Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
HARBIY VA MUQOBIL XIZMATNING BELGILANGAN MUDDATLARINI OʻTAB BOʻLGAN ShAXSLARNI QUROLLI KUChLAR, ChEGARA VA IChKI QOʻShINLAR SAFLARIDAN ZAXIRAGA BOʻShATISh VA FUQAROLARNI MUDDATLI HARBIY VA MUQOBIL XIZMATGA NAVBATDAGI ChAQIRISh TOʻGʻRISIDA
1. Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, chegara va ichki qoʻshinlari sarflaridan zaxiraga boʻshatilsin.
2. 1967—1976-yillarda tugʻilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 1994-yilning oktyabr-noyabr oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga chaqiriluvchilarning harbiy xizmatga olinmagan resurslarini hokimiyatlar, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va tashkilotlar buyurtmanomalari boʻyicha, chaqiriluvchining yashash joyidan qatʼi nazar, mehnat resurslari cheklangan joylarda, shuningdek, qurilish, transport, aloqa, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, kommunal va qishloq xoʻjaligi obyektlarida foydalanish maqsadida muqobil xizmatni oʻtash uchun yoʻllashga ruxsat etilsin.