toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2023
Hujjat 11.11.2002 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
BUYRUGʻI
TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh VA TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMIDAN FOYDALANISh HUQUQINI BERISh UChUN TALABNOMANI TUZISh, TOPShIRISh VA KOʻRIB ChIQISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 1-noyabrda 1185-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 21-mh-sonli “Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3482, 07.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomi toʻgʻrisidagi”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qaroriga muvofiq buyuraman:
1. “Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari” (bundan keyin — Qoidalar) tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng 10 kundan keyin kuchga kiradi.
3. 2002-yilning 20-iyundagi 34-sonli buyruq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu buyruqning ijro etilishi yuzasidan nazorat qilish direktor oʻrinbosari V.V. Yermolayeva zimmasiga yuklatilsin.
Direktor A.A. AZIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 11-oktabr,
52-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat patent idorasi
direktorining
2002-yil 11-oktabrdagi 52-son
buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish
QOIDALARI
Ushbu “Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari” (bundan keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan va tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Qisqartirishlar roʻyxati
Qonun — Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Talabnoma — tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma hamda avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma.
Reyestr — tovar kelib chiqqan joy nomlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat reestri
I bob. Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish va topshirish
1-§. Talabnoma
1. Qonunning 5-moddasiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi — bu mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa joʻgʻrofiy obyektning (bundan keyingi oʻrinlarda joʻgʻrofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan nomi boʻlib, bunda tovarning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadi.
2. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatga olinadigan belgi joʻgʻrofiy obyektning zamonaviy nomi, ushbu obyektning tarixiy nomi yoki ulardan kelib chiqqan nom boʻlishi mumkin.
Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatga olinadigan belgi qoʻshimcha ravishda tovarning turi (jinsi)ga oid belgiga ishora boʻlishi mumkin.
3. Qonunning 5-moddasiga muvofiq ushbu qoidalarning 1- va 2-bandlarida qayd etilgan belgilar, agar ular alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni belgilash uchun ishlatilsa, tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
4. Qonunning 11-moddasiga muvofiq quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas:
a) tovar ishlab chiqarilayotgan joyga nisbatan isteʼmolchini chalgʻitadigan joʻgʻrofiy nomlarni ifodalovchi belgilar;
b) tovar ishlab chiqariladigan haqiqiy joyni rasman koʻrsatadigan, ammo tovar boshqa hududdan kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi notoʻgʻri tasavvurni beradigan belgilar;
v) tovar tayyorlangan joy nomi bilan bogʻliq boʻlmagan joʻgʻrofiy nomlarni ichiga oladigan va Oʻzbekiston Respublikasida maʼlum turdagi tovar belgisi sifatida umumiy isteʼmolga kirgan belgilar.
5. Qonunning 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq quyidagi talabnomalar bir-biridan farqlanadi:
a) tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma;
b) roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma;
6. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta tovar kelib chiqqan joy nomiga oid boʻlishi lozim.
7. Qonunning 9-modda ikkinchi qismi 2-, 3-, 5-xatboshisiga muvofiq, talabnoma tarkibida quyidagilar boʻlishi kerak:
a) tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi ariza yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqida ariza (bundan keyingi oʻrinlarda ariza deb yuritiladi), talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar), uning (ularning) joylashgan joyi yoki turar joyi koʻrsatilgan holda;
b) talabnoma berilgan belgi;
v) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning turi;
g) tovar ishlab chiqarilgan joy (joʻgʻrofiy obyekt chegaralari) koʻrsatilishi;
d) tovarning alohida xususiyatlarining tavsifi.
8. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismiga muvofiq talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
a) talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat;
b) vakolatli idoraning koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektda talabnoma beruvchining joylashganligi va alohida xususiyatlari mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni uning tomonidan ishlab chiqarilayotganligi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan xulosasi;
v) xorijiy talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan talabnomaga ushbu bandning (b) kichik bandida koʻrsatilgan hujjat oʻrniga talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.
2-§. Talabnomaning tarkibi
9. Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi.
10. Avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi talabnoma ushbu Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi.
“Talabnoma” soʻzidan yuqorida joylashgan grafalar, talabnoma Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligi (bundan keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan va talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar baʼzi bir maʼlumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirish imkoni boʻlmasa, ular oʻsha shakl boʻyicha qoʻshimcha varaqda keltiriladi va talabnomaning tegishli grafasida: “davomi qoʻshimcha varaqda” deb koʻrsatiladi.
11. “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi: yuridik shaxsning toʻliq rasmiy nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (va otasining ismi agar u mavjud boʻlsa), bunda familiya ismdan avval koʻrsatiladi. Talabnoma beruvchining nomi oʻzbek va rus tillarida koʻrsatiladi.
Talabnoma beruvchining toʻliq pochta manzili, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
12. Nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari uchun KTUT kodi, agar u belgilangan boʻlsa, koʻrsatiladi. Agar KTUT kodi belgilangan boʻlmasa, tegishli joyda “belgilanmagan” deb koʻrsatiladi.
13. Nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasining hududidan tashqarida yashaydigan xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi koʻrsatiladi (agar u belgilangan boʻlsa).
14. “Yozishmalar olib borish uchun manzil” grafasida yozishmalar olib borish uchun pochta indeksi koʻrsatilgan manzil, xat oluvchining ismi yoki nomi, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Yozishmalar olib borish uchun manzil sifatida yuridik shaxs boʻlmish talabnoma beruvchining Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan joyi yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan jismoniy shaxs boʻlmish talabnoma beruvchining yashash joyi, yoxud Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakilining manzili yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa manzil koʻrsatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. “Patent vakili” grafasi talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan holda toʻldiriladi va uning toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi, agar u mavjud boʻlsa), Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami.
15. “Patent vakili” grafasi talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan holda toʻldiriladi va uning toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi, agar u mavjud boʻlsa), Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami.
Keyingi tahrirga qarang.
“Patent vakilining manzili” grafasida patent vakilining pochta indeksi koʻrsatillgan manzili, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) keltiriladi.
16. “Talabnoma berilgan belgi” grafasida talabnoma berilgan belgi odatdagi shriftda yozilgan holda keltiriladi.
17. “Tovar turi yoki muayyan tovar” grafasida Qonunning 9-modda ikkinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi moʻljallangan tovar (tovarlar) koʻrsatilishi kerak. Bunda alohida xususiyatlariga joʻgʻrofiy obyektning (tamomila yoki asosan) tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari tufayli ega boʻlgan haqiqatdan ham ishlab chiqarilayotgan tovarlargina koʻrsatilishi lozim.
18. Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq taqdim etilayotgan tavsifda belgisi roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovarning oʻziga aynan oʻxshash tovarlardan farqlaydigan alohida xususiyatlarining roʻyxati keltiriladi. Tavsifdan tovarning alohida xususiyatlari ushbu joʻgʻrofiy obyekt uchun xos boʻlgan tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga majburiy, obyektiv bogʻliq ekani ochiq-oydin kelib chiqishi kerak.
Tovarning xususiyatlari umum qabul qilingan maxsus terminologiyaga (tovarshunoslik, texnik va boshqalarga) muvofiq aniq va ravshan taʼriflanishi lozim.
Tavsif axborot koʻrinishida boʻlishi, xususan ushbu joʻgʻrofiy obyektda xom ashyoning, tegishli iqlim, geologik yoki boshqa tabiiy sharoitlarning, tovarni anʼanaviy usulda tayyorlay oladigan odamlar (jamoa)ning va boshqalarning mavjudligini koʻrsatishi lozim.
19. Maʼdanli suvning alohida xususiyatlarini tavsiflashda, tovarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda, vakolatli idoraning xulosasida quyidagilarni tasdiqlovchi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak:
a) organoleptik xususiyatlar: taʼmi, rangi, hidi (yoki ularning mavjud emasligi);
b) ion tarkibining qisqacha taʼrifi (“dan” “gacha” oraligʻida berilishi zarur);
v) maʼdanlashganligi;
g) gaz tarkibi, mikroelementlar, radioaktiv elementlar, organik moddalar, faol reaksiyaning va oksidlanish-qaytarilish potensialining taʼrifi;
d) balneologik xususiyatlari.
20. Talabnomada tovar ishlab chiqarilayotgan joy koʻrsatilishi lozim. Tovar ishlab chiqarilayotgan joy joʻgʻrofiy obyektning chegaralarini koʻrsatish yoʻli bilan tavsiflanishi mumkin. Joʻgʻrofiy obyektning chegaralari koordinatalar, joyning tabiiy chegaralari — daryolar, togʻlar, koʻllar koʻrsatilib, maʼmuriy chegaralar, koʻp yillik inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqalar yordamida tavsiflanishi mumkin.
21. “Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati” grafasi tegishli katakchalarda “X” belgisini qoʻyib chiqish orqali va ilova qilinayotgan hujjatlardagi nusxalar soni va har bir nusxadagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda toʻldiriladi. Turi talabnoma shaklida koʻzda tutilmagan ilova qilinayotgan hujjatlarning (“boshqa hujjat”) aniq vazifasi koʻrsatiladi.
22. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi toʻrtinchi xatboshiga muvofiq talabnomaga ilova qilinadigan vakolatli idoraning (vakolatli idoralarning) xulosasi (xulosalari)da talabnoma beruvchi koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashgani va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Xulosa oʻz mavqeyi va ixtisoslashuviga koʻra tovarga nisbatan malakali bayonot bera oladigan hamda uning tayyorlovchisi nomi tovarni belgilash uchun qoʻllangan joʻgʻrofiy obyektning chegaralarida joylashganini tasdiqlaydigan idora tomonidan taqdim etilishi lozim.
Xususan, vazirlik, Fanlar akademiyasi, ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot instituti, muzey va boshqalar shunday idora boʻlishi va bunda zarur hollarda chuqur bilimli mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. Xulosa (xulosalar), agar u (ular) Qonun talab qiladigan barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlsa, bitta vakolatli idora tomonidan, yoki bir nechta idoralar tomonidan taqdim etilishi mumkin (talabnoma beruvchining joylashgan joyi va tovar ishlab chiqarish chegaralari haqidagi mahalliy hokimiyat idorasining xulosasi hamda tovarning alohida xususiyatlari haqidagi boshqa vakolatli idoraning xulosasi).
23. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq xorijiy talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat sifatida tovar kelib chiqqan mamlakatning vakolatli idorasi tomonidan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma yoki sertifikat, ushbu Qoidalarning 25-bandi shartlariga amal qilingani holda, taqdim qilinishi mumkin.
24. Talabnomaning oxirgi “Imzo” grafasini imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiydir.
Talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan talabnoma tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Talabnoma patent vakili orqali berilganda, talabnoma patent vakili tomonidan imzolanadi.
Imzo imzolovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda ochib beriladi.
Talabnomada qoʻshimcha varaqlar mavjud boʻlsa, ular ham huddi shu tartibda imzolanadi.
3-§. Hujjatlarni taqdim etish
25. Talabnomada ifodalangan belgini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ariza oʻzbek yoki rus tillarida taqdim etiladi.
Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, talabnomaga ularning oʻzbek yoki rus tillaridagi tarjimasi ilova qilinadi hamda ular tarjima qilgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Boshqa tilda taqdim etilgan hujjatlar, agar ularning tarjimasi boshqa tildagi hujjatlar kelib tushgan sanadan eʼtiboran ikki oy davomida kelib tushgan boʻlsa, Agentlikka kelgan sanadan eʼtiboran taqdim etilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimasi kelgan sanadan eʼtiboran taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Talabnoma ikki nusxada taqdim etiladi.
Talabnomaga ilova qilinadigan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.
27. Barcha hujjatlar ulardan cheklanmagan miqdorda nusxa olishga imkon beradigan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Har bir varaqning faqat bir tomonidan foydalaniladi, qatorlar varaqning eni boʻylab parallel joylashtiriladi.
28. Talabnoma hujjatlari pishiq, oq, silliq, yaltiramaydigan qogʻozda bajariladi.
29. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210 x 297 mm formatga ega boʻlib, hoshiyalarining oʻlchami quyidagicha (mm):
yuqoridan — 20;
oʻng va pastdan — 20;
chapdan — 25.
30. Talabnomaning har bir hujjatida ikkinchi va undan keyingi varaqlar arab raqamlari bilan raqamlab chiqiladi.
31. Hujjatlar qora rangli shriftda bosiladi. Matn 1,5 interval bilan, bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam boʻlmagan holda bosmadan chiqariladi.
4-§. Talabnomani topshirish
32. Nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ishlatilayotgan joʻgʻrofiy obyektda joylashgan yuridik va jismoniy shaxslar, agar ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovar Qonunning 5-moddasi bilan oʻrnatilgan talablarga javob bersa, Qonunning 6-moddasi 2 — 4-qismlariga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun va/yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma topshirish huquqiga egadirlar.
Qonunning 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma yuridik va jismoniy shaxs tomonidan topshirilishi mumkin.
33. Talabnoma Agentlikka bevosita topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Agentlikda roʻyxatdan oʻtgan patent vakili orqali topshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Chet ellik yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxslar yoki ularning patent vakillari tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish bilan va/yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish bilan bogʻliq ishlarni Agentlikda roʻyxatdan oʻtgan patent vakili orqali olib boradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Patent vakili orqali topshirilayotgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma, yoxud ishonchnomaning kerakli tarzda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi.
Agentlik oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi va notarial tasdiqlashni talab qilmaydi. Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda yoki talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oydan kech boʻlmagan muddatda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakiliga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxsning yoki xorijiy yuridik shaxsning manfaatlariga vakillik qilish uchun ishonchnoma ushbu shaxsning oʻzi tomonidan ham, talabnoma beruvchi tomonidan berilgan tegishli ishonchnomaga ega boʻlgan uning patent vakili tomonidan ham berilishi yoxud ishonchnomaning talab qilingan holda rasmiylashtirilgan nusxasi berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar ishonchnoma Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan bir nechta patent vakillari yoki boshqa shaxslar nomiga berilgan boʻlsa, u holda talabnoma boʻyicha tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga oid ishlar ularning istalgani tomonidan olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Patent vakilining har qanday harakati talabnoma beruvchining harakatlari sifatida baholanadi.
II-bob. Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish
5-§. Vakil tayinlash
35. Talabnoma topshirilgandan keyin u boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqish davomida oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma bergan holda vakil tayinlashi mumkin.
Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakili milliy va/yoki xorijiy yuridik va/yoki jismoniy shaxsning yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxsning vakili boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Vakillik qilish uchun ishonchnoma talabnoma topshirilayotgan vaqtda ham, ish yuritish davomida ham taqdim etilishi mumkin. Ishonchnoma talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
37. Ishonchnoma topshirilgunga qadar vakilning olib borgan harakatlari haqiqiy emas deb hisoblanadi va ekspertiza tomonidan inobatga olinmaydi. Vakilning unga taqdim etilgan vakolatlari doirasidagi har qanday harakati yoki Agentlikning unga nisbatan har qanday harakati talabnoma beruvchining harakati yoki talabnoma beruvchiga nisbatan harakat sifatida baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Vakillik ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlar yoki ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi. Ishochnomada koʻrsatilgan vakolatlarni muddatidan avval toʻxtatish talabnoma beruvchi tomonidan Agentlikka tegishli ariza berish (ishonchnomani chaqirib olish) yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-§. Agentlik bilan yozishmalar olib borish
Keyingi tahrirga qarang.
39. Yozishma talabnoma beruvchi yoki uning vakili tomonidan har bir talabnoma uchun alohida olib boriladi.
Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami koʻrsatilishi va talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi boʻlishi shart.
Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi.
40. Agentlik bilan yozishmalar oʻzbek yoki rus tillarida olib boriladi. Talabnoma beruvchi tomonidan boshqa tilda berilgan materiallarga ularning oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi tarjimani amalga oshirgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan holda ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-§. Muddatlar
41. Yillarda ifodalangan har qanday muddat tegishli keyingi keladigan yilda, muddatni hisoblash boshlangan voqea sodir boʻlgan oy nomi va kun raqami qanday boʻlsa, xuddi shu nomli oyda va oʻsha kunda tugaydi; ammo, agar keyingi tegishli oy oʻsha raqamli kunga ega boʻlmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kunida tugaydi.
42. Oylarda ifodalangan har qanday muddat tegishli keyingi keladigan oyda va muddatni hisoblash boshlangan voqea sodir boʻlgan kun raqami nechanchi boʻlsa, oʻsha kunda tugaydi; ammo, agar tegishli oy oʻsha raqamli kunga ega boʻlmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kuni tugaydi.
43. Kunlarda ifodalangan har qanday muddat koʻrib chiqilayotgan voqea sodir boʻlgan kunning keyingisidan hisoblanib, soʻnggi kunning oxirida tugaydi.
44. Agar xatlar yoki patent boji Agentlikka kelib tushishi belgilangan muddatning oxirgi kuni Agentlik ishlamaydigan va xatlar yoki patent boji qabul qilina olmaydigan dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, ushbu muddat koʻrsatib oʻtilgan holatlarning birontasi mavjud boʻlmagan keyingi ish kunigacha uzaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-§. Talabnoma hujjatlariga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish
45. Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi oʻz tashabbusiga koʻra talabnoma ekspertizasi oʻtkazilayotgan davrda qaror qabul qilingunga qadar talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritishi mumkin.
Talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan tegishli yozma ariza topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Arizalarning shakli ushbu Qoidalarning 3-, 4-ilovalarida keltirilgan.
Ariza Agentlikka kelib tushganligi va uni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Arizaga talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritilganligi uchun patent boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinmasa yoki toʻlangan patent bojining miqdori belgilangan miqdordan kam boʻlsa, qoʻshimcha materiallar koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning nomi yoki talabnoma beruvchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, ushbu oʻzgarishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.
Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar mazkur Qoidalarning 94 — 97-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
9-§. Talabnoma materiallari bilan tanishish
46. Talabnoma beruvchi (uning vakili) topshirilgan talabnoma va unga oid hujjatlar bilan oldindan kuni va soatini kelishib olgan holda bevosita Agentlikning oʻzida yoki talabnoma hujjatlarining yoxud ularning biror qismining nusxasini soʻrab olish yoʻli bilan tanishishi mumkin. Soʻralgan hujjatlarning nusxalari talabnoma beruvchiga tarif boʻyicha xizmatlarga tegishli haq toʻlangan taqdirda yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tergov zaruriyati bilan bogʻliq hollardagina talabnoma materiallari bilan bepul tanishadilar.
10-§. Talabnomani koʻrib chiqish jarayonida ekspertiza tomonidan koʻrsatilgan materiallar bilan tanishish
48. Talabnoma beruvchi ekspertiza qarorida koʻrsatilgan materiallar bilan tanishish huquqiga ega.
49. Soʻralgan hujjatlarning nusxalari talabnoma beruvchiga tarif boʻyicha tegishli xizmatga haq toʻlangan taqdirda yuboriladi.
11-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish
50. Talabnoma bilan bogʻliq masalalar, odatda, ekspertiza tomonidan talabnoma berilgan belgi, u bilan belgilanishi moʻljallangan tovar, tovarning alohida xususiyatlari, ularning joʻgʻrofiy obyektning tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillari yoxud bir vaqtning oʻzida tabiiy sharoitlar va boshqa omillarga bogʻliqligi boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar olish zaruriyati paydo boʻlgan holda va talabnoma berilgan belgining muhofaza qilishga yaroqliligi, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish imkoni masalalari boʻyicha ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash maqsadida talabnoma beruvchi (uning vakili) ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Ekspert majlisi ikkala tomon shu masalalar bilan tanishib chiqqandan soʻng, Agentlikning taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra oʻtkaziladi. Ekspertizaning savollari ekspert majlisini oʻtkazish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xabar qilingan soʻrovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa majlisni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Soʻrovnoma yuborilgan holda talabnoma beruvchi, talabnomani koʻrib chiqishda qatnashish niyatidan qaʼi nazar, soʻrovnomaga Qonunda belgilangan muddatda javob berishi lozim.
51. Ekspert majlisini oʻtkazish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Vaziyat oʻzgarib, biror tomon ekspert majlisida belgilangan vaqtda qatnasha olmasa, darhol ikkinchi tomonni bu haqda xabardor qiladi, shuningdek ekspert majlisi, agar Agentlik yoki talabnoma beruvchi uni oʻtkazishga vaqt bor yoki oʻtkazish maqsadga muvofiq emas deb hisoblasa, talabnoma beruvchi qatnashuvida oʻtkazilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Talabnoma beruvchining vakili ushbu qoidalarning 34 — 38-bandlaridagi shartlar bajarilgan holda ekspert majlisida qatnashishi mumkin.
12-§. Soʻralgan materiallarni taqdim etish muddatini uzaytirish
52. Davlat ekspertizasining soʻrovnomasi boʻyicha qoʻshimcha materiallar talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy davomida taqdim etilishi lozim.
Qonunning 13-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati talabnoma beruvchining yozma iltimosiga koʻra uzaytirilishi mumkin.
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimos bilan birga muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat topshiriladi.
53. Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy davomida topshiriladi.
54. Talabnoma beruvchiga soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.
55. Agar iltimosnoma belgilangan muddat buzilgan holda berilgan boʻlsa, shuningdek patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan yoki toʻlangan boj summasi belgilangan miqdorga toʻgʻri kelmagan boʻlsa, soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilmaydi. Bu holda talabnoma beruvchiga uning iltimosi rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.
13-§. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash
56. Qonunning 13-moddasi beshinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan quyidagi muddatlar tiklanishi mumkin:
a) ekspertiza soʻrovnomasi boʻyicha qoʻshimcha materiallarni taqdim etish muddati;
b) davlat ekspertizasi soʻrovnomasiga javob berish muddati;
57. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan muddat oʻtib ketgan kundan eʼtiboran ikki oy mobaynida muddat oʻtkazib yuborilganiga asosli sabablar koʻrsatilgan holda topshiriladi.
58. Iltimosnoma bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
59. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanganligi toʻgʻrisida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
60. Ushbu Qoidalarning 57- va 58-bandlarida koʻrsatilgan talablardan aqalli bittasi bajarilmagani aniqlangan holda, iltimosnoma qondirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
14-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning chaqirib olinishi
61. Qonunning 17-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza talabnoma koʻrib chiqilayotgan istalgan bosqichda, lekin tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatga olingan sanadan yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan sanadan kechikmay, topshirilishi mumkin.
Talabnoma beruvchiga uning talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi arizasi qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
62. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi (bunday talabnoma ekspertizasi oʻtkazilmaydi, tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatga olinmaydi va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi taqdim etilmaydi). Chaqirib olingan talabnoma boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazishda eʼtiborga olinmaydi.
III-BOB. Talabnomani koʻrib chiqish
15-§. Kelib tushgan talabnomani roʻyxatga olish
63. Agentlikka kelib tushgan talabnoma materiallari, agar ushbu materiallar tarkibida kamida oʻzbek yoki rus tilida topshirilgan tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga va undan foydalanish huquqini berishga ariza yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga ariza, shuningdek talabnomani topshirish va talabnoma topshirilgan belgining davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlsa, kelib tushgan sana koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda topshirilgan talabnoma roʻyxatga olinmaydi va uni topshirgan shaxsga qaytarib yuboriladi.
64. Talabnomaga Agentlikning uchta harfli va sakkiz xonali raqamli koddan iborat qayd raqami beriladi. Koddagi birinchi harf (J) sanoat mulki obyektining turini — tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini berish yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni, keyingi ikki harf (GU) muhofaza hujjatining turini — tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi guvohnomani yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi guvohnomani bildiradi, talabnoma raqamidagi sonlar talabnoma topshirilgan yilni (katta razryaddagi toʻrtta son) va shu yilda kelib tushgan talabnomalar seriyasidagi tartib raqamini bildiradi (kichik razryadli toʻrtta son). Har bir yil seriyasidagi tartib raqam 1 (bir)dan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Roʻyxatga olingan talabnoma qaytarilmaydi.
66. Agentlikka kelib tushgandan boshlab chop etilgunga qadar talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
16-§. Rasmiy ekspertiza
67. Qonunning 14-moddasi birinchi qismiga muvofiq rasmiy ekspertizaning oʻtkazilish muddati talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanadan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilganda, bu muddat mos ravishda uzaytiriladi.
68. Qonunning 14-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq rasmiy espertizani oʻtkazish mobaynida talabnoma materiallarining tarkibi, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Ushbu tekshirish natijalari boʻyicha talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.
69. Rasmiy ekspertizani oʻtkazishda taqdim etilgan materiallar ichida quyidagi hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi:
a) tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berishga ariza yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga ariza;
b) talabnoma beruvchining (beruvchilarning) nomi yoki ismi, manzilining (manzillarining) koʻrsatilganligi;
v) patent vakilining, agar u boʻlsa, ismi va manzili;
g) talabnomada roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan belgi;
d) tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning turi, bunda tovar ishlab chiqarilayotgan joy (joʻgʻrofiy obyektning chegaralari) koʻrsatiladi;
e) tovarning alohida xususiyatlarining tavsifi;
j) talabnoma topshirish va talabnoma berilgan belgining ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
z) patent vakiliga berilgan ishonchnoma;
i) vakolatli idoraning (idoralarning) talabnoma beruvchi koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashganligi va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi haqidagi xulosasi (xulosalari);
k) xorijiy talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda uning tomonidan talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat;
l) boshqa tilda topshirilgan materiallarning talabnomaga ilova qilingan oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi.
70. Rasmiy ekspertizani oʻtkazishda ushbu Qoidalarning 69-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar va hujjatlarning mavjudligi va ushbu bandning a), b), g), d), e) kichik bandlarida sanab oʻtilgan hujjatlarning ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
71. Talabnoma topshirilgan sana ushbu Qoidalarning 69-bandi a), b), g), d), e) kichik bandlarida sanab oʻtilgan hujjatlar va maʼlumotlar kelib tushgan sana yoki, agar hujjatlarning hammasi bir vaqtda taqdim etilmagan boʻlsa, oxirgi hujjat kelib tushgan sana boʻyicha belgilanadi.
72. Boshqa tilda topshirilgan talabnoma hujjatlarining oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi (ushbu Qoidalarning 69-bandi “l” kichik bandi) taqdim etilmagunga qadar, hujjatlar topshirilmagan deb hisoblanadi.
73. Agar rasmiy ekspertiza oʻtkazish jarayonida talabnoma xujjatlari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga Qonunning 13-moddasi uchinchi qismiga muvofiq aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan soʻrovnoma yuboriladi va unda talabnoma beruvchiga soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan maʼlumotlar va/yoki hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi.
74. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda soʻralgan barcha maʼlumotlar va/yoki hujjatlar boʻlmasa, unga qayta soʻrovnoma yuborilishi mumkin.
Rasmiy ekspertiza soʻroviga javob olinmagan, javob berish uchun belgilangan muddat buzilgan va bu muddat ichida uni uzaytirish haqidagi iltimosnoma taqdim etilmagan boʻlsa, talabnoma beruvchiga talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror yuboriladi.
75. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan, shuningdek soʻralgan maʼlumotlar talabnoma beruvchi tomonidan oʻz vaqtida taqdim etilgan holda, talabnoma topshirilgan sana belgilanadi va talabnoma beruvchiga ushbu sanadan eʼtiboran talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror yuboriladi.
Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilinganligi haqidagi qarorda talabnoma beruvchi Qonun va ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan boshqa maʼlumotlar va/yoki hujjatlarni taqdim etish zarurligi haqida xabardor qilinishi mumkin.
76. Agar ekspertizaning soʻrovnomasiga talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda soʻralgan maʼlumotlar va/yoki hujjatlar boʻlmasa, talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
77. Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda bunday qarorni qabul qilish uchun asoslar koʻrsatiladi.
17-§. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi
78. Qonunning 15-moddasiga muvofiq talabnoma berilgan belgining ekspertizasi jarayonida ushbu belgining Qonunning 6-,11-moddalarida belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi natijalari boʻyicha tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisidagi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yoxud roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki undan foydalanish huquqini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
79. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi koʻrib chiqishga qabul qilingan talabnomalar boʻyicha rasmiy ekspertiza tugagandan soʻng amalga oshiriladi.
80. Talabnoma berilgan belgi ekspertizasini oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
a) talabnomaning oʻzi va unga ilova qilingan hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirish tartibi ushbu Qoidalarning 5 — 31-bandlarida talabnoma materiallariga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi, tekshiruvi rasmiy ekspertiza davomida amalga oshiriladigan talabnoma materiallari bundan mustasno (ushbu Qoidalarning 70 — 73-bandlari);
b) talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-, 11-moddalarida unga nisbatan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi;
v) talabnoma beruvchining koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va boshqa omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi haqidagi vakolatli idoraning (vakolatli idoralarning) xulosasi (xulosalari)ning mavjudligi va mazmuni;
g) agar talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilishi soʻralayotgan tovarga xos alohida xususiyatlar tavsifining Reestrdagi maʼlumotlarga muvofiqligi.
81. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlashda quyidagilar tekshiriladi:
a) talabnoma berilgan belgining, ushbu Qoidalar 5-bandining mazmuni eʼtiborga olingan holda, joʻgʻrofiy obyektning zamonaviy rasmiy nomiga yoki tarixiy nomiga muvofiqligi;
b) nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnomada keltirilayotgan joʻgʻrofiy obyekt chegaralari talabnomada koʻrsatilgan aynan oʻsha erda joylashganligini tasdiqlaydigan maʼlumotlarning mavjudligi;
v) joʻgʻrofiy obyekt nomining talabnoma topshirilgan sanada ushbu joʻgʻrofiy obyektning tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari bilan belgilangan alohida xususiyatlarga ega boʻlgan tovarni aniqlashtirish uchun qoʻllanadigan belgi sifatida mavjudligi;
g) agar joʻgʻrofiy obyektning nomi avval tovarni individuallashtirish uchun qoʻllangan boʻlsa-yu, ammo talabnoma topshirilgan vaqtga kelib tovarning haqiqatdan ham kelib chiqqan joyi va alohida xususiyatlarini koʻrsatuvchi dastlabki qobiliyatini yoʻqotgan boʻlsa, bu holda u Oʻzbekistonda tayyorlanish joyi bilan bogʻliq boʻlmagan maʼlum turdagi (tur tushunchasi) tovarning belgisi sifatida umumisteʼmolga kirgan belgi deb hisoblanadi;
d) belgilanishi uchun roʻyxatdan oʻtkazilishi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning koʻrsatilganligi, bunda u ishlab chiqarilgan joy (joʻgʻrofiy obyektning chegaralari) koʻrsatiladi;
