Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasining oʻzbekistonlik qatnashchilari oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasining Oʻzbekiston tomonidan taʼsischisi boʻlib davlat, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi timsolida hisoblanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga Oʻzbekiston tomoni nomidan zarur taʼsis hujjatlarini imzolash, shuningdek, qoʻshma korxona xoʻjalik faoliyatini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash vakolati berilsin.
3. Qoʻshma korxona faoliyatidan olingan Oʻzbekiston tomoniga tegishli 50 foiz miqdoridagi dividendlar quyidagi tartibda taqsimlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (respublika budjetining tegishli hisob raqamiga) — 32,5 foiz;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga — 14 foiz;
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga — 3,5 foiz.
Qoʻshma korxonaning Oʻzbekiston tomoni qatnashchilari oʻrtasidagi boshqa oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasida tuzilgan bitimlar bilan tartibga solinadi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S.Hamidov va Y.F.Paygin zimmasiga yuklansin.