toggle_night_mode
Hujjat 22.08.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasiga muvofiq texnik reglamentlarda belgilangan talablarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qarorga ilovaning 1 va 2-bandlari qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-fevral,
66-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi 451-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglamentda:
a) quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Mazkur Texnik reglamentga 11-ilovaga muvofiq Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan bolalar oʻyinchoqlarining roʻyxatida keltirilgan bolalar oʻyinchoqlari Texnik reglamentni tartibga solish obyektlari hisoblanadi”;
b) 3-band quyidagi mazmundagi yigirma, yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
magnitli oʻyinchoq — oʻz tuzilishida bir yoki undan ortiq magnit va (yoki) magnit elementlariga ega boʻlgan oʻyinchoq;
oʻyinchoqning magnit elementi — oʻyinchoqning bir qismi boʻlib, unda oʻrnatilgan magnit toʻliq yoki qisman joylashtirilgan magnitni oʻz ichiga olgan qismidir;
funksional magnit — magnit, motorlar, relelar, dinamiklar va boshqa elektr yoki elektron qismlar uchun moʻljallangan magnit (agar magnit xususiyatlari oʻyin xususiyatlariga taalluqli boʻlmasa)”;
v) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Uchuvchi oʻyinchoqlar uchun shnurlar metall boʻlmagan materialdan tayyorlanishi va dielektrik xususiyatlarga ega boʻlishi kerak”;
g) quyidagi mazmundagi 61-paragraf bilan toʻldirilsin:
“61-§. Magnit xususiyatlari
181. Oʻyinchoqlardagi magnit elementlarining hisoblangan magnit oqimi koʻrsatkichi 0,5 Tl2 mm2 dan oshmasligi hamda nafas yoʻllariga tushmasligi va yutilmasligi kerak”;
d) 30-banddagi “kauchukdan, karton va qogʻozdan” soʻzlari “junli yoki tukli materiallardan (kauchuk, karton va qogʻoz)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 39-banddagi “Yogʻochdan” soʻzi “Yogʻochli oʻyinchoqlar, qogʻoz va kartondan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) quyidagi mazmundagi 541-band bilan toʻldirilsin:
“541. Osma belanchaklar chidamli boʻlishi kerak, uch yoshgacha boʻlgan bolalar uchun belanchak oʻrindiqlari bolaning yiqilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun moʻljallangan boʻlishi kerak”;
z) 4-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4-bob. Bolalar oʻyinchoqlari muvofiqligini baholash”;
i) 68-bandning beshinchi xatboshisidagi, “a” kichik bandning toʻqqizinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilaridagi, “b” kichik bandning oʻninchi xatboshisidagi, 69-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “partiya” soʻzi tegishli kelishikdagi “toʻpi” soʻzi bilan almashtirilsin;
k) 68-bandning “a” kichik bandi oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi, 69-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “5” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
l) 1, 2, 3-ilovalarning ilova belgisidagi “umumiy” soʻzi “Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) quyidagi mazmundagi 11-ilova bilan toʻldirilsin:
“Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
11-ILOVA
Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan bolalar oʻyinchoqlarining
ROʻYXATI

T/r

Mahsulotlar turi nomi

TIF TN kodi

Bolalar oʻyinchoqlarining nomi

1.

Bolalar uchun plastilin

3407 00 000 0

2.

Bolalar toʻplari

9503 00 990 9

3.

Bayramlar, karnavallar yoki boshqa koʻngilochar mahsulotlar, jumladan, fokuslar va hazil-huzul koʻrsatish uchun buyumlar

9505 10 100 0,

9505 10 900 0,

9505 90 000 0

4.

Uch gʻildirakli velosipedlar, samokatlar, pedalli avtomobillar va boshqa gʻildirakli oʻyinchoqlar; qoʻgʻirchoqlar uchun aravachalar

9503 00 100 1,

9503 00 100 9

5.

Faqat odamlarni ifodalaydigan qoʻgʻirchoqlar, ularning qismlari va jihozlari

9503 00 210 0,

9503 00 290 0

6.

Elektr poyezdlari (relslari bilan), svetoforlar va ularning boshqa jihozlari; modellarni kichraytirilgan oʻlchamda yigʻish uchun elementlar toʻplamlari

9503 00 300 0

7.

Konstruktorlik toʻplamlari

9503 00 350 0,

9503 00 390 0

8.

Hayvonlar yoki boshqa mavjudotlarni ifodalaydigan oʻyinchoqlar, shuningdek, yumshoq oʻyinchoqlar

9503 00 410 0,

9503 00 490 0

9.

Oʻyinchoq shaklidagi qurilma va ularning musiqaviy asboblari

9503 00 550 0

10.

Boshqotirmalar

9503 00 610 0,

9503 00 690 0

11.

Qadoqlangan toʻplamdagi oʻyinchoqlar

9503 00 700 0

12.

Motorga ega oʻyinchoq va modellar

9503 00 750 0,

9503 00 790 0

13.

Elektron oʻyinchoqlar, koʻngilochar mahsulotlar, stol yoki xona oʻyinlari

9504 90 800 9

14.

Qurol shaklidagi oʻyinchoq

9503 00 810 0

15.

Metalldan quyilgan kichik modellar

9503 00 850 0

16.

Plastmassadan tayyorlangan oʻyinchoq va modellar

9503 00 950 0

17.

Bolalar bino ichida yoki ochiq havoda foydalanadigan oʻyin uchun balandligi koʻpi bilan 120 cm, kengligi koʻpi bilan 185 cm, uzunligi koʻpi bilan 185 cm boʻlgan gazlama va plastmassa yoki metall (quvur yoki prujinali) karkasli chodirlar, hayvonlar, multiplikatsiya personajlari, transport vositalari, geometrik shakllar (masalan, piramida, konus, kub, kesik piramida) koʻrinishida

9503 00 990 1

18.

Bir necha turdagi (kombinatsiya) materiallardan yasalgan va yuqoridagi mezonlarga toʻgʻri kelmaydigan oʻyinchoqlar

9503 00 990 9

19.

Musobaqali oʻyinlar uchun elektron poyga avtomobillari toʻplamlari

9504 90 100 0

;

n) 3-ilova quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
“9. Isteʼmolchi qadogʻida va (yoki) magnit oʻyinchoqlarni ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnomada, elektr yoki elektron oʻyinchoq detallarida funksional magnitlar boʻlgan oʻyinchoqlardan tashqari, quyidagi mazmundagi ogohlantiruvchi yozuv koʻrsatilishi kerak:
Diqqat! Diqqat! Unda boʻsh magnitlar va magnit elementlari mavjud. Faqat kattalarning bevosita nazorati ostida foydalaning. Agar magnit va magnit elementlari yutib yuborilgan boʻlsa, tez tibbiy yordamga murojaat qiling!”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi 887-son qarori bilan tasdiqlangan Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglamentda:
a) 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Gaz uskunalari normal foydalanishda, ularning xavfsizligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan beqarorlik, deformatsiya, sinish, yemirilish yoki biror-bir zararli moddalarning ajralib chiqish holatlari yuzaga kelmaydigan holda loyihalashtirilishi va ishlab chiqarilishi kerak”;
b) 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Gaz uskunalarining yuqori haroratda ishlovchi qismlari bilan qobiq orasida qoʻllaniladigan issiqlik izolyatsiyasi meʼyoriy termik va mexanik kuchlanishlarga bardosh berishi, foydalanishning normal sharoitlarida materialdan biror-bir zararli moddalar ajralib chiqmasligi kerak”;
v) quyidagi mazmundagi 521-band bilan toʻldirilsin:
“521. Isitish qozonlari shunday loyihalashtirilishi kerakki, bunda quvvati 75 kVt dan yuqori isitish qozonlari dudboʻroni orqali yonish mahsulotidan atrof-muhitga ajralib chiqayotgan chiqindilar konsentratsiyasini kamaytirish maqsadida maxsus filtr bilan jihozlangan boʻlishi kerak”;
g) 1-ilovada 7-pozitsiyasining “Mahsulot nomi” ustunidan “(100 kVt gacha)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2025-yil 15-avgustdagi 517-son qarorining 2-bandidagi “olti” soʻzi “oʻn sakkiz” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son)