Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Tolimarjon GRESining 800 ming kVt quvvatlik energoblokida bajarilgan montaj ishlari uchun “Mosenergomontaj” tresti “Energomontaj” aksionerlik jamiyatining ixtisoslashgan tashkilotlariga qarzlarni toʻlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Energetika va elektrlashtirish vazirligi vazirlikka ajratilgan 20 ming tonna paxta lintini “Xeylunszyankoopvneshtorg” firmasiga va 100 ming tonna neftni Rossiya Federatsiyasiga sotishdan olingan valyuta tushumining 30 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotishdan ozod qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi paxta lintini va neftni sotishdan olingan valyuta tushumi Tolimarjon GRESidagi bajarilgan montaj ishlari uchun “Energomontaj” aksionerlik jamiyatiga qarzlarini toʻlashga maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.