaligi sohasini raqamlashtirish va sunʼiy intellektdan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish.
1. Sunʼiy intellektni taʼlim jarayonida va suv xoʻjaligi sohasida qoʻllash va uning samaradorligini bosqichma-bosqich oshirib borish.
Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari
2026-yil sentabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
2. Yuqori malakali dasturchi va mutaxassislarni jalb qilish.
Har oʻquv yili
II. Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
4.
Taʼlim dasturlarini yetakchi xorijiy universitetlar dasturlariga muvofiqlashtirish.
1. Universitetda oʻquv rejalarini dunyoning eng nufuzli reyting tashkilotlarining top-300 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kirgan xorijiy universitetlar oʻquv rejalariga muvofiqlashtirish.
Mablagʻ talab etilmaydi
2026-yil avgust
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
2. Professor-oʻqituvchilar uchun malaka oshirish va xorijiy stajirovkalar dasturlarini yoʻlga qoʻyish.
Har oʻquv yili
5.
Universitetda mahalliy va xorijiy talabalar uchun bir yillik maxsus tayyorlov kursi (Foundation) tashkil etish.
1. STEAM va til bilimlari boʻyicha dasturni ishlab chiqish.
2. Tayyorlov kursi faoliyatini 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab yoʻlga qoʻyish.
3. Tayyorlov kursining toʻlov kontrakt asosidagi bir yillik smeta xarajatlarini ishlab chiqish.
Toʻlov kontrakt mablagʻlari,
homiy tashkilotlarning mablagʻlari
2026-2027 oʻquv yili
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
6.
Umummuhandislik fakultetini tashkil etish.
1. Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi (keyingi oʻrinlarda — Texnikum) oʻquv binosining 3-4 qavatlarini operativ boshqaruv huquqi asosida Universitetga oʻtkazish.
Mablagʻ talab etilmaydi
2026-yil may
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Kasbiy taʼlim agentligi,
Universitet
2. Umummuhandislik fakultetini tashkil etish.
2026-yil sentabr
7.
Mahalliy va xorijiy talabalar uchun Universitetning bir yillik grant tanlovini oʻtkazish.
1. Qabul qilish tartibi va nizomini tasdiqlash.
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari
2026-yil sentabr
Universitet
2. Universitetning yillik grant sonini eʼlon qilish va tanlovni oʻtkazish.
Har oʻquv yili
8.
Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi “A. Ortiqov” QFY hududida joylashgan 20 gektar oʻrmonzor maydonining 3 gektarida Universitetning “Suvchilar malakasini oshirish markazi”ni tashkil etish.
1. Malaka oshirish markazi uchun yuqori salohiyatga ega ekspertlar, oʻqituvchilar va trenerlar bazasini shakllantirish.
“Agrobank” ATB,
homiy tashkilotlar mablagʻlari
2027-yil yanvar
“Agrobank” ATB,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
2. Shakllantirilgan ekspertlar, oʻqituvchilar va trenerlarni nufuzli xorijiy taʼlim muassasalariga malaka oshirishga yuborish.
2027-yil may
3. Raqamli texnologiyalar asoslari oʻquv kursida suv xoʻjaligi xodimlarini oʻqitish.
Reja grafik asosida
9.
Markaziy Osiyo davlatlari va qoʻshni davlatlar fuqarolari uchun “Xalqaro suv diplomatiyasi” magistratura mutaxassisligida oʻqishni yoʻlga qoʻyish.
1. Xalqaro suv diplomatiyasi magistratura mutaxassisligining oʻquv rejasini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish.
Budjetdan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida
2026-yil may
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
2. Xalqaro suv diplomatiyasi magistratura mutaxassisligi boʻyicha talabalar uchun grant tanlovini oʻtkazish va magistrantlarni qabul qilish.
2026-yil may
3. Bitiruvchilarga “Xalqaro suv munosabatlari sohasida mutaxassis” kvalifikatsiyasini berish.
Har oʻquv yili
10.
Xorijiy professor-oʻqituvchilarni Universitet oʻquv jarayoniga jalb qilish.
1. Xorijiy professorlarni oʻquv jarayoniga jalb qilish boʻyicha roʻyxat shakllantirish.
El-yurt umidi jamgʻarmasi bilan kelishuv asosida
2026-yil iyun
“El yurt umidi” jamgʻarmasi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
2. El-yurt umidi jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2026-yil iyun
3. Har yili “Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori boʻlgan 10 nafar olimni Universitet oʻquv va ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish xarajatlarini (transport, yashash va ish haqi) qoplab berish.
Har oʻquv yili
11.
Universitetda dual taʼlim (malakaviy amaliyot) tizimini tashkil etish.
1. Malakaviy amaliyotga yuboriladigan talabalarni tanlab olish.
Mablagʻ talab etilmaydi
Har yili avgust
Universitet Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar
2. Dual taʼlim (malakaviy amaliyot) dasturini mahalliy hokimliklar bilan birgalikda har yili tasdiqlash.
Har oʻquv sentabr
12.
