Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasida oʻtkazilgan tekshirish natijasida kadrlarni reja asosida tayyorlash, qayta tayyorlash, tanlash, ular zaxirasini shakllantirish va ularni joy-joyiga qoʻyish masalalarida kamchiliklar aniqlandi. Keyingi yillarda kadrlar qoʻnimsizligi tendensiyasi yuzaga keldi. Fuqaro aviatsiyasida tajribaga ega boʻlmagan xodimlarni zaxiraga qoʻshib qoʻyish hollari mavjud. Direksiya apparatining rahbarlik lavozimlariga oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar tayinlangan.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni tashkil etishni yaxshilash va uni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi A. Gʻ. Roʻzmetov kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish intizomini buzganligi uchun Vazirlar Mahkamasining qarori bilan intizomiy javobgarlikka tortilganligi;
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasini tekshirish yakunlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbar xodimlari ishtirokida kompaniya boshqaruvi kengashining kengaytirilgan majlisida muhokama qilinganligi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirlar belgilanganligi va amalga oshirilayotganligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining tegishli buyrugʻi chiqarilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi (Roʻzmetov):
tekshirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan belgilangan tadbirlarning bajarilishi ustidan amaliy nazoratni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati bilan kelishilgan holda boshqaruv kengashida kompaniya apparati va kompaniyaga qarashli korxonalar rahbarlik lavozimlarini almashtirish uchun kadrlar zaxirasini bir oy muddatda tasdiqlasin.
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Roʻzmetov), Mudofaa vazirligi (Tursunov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Gʻulomov), “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati (Kucherov)ning Toshkent davlat texnika universitetining Aviatsiya fakulteti, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati oʻquv markazi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining oʻquv-mashq qilish markazining bazasida Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiyasi ehtiyojlari uchun kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga oid takliflari 3-ilovaga
* muvofiq qabul qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Tursunov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Gʻulomov) 1998-yil 1-sentabrgacha Toshkent davlat aviatsiya institutining aviatsiya mutaxassisliklari boʻyicha zaxiradagi ofitsyerlar tayyorlovchi zarur darajada kengaytirilgan harbiy kafedrasini tashkil etsin.
7. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (Gʻofurov), Moliya vazirligi (Sayfuddinov) 1999 va keyingi yillar uchun investitsiya dasturini shakllantirishda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Toshkent davlat aviatsiya institutining yangi oʻquv-laboratoriya kompleksi qurilishi va sport kompleksi qurilishini tugallash uchun mablagʻ bilan taʼminlashning markazlashtirilgan manbalari limitlarini maqsadli ajratishni nazarda tutsinlar.
9. Moliya vazirligi (Sayfuddinov), “Ustoz” (Gʻulomov) va “Umid” (Azimov) respublika jamgʻarmalari Toshkent davlat aviatsiya instituti ilmiy kadrlarini tayyorlash va uning professor-oʻqituvchilari tarkibini 4-ilovaga
* muvofiq qayta tayyorlash uchun teng ulushlarda zarur mablagʻlar ajratsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari L. A. Axmetov zimmasiga yuklansin.