e) tovarning alohida xususiyatlari tavsifining mavjudligi va ularning vakolatli idora xulosasiga muvofiqligi.
82. Vakolatli idora xulosasining mazmuni tekshirilayotganda, quyidagilarni tasdiqlaydigan maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanadi:
a) talabnoma beruvchining nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilayotgan joyda ekanligi;
b) talabnomada koʻrsatilgan tovarning talabnoma beruvchi tomonidan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilgan joy hududida ishlab chiqarilganligi;
v) talabnoma beruvchi tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarda talabnomada koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektning tamomila yoki asosan tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillar tufayli ega boʻlgan alohida xususiyatlarining mavjudligi;
83. Tovarning alohida xususiyatlarining tavsifi vakolatli idoraning xulosasiga muvofiq boʻlishi va ushbu xulosa talabnomaga Qonunning 9-moddasi uchinchi qismida koʻzda tutilgan holda talabnomaga ilova qilingan boʻlishi lozim.
84. Talabnoma materiallari Qonunda oʻrnatilgan talablarga mos kelmagan hollarda, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan soʻrovnoma yuboriladi va soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida yetishmagan yoki tuzatilgan maʼlumotlarni va/yoki hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi.
85. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagi holatlar asos boʻlishi mumkin:
a) talabnoma berilgan belgini aniqlash zaruriyati;
b) ushbu Qoidalarning 7-, 21-, va 22-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish zaruriyati;
v) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqi yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovar turini aniqlash zaruriyati;
g) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqi yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning ishlab chiqarilayotgan joyini aniqlash zaruriyati;
d) talabnomada koʻrsatilgan tovarning alohida xususiyatlarining tavsifini aniqlash zaruriyati;
e) vakolatli idoraning bayonotiga kirgan va ushbu Qoidalarning 80-bandi v) kichik bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarga, xususan tovarda alohida xususiyatlar mavjudligini, ularning talabnomada koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga mustahkam bogʻliqligini tasdiqlaydigan maʼlumotlarga aniqlik kiritish zaruriyati.
86. Yuqorida koʻrsatilgan asoslarga koʻra talabnoma beruvchiga yuborilayotgan soʻrovnomaga, shuningdek, talabnomani koʻrib chiqishda paydo boʻladigan boshqa turdagi savollar, kamchilik va takliflar ham kiritilishi mumkin.
Soʻrovnomada biron-bir savol boʻyicha keltiriladigan ekspertizaning fikri Qonunning va ushbu Qoidalarning nizomlariga iqtiboslar bilan asoslangan boʻlishi lozim.
87. Ekspertiza soʻrovnomasi boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar ushbu Qoidalarning 94 — 97-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
88. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarning 12-paragrafida koʻrsatilgan shartlarga rioya qilgan holda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
Oʻtkazib yuborilgan muddat Agentlik tomonidan tiklansa, bu holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
89. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi bilan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi aniqlangan holda, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi qaror qabul qilinadi.
90. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi bilan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi aniqlangan boʻlsa, uning Reestrda roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi qayd mavjud boʻlgan holda, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi qaror qabul qilinadi.
91. Agar Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga muvofiq oʻtkazilgan ekspertiza natijasida talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida koʻzda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan boʻlsa, bu holda tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.
92. Agar Qonunning 13-moddasi birinchi qismiga muvofiq oʻtkazilgan ekspertiza natijasida talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi va 6-moddasining toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan boʻlsa, uning Reestrda roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi qayd mavjud boʻlgan holda, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.
93. Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qarorda ushbu qarorni qabul qilishga asos boʻlgan sabablar keltiriladi.
18-§. Qoʻshimcha materiallarni tekshirish
94. Agentlikning soʻrovnomasi boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha material kelib tushgan holda, ularni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarga rioya qilinganligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan materiallar Qonunning 13-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy davomida taqdim etilishi lozim.
95. Talabnoma beruvchi tomonidan oʻz tashabbusiga koʻra yoki Agentlikning soʻrovnomasi boʻyicha taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar kelib tushgan va koʻrib chiqishga qabul qilingan holda, ular talabnoma mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
96. Qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi, agar ularda, jumladan:
a) vakolatli idoraning xulosasiga koʻra ushbu tovar ega boʻlmagan xususiyatlar koʻrsatilgan boʻlsa;
b) agar talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi uchun moʻljallangan tovarning nomini oʻz ichiga olgan hollarda, boshqa tovar (tovarlar) koʻrsatilgan boʻlsa;
v) talabnoma berilgan belgi oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan boʻlsa;
g) tovarlar roʻyxati kengaytirilgan boʻlsa.
97. Qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilsa, bu holda talabnoma beruvchiga ekspertizaning shunday xulosa chiqarishi uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan qaysi maʼlumotlar asos boʻlganligi xabar qilinadi. Boshqa maʼlumotlar ekspertiza oʻtkazishda hisobga olinadi.
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
1-ILOVA

Kelib tushgan sana

Kirish raqami

Davlat roʻyxatiga olish raqami

Oʻzbekiston Respublikasida tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun

TALABNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi

Intellektual mulk agentligiga,

100000, Toshkent shahri,

Mustaqillik shoh koʻchasi, 59.

Tel.: (99871) 232-00-13.

Faks: (99871) 233-45-56.
E-mail: info@ima.uz

ARIZA
‎Talabnomani va quyida keltirilgan hujjatlarni taqdim etar ekanman, talabnomada koʻrsatilgan belgini tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatga olishingizni va undan foydalanish huquqini berishingizni soʻrayman.‎‎

Talabnoma beruvchi

‎‎(yuridik shaxsning ustav (nizom)ga muvofiq toʻliq nomi va jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi)

Talabnoma beruvchining pochta manzili

Telefon:_______Faks:_________E-mail:‎‎‎

Tashkilotning KTUT boʻyicha kodi (agar u belgilangan boʻlsa)
‎BIMTning ST3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa)
‎‎‎Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

‎Telefon:___________ Faks:______________ E-mail:‎
Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi)
‎‎
‎Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

‎Telefon: ___________Faks:_______________ E-mail :
‎Talabnoma berilayotgan belgi (bosh harflar bilan yoziladi)

Tovarning turi yoki muayyan tovar



Tovarning asosiy xususiyatlarining tavsifi



Ishlab chiqarilgan joyi (joʻgʻrofiy obyektning chegaralari koʻrsatilgan holda)


Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati

1 nusxadagi varaqlar soni

Nusxalar soni

‎‎ belgilangan miqdordagi boj toʻlanganligi haqidagi hujjat
‎‎‎‎ vakolatli idoraning xulosasi
 ‏talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning oʻzbek yoki rus tillariga tarjimasi
 patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma
‎ ‎‎boshqa hujjat

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Imzo



Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi; imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaxs nomidan qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)
Keyingi tahrirga qarang.
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
2-ILOVA

Hujjatlar kelib tushgan sana

Kirish raqami

Davlat roʻyxatiga olish
‎raqami

Oʻzbekiston Respublikasida avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun

‎‎TALABNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Intellektual mulk agentligiga,
‎100000, Toshkent shahri,
‎Mustaqillik shoh koʻchasi, 59.
‎Tel.: (99871) 232-00-13.
‎Faks: (99871) 233-45-56.
‎E-mail: info@ima.uz

ARIZA ‎
‎Talabnomani va quyida keltirilgan hujjatlarni taqdim etar ekanman, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishingizni soʻrayman.

Talabnoma beruvchi

‎(yuridik shaxsning ustav (nizom)ga muvofiq toʻliq nomi va jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi)

‎‎Talabnoma beruvchining pochta manzili


Telefon:________Faks:_______E-mail:‎‎‎







‎Tashkilotning KTUT boʻyicha kodi (agar u belgilangan boʻlsa)
‎BIMTning ST3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa)

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

‎Telefon: _________________________ Faks:__________________________ E-mail:‎
Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi)
‎Patent vakilining manzili (toʻliq pochat manzili)

‎Telefon: ___________Faks:_______________ E-mail :
‎‎Talabnoma berilayotgan belgi (bosh harflar bilan yoziladi)

Tovarning turi yoki muayyan tovar


Tovarning asosiy xususiyatlarining tavsifi



Ishlab chiqarilgan joyi (joʻgʻrofiy obyekt chegaralari koʻrsatilgan holda)




Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati

1 nusxadagi varaqlar soni

Nusxalar soni

‎‎ belgilangan miqdordagi boj toʻlanganligi haqidagi hujjat
‎ vakolatli idoraning xulosasi
‎ talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning oʻzbek yoki rus tillariga tarjimasi
‎ patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma
‎ boshqa hujjat‎
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

Imzo



Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi; imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaxs nomidan qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)

Keyingi tahrirga qarang.
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
3-ILOVA

OʻzR IMAga kelib tushgan sana va kirish raqami

Kirish raqami
‎(OʻzR IMA tomonidan toʻldiriladi) ‏

Talabnoma beruvchining nomlanishi va yoki manziliga oʻzgartirish(lar) kiritish toʻgʻrisidagi

‎‎ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Intellektual mulk agentligiga,
‎100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59. Tel.: (99871) 232-00-13.
‎Faks: (99871) 233-45-56.
‎E-mail: info@ima.uz

Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma materiallarida talabnoma beruvchining nomi va (yoki) manziliga oʻzgartirish(lar) kiritishingizni soʻrayman.

Talabnoma raqami ‎‎

Talabnoma topshirilgan sana

‎‎
Talabnoma beruvchi
‎Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyxat raqami)‎
‎Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

‎Telefon: ______________________Faks:______________________ E-mail:
Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)


‎Telefon: ______________________Faks:_______________________ E-mail:
Oʻzgartirish(lar).
Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:‎
Oʻzgartirilgan holdagi maʼlumotlar:
‎davomi alohida varaqda

‎Arizaga ilova qilinayotgan hujjat(lar):
‎ belgilangan miqdordagi boj toʻlanganligi haqidagi hujjat
‎ davom ettirish varaqlar
‎ boshqa hujjatlar (koʻrsatiladi)

Nusxalar soni

Saxifalar soni

Keyingi tahrirga qarang.
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
4-ILOVA

OʻzR IMAga kelib tushgan sana va kirish raqami

Kirish raqami
‎(OʻzR IMA tomonidan toʻldiriladi)

Xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi

‎ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Intellektual mulk agentligiga,
‎100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59.
‎Tel.: (71) 232-00-13, ‎Faks: (71) 233-45-56.
‎E-mail: info@ima.uz

Ushbu arizamni taqdim etar ekanman, talabnoma materiallarida uchraydigan xato(lar)ga tuzatish(lar) kiritishingizni soʻrayman
Talabnoma raqami ‎‎
Talabnoma topshirilgan sana ‎‎
Talabnoma beruvchi

Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyxat raqami)

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)


‎Telefon: ______________________Faks:______________________ E-mail:
Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)


‎Telefon: ______________________Faks:_______________________ E-mail:
Xato(lar) va tuzatish(lar)
Tuzatish kerak boʻlgan maʼlumotlar:‎
Tuzatilgan holdagi maʼlumotlar:‎
Alohida varaqdagi ilovaga qarang
‎Arizaga ilova(lar):
‎ davom ettirish uchun varaqlar
‎ boshqa hujjatlar (koʻrsatiladi)

Nusxalar soni

Varaqlar soni

Imzo

Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi; imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaxs nomidan qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)

Keyingi tahrirga qarang.