Universitetda yoshlar oʻrtasida ilmiy-madaniy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
1. Yozgi maktablar va startaplarni tashkil qilish dasturini tasdiqlash.
2. Yozgi maktablarning tashkil etilishiga qaratilgan xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish.
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari,
hamkor tashkilotlar mablagʻlari
2026-yil iyul
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
3. Yozgi maktablar faoliyatini respublika miqyosida ommalashtirish.
Har yili belgilangan muddatlarda
III. Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish
13.
Yer usti kosmik stansiyasini tashkil etish.
1. Xorijiy kosmik tadqiqot kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomasini tuzish.
Davlat budjeti mablagʻlari,
xalqaro hamkor tashkilotlar,
Universitet mablagʻlari
2026-yil dekabr
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Universitet
2. Kosmik maʼlumotlarni qabul qiluvchi antennani oʻrnatish.
2027-yil dekabr
3. Universitet tomonidan sunʼiy yoʻldosh (sputnik)ni yaratish va uchirish.
2030-yil oktabr
14.
Kosmik tadqiqotlar uchun sunʼiy intellekt boʻyicha ilmiy laboratoriyani tashkil etish.
1. Sunʼiy yoʻldoshlar mexanika va tadqiqot oʻquv laboratoriyasini tashkil etish.
Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari
2027-yil noyabr
Raqamli
texnologiyalar vazirligi,
Oliy taʼlim, fan
va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
2. Laboratoriyani zamonaviy vositalar bilan jihozlash.
2028-yil fevral
3. Kosmik tadqiqotlar uchun sunʼiy intellekt boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish.
Doimiy
15.
Gidravlika va qurilish materiallari laboratoriyalari bazasini modernizatsiya qilish.
1. Suv xoʻjaligi innovatsion laboratoriya binosini kapital taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, pudratchi va bosh pudratchi tashkilotlarni belgilangan tartibda tanlab olish.
“Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari
2026-yil iyun
“Oʻzbekgidroenergo” AJ,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
2. Zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash.
2027-yil may
16.
Ilmiy maslahatchilar ishini tashkil etish, faoliyatini doimiy monitoring qilib borish.
1. Ilmiy maslahatchilar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni monitoring qilib borish.
Mablagʻ talab etilmaydi
Doimiy
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Universitet
2. Universitet rektori ilmiy maslahatchilarning amalga oshirgan ishlar yuzasidan Administratsiyada har oy yakuni bilan taqdimot qilib borish.
Har oy yakuni bilan
17.
Istiqbolli loyihalar ofisi ishini tashkil etish, faoliyatini doimiy monitoring qilib borish.
1. Universitet tashkiliy tuzilmasiga loyiha ofisi rahbari — prorektor lavozimini kiritish.
Mablagʻ talab etilmaydi
2026-yil may
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet,
Loyiha ofisi rahbari
2. Universitet rektori va Loyiha ofisi rahbari — prorektor tomonidan qaror ijrosi va Universitetda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Administratsiyada har oy yakuni bilan taqdimot qilib borish.
Har oy yakuni bilan
18.
Universitet tomonidan koʻrsatiladigan innovatsion xizmatlarni Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish.
1. Geodeziya, kartografiya, geoinformatika, masofadan zondlash, melioratsiya, mexanizatsiya, energetika sohalarida xizmat koʻrsatish.
Buyurtmachi tashkilot mablagʻlari
2026-yil dekabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Universitet
2. Suv resurslarini boshqarish va gidrotexnika qurilishi yoʻnalishlari boʻyicha shartnomalar asosida xizmat koʻrsatish.
2027-yil fevral
3. Davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik mexanizmini ishlab chiqish.
2027-yil may
19.
Gidroinshootlar joylashgan hududlarda klaster tamoyili asosida Universitet kafedra filiallarini tashkil etish.
1. Toshkent viloyatida (Chorvoq suv ombori va Chorvoq GES kaskadi) gidroenergetika, toʻgʻonlar xavfsizligi, raqamli gidromonitoring va suv omborlarini intellektual boshqarish va energotejash yoʻnalishlarida oʻquv kurslari tashkil etiladi va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.
Universitet mablagʻlari,
homiylik mablagʻlari
2026-yil avgust
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
hamkor tashkilotlar,
Universitet
2. Sirdaryo viloyatida (Farhod GES va Sirdaryo havzasi inshootlari) nasos stansiyalari samaradorligi, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, energoaudit va suv tejovchi texnologiyalar boʻyicha amaliy tajribalar oʻtkazish.
2026-yil dekabr
3. Navoiy viloyatida (Toʻdakoʻl va Quyimozor suv omborlari) choʻl va yarim choʻl hududlarida suv resurslarini boshqarish, agroinjeneriya va suv taqchilligi sharoitida innovatsion yechimlar ishlab chiqish.
2027-yil may
4. Qashqadaryo viloyatida (Talimarjon suv ombori) yirik suv omborlarini ekspluatatsiya qilish, nasos agregatlarini modernizatsiya qilish va energetik samaradorlik boʻyicha energoaudit oʻtkazish.
