1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SOTILADIGAN AVTOMOBIL BENZINI ChAKANA NARXLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-oktabrdagi 493-sonli “Aholiga sotiladigan avtomobil benzini chakana narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari narxlarining oshib borayotganligi munosabati bilan hamda ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 5-sentabridan boshlab aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chakana narxi 1 litri uchun 3 soʻm miqdorida belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi belgilaydigan roʻyxatlar boʻyicha urush qatnashchilari va faxriylari, urush va mehnat nogironlariga oyiga belgilangan 50 litr avtobenzinini chakana narxlarning 50 foiz darajasida imtiyozli narxlarda sotish normasi saqlab qolinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi benzinning yangi chakana narxlari preyskurantini tasdiqlasin, uni hamda qayta baholash boʻyicha koʻrsatmalarni barcha manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyuldagi 385-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV