1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
2.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT MULKINI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh, XUSUSIYLAShTIRIShDAN TUShGAN MABLAGʻLARNI HISOBGA OLISh, TAQSIMLASh VA ULARDAN FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh TARTIBINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanish ustidan nazorat qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-iyuldagi 273-f-son farmoyishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika koʻchmas mulk birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 29-apreldagi 228-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan kimoshdi savdosida va tanlovlarda sotiladigan davlat mulkiga haq toʻlash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaning 2, 3, 4 va 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B. S. Hamidov va V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)