Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Iqtisodiy islohotlarning borishini muntazam va malakali yoritish, xoʻjalik yuritishning bozor prinsiplarini joriy etish, kuchli ijtimoiy siyosatni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Pravda Vostoka” gazetasi tahririyatining gazetani Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy gazetasiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin va uning muassisi etib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilansin.
Shu yilning oktyabr oyidan boshlab har haftada “Pravda Vostoka” gazetasining besh soni chiqarilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-yilning IV choragidan boshlab “Pravda Vostoka” gazetasining oʻz daromadlari hisobiga taʼminlanmagan xarajatlarini qoplashga mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.