2027-yil dekabr
5. Surxondaryo viloyatida (Janubiy Surxon suv ombori va Toʻpalang GES) transchegaraviy suv boshqaruvi, togʻ daryolari gidrologiyasi va iqlim oʻzgarishi taʼsirini tahlil qilish modeli ishlab chiqish.
2028-yil dekabr
6. Andijon viloyatida (Andijon suv ombori) Fargʻona vodiysi boʻyicha suv taqsimoti, intensiv qishloq xoʻjaligi uchun aqlli irrigatsiya texnologiyalari boʻyicha oʻquv-amaliy seminar va treninglar tashkil etish.
2029-yil dekabr
IV. Xalqaro hamkorlik va reytinglarda ishtirok etish
20.
Universitetni dunyoning eng nufuzli reyting tashkilotlarining top-300 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish.
1. Dunyoning eng nufuzli reyting tashkilotlarining top-300 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritilgan universitetlarning tajribasini oʻrganish va Universitet faoliyatida qoʻllash.
Universitet mablagʻlari,
hamkor tashkilotlar mablagʻlari
2026 — 2030-yillar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
2. Taʼlim va ilmiy tadqiqot xizmatlar eksportini rivojlantirish.
Doimiy
21.
Xorijiy universitetlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish.
1. Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 2+2, 3+1 masofaviy shakllaridagi taʼlim dasturlarni ishlab chiqish.
Universitet va xorijiy universitetlar mablagʻlari,
xalqaro moliya institutlari,
grantlari
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
2. Integrallashgan oʻquv reja va dasturlarni qoʻshma tasdiqlash.
3. Xorijiy professor-oʻqituvchilarni oʻquv va ilmiy jarayonlarga jalb qilish.
Belgilangan muddatlarda
22.
Universitetning bakalavr taʼlim yoʻnalishlari va magistratura dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.
1. Xalqaro akkreditatsiya agentliklarini tanlash va hujjatlarni tayyorlash.
Universitet mablagʻlari,
hamkor tashkilot mablagʻlari
2027-yil yanvar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
2. Oʻquv meʼyoriy hujjatlarni xalqaro standartlarga moslashtirish.
2028-yil iyun
3. Bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan oʻtkazishni amalga oshirish.
2030-yil dekabr
23.
Iqlim oʻzgarishini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish boʻyicha raqamli texnologiyalarga asoslangan milliy platforma yaratish.
1. Iqlim oʻzgarishiga oid maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va tahlil qilish uchun yagona raqamli platformani ishlab chiqish.
Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi va hamkor tashkilotlar mablagʻlari
2028-yil noyabr
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,
“Oʻzbekkosmos” agentligi,
Oʻzgidromet agentligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Universitet
2. Iqlim oʻzgarishi boʻyicha xorijiy yetakchi olimlar ishtirokida integratsiyalashgan tadqiqot guruhini tashkil etish, fundamental va amaliy ilmiy izlanishlarni olib borish.
Doimiy
3. Iqlim oʻzgarishini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida bashorat qilish, tahlil natijalarini vizualizatsiya (geovizualizatsiya) qilish hamda qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlovchi analitik modullarni joriy etish.
2028-yil dekabr
24.
Agrar va suv xoʻjaligi sohalarida istiqbolli boshqaruv kadrlarining BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tizimida stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻyish.
1. BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tizimida stajirovka oʻtash boʻyicha tanlov tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan tartib ishlab chiqish va tasdiqlash.
Homiy tashkilotlarning mablagʻlari,
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari
2027-yil yanvar
Boshqaruv samaradorligi agentligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
2. Tanlov oʻtkazish va tanlov gʻoliblarini BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tizimiga stajirovkaga yuborish.
Belgilangan muddatlarda
V. Moliyalashtirish, moddiy-texnik baza va infratuzilmani yaxshilash
25.
Loyiha ofisini tashkil qilish va faoliyati samaradorligini taʼminlash uchun moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Loyiha ofisning faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun homiylik mablagʻlarini jalb qilish. Bunda:
Suv xoʻjaligi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 3 mlrd soʻm;
“Oʻzsuvtaʼminot” AJdan 2 mlrd soʻm homiylik mablagʻlari ajratilishini taʼminlash.
Homiylik mablagʻlari
2026-yil may
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,
Universitet
26.
Universitetning foydalanishda boʻlgan yer maydonlari hamda bino va inshootlarga boʻlgan egalik huquqlarini belgilash.
1. Universitetga tegishli boʻlgan hamda uning balans va operativ boshqaruvidagi yer maydonlari, bino va inshootlarni xatlovdan oʻtkazish.
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari,
hamkor tashkilotlar mablagʻlari
2026-yil sentabr
Kadastr agentligi,
Toshkent shahar hokimligi,
Toshkent viloyati hokimligi,
Universitet
2. Xatlov natijasidan kelib chiqib, yer maydonlari hamda bino va inshootlarga boʻlgan egalik huquqini belgilovchi hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish choralarini koʻrish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qaroriga 6-ILOVA
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida 2026 — 2028-yillarda amalga oshiriladigan qurilish hamda oʻquv-laboratoriyalar moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish