Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand shahrida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 20-iyuldagi PQ-233-son
qaroriga muvofiq, shuningdek, Samarqand shahrining meʼmoriy qiyofasini yanada yaxshilash, zamonaviy obyektlarni qurish va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi 461-son qarori bilan tasdiqlangan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari
roʻyxati quyidagi mazmundagi 20-band bilan toʻldirilsin:
“20. “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksi”.
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Samarqand viloyati hokimi A.M. Boboyev zimmasiga yuklansin.