Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-son “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” shaharsozlik
normalari va qoidalari quyidagi mazmundagi 6.19
1-band bilan toʻldirilsin:
“6.191. Binolarning fasadlari, xonalari va evakuatsiya yoʻllarida quyidagi yonuvchanlik darajasiga ega qurilish materiallaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
YO2-YO4 — balandligi 28 m gacha boʻlgan binolarning fasadlarini pardozlash va qoplashda;
YO1-YO4 — balandligi 28 m va undan yuqori boʻlgan binolarning fasadlarini pardozlash va qoplashda;
YO1-YO4 — balandligidan qatʼiy nazar taʼlim va tibbiyot tashkilotlari obyektlarining fasadlarini pardozlash hamda qoplashda;
YO1-YO4 — barcha binolarning (funksional vazifasidan qatʼi nazar) evakuatsiya yoʻllari, vestibyullari, zinapoya kataklari, lift xollari, umumiy yoʻlaklari, zallari va foyelari hamda yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlari xonalari, sport inshootlari tribuna ostidagi xonalarning devorlari va shiftlarini pardozlashda, shuningdek osma shiftlarini oʻrnatishda.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.