1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, innovatsion maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini tashkil etish, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek, bolalarni oʻyinga yoʻnaltirilgan taʼlim asosida milliy gʻurur va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual, maʼnaviy-axloqiy, ijodiy, jismoniy va har tomonlama yetuk shaxs boʻlib rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
(b) taʼlim-tarbiya jarayonini ilgʻor tajribalarga muvofiq innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish;
(v) sohaga xususiy sektorni keng jalb qilishni yanada qoʻllab-quvvatlash va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish uchun qoʻshimcha ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.
II. Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini takomillashtirish
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining:
(a) bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturini majburiy umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi sifatida kiritish;
(b) maktabgacha taʼlim tizimida bolalarni tarbiyalash, rivojlantirish va ularga taʼlim berishni ijobiy munosabatlar orqali amalga oshirish maqsadida oʻyinga asoslangan taʼlimni joriy etish;
(v) maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan va Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini oʻz ichiga olgan “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
(a) bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida toʻliq yoki qisqa muddatli guruhlarda amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
(b) maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlariga bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etishga ruxsat beriladi;
(v) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:
(i) maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim jarayonlari oliy maʼlumotli pedagoglar, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan olib boriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
(ii) maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim-tarbiya olgan bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi hamda ushbu maʼlumotlar umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomada qayd etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2027/2028 oʻquv yiliga qadar bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturi majburiy umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi sifatida kiritilishini inobatga olgan holda uning qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
(a) 2026 — 2028-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan tashkil etiladi;
(b) davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida faoliyat olib boradi hamda ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oʻyinga asoslangan taʼlim va tarbiya jarayonlarini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
(v) rahbar va pedagog xodimlari, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, musiqa rahbarlari, psixolog, tarbiyachi yordamchilarining tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida Davlat budjetidan har oylik qoʻshimcha ustama joriy etiladi. Bunda maʼmuriy-boshqaruv va pedagog xodimlar lavozimiga qabul qilish oliy maʼlumotli, yuqori salohiyatli nomzodlar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi;
(g) Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlarida:
(i) bolalarning yoshi va rivojlanish bosqichlariga mos ravishda ijod va sanʼat, fan va matematika, jismoniy faollik va sarguzasht, til va tasavvur hamda robototexnika va ilk algoritmlash yoʻnalishlarida tematik oʻyingohlar tashkil etiladi;
(ii) simulyatsion vaziyatlar orqali bolalarda kasblarga qiziqish uygʻotish, ekologik madaniyatni shakllantirish kabi yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim-tarbiya jarayoni amalga oshiriladi;
(iii) sohaviy oliygoh, malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda ilgʻor pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish yuzasidan tadqiqotlar olib boriladi, ularning natijalarini pedagoglar va ota-onalar oʻrtasida ommalashtirish boʻyicha choralar koʻriladi.
6. Belgilansinki, “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotiga qoʻshimcha ravishda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi lavozimlar kiritiladi:
(a) har bir “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotiga 1 ta shtat birligidan Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha direktor oʻrinbosari;
(b) har bir tematik oʻyingoh uchun 1 ta shtat birligidan iborat tarbiyachi-yoʻriqchi.
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda 2026-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni ishlab chiqsin:
(a) 120 oʻringa moʻljallangan “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotining namunaviy loyihalarini;
(b) maktabgacha taʼlim tashkiloti va umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti bir hududda joylashishini nazarda tutuvchi namunaviy loyihani.
8. Belgilansinki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(a) pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha va boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlarni tayyorlash xalqaro ilgʻor tajribalarga mos ravishda takomillashtirilgan taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
(b) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun tegishli oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim shaklida (bir kun pedagogika oliy taʼlim tashkilotida, besh kun maktabgacha taʼlim tashkilotida) maktabgacha taʼlim yoʻnalishida toʻlov-shartnoma asosida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Bunda taʼlim jarayonlarini tashkil etishda talabalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi amaliy faoliyatini metodik taʼminlash, muvofiqlashtirish va baholash mexanizmlari joriy etiladi;
(v) yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, birinchi navbatda, oliy maʼlumotli tarbiyachilar ishga qabul qilinadi. Bunda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tarbiyachilar tanlov asosida saralab olinadi.
III. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-apreldan boshlab maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi imtiyozlar joriy etiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
(a) maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining (koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bundan mustasno) boʻsh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida quyidagi qoʻshimcha imtiyoz va shartlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishga ruxsat beriladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
(i) ijara toʻlovlari 30 yil muddat davomida undirilmaydi va ushbu muddat tugagandan soʻng mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti davlat balansiga topshiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
(ii) har bir bola uchun 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatning 50 foizi miqdorida elektron davomat asosida davlat-xususiy sheriklik bitimi amal qilish muddati davomida subsidiya beriladi. Bunda mazkur imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)larda 2024-yildan boshlab tashkil etilayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ham tatbiq etiladi;
(iii) har bir bola uchun 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatning 50 foizi miqdori har yili Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
(b) ushbu tuman (shahar)lardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlaridan boshqa joylarda quvvati 150 oʻrindan kam boʻlmagan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlariga:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.08.00 Banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalari]
(i) 7 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 5 milliard soʻmgacha kredit mablagʻlari maktabgacha taʼlim tashkilotini 18 oygacha boʻlgan muddat ichida qurish sharti bilan beriladi;
(ii) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turini oʻzgartirmaslik sharti bilan yer uchastkalari belgilangan tartibda auksion orqali ajratiladi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har yili 1-aprelga qadar demografik oʻsish, aholi joylashuvi va zichligini inobatga olgan holda maqbul yer uchastkalari roʻyxati eʼlon qilib boriladi;
(iii) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyilgandan soʻng tarbiyachilarga oylik ish haqi toʻlash xarajatlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachilar uchun belgilangan miqdorda uch yil davomida elektron davomat asosida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Bunda har 30 nafar tarbiyalanuvchi uchun bir shtat birligi miqdorida tarbiyachi hisobga olinadi;
(iv) mazkur bandning “b” kichik bandidagiimtiyozlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
(a) maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ushbu roʻyxat har moliyaviy yil uchun yangilab boriladi. Bunda roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan 3 — 7 yoshli bolalarning umumiy soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asoslangan holda shakllantiriladi va ushbu maʼlumotlar haqqoniyligiga mazkur qoʻmita javobgar hisoblanadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.03.00 Xususiy uy-joy fondi / 08.01.03.01 Fuqarolarning mulkidagi uy-joy fondi (yakka tartibdagi uy-joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan va sotib olingan kvartiralar, Uy-joy qurilishi kooperativi va Uy-joy kooperativiga qarashli uylardagi kvartiralar)]
(b) mazkur Farmonning 9-bandi “b” kichik bandi “i” va “iii” xatboshilaridagi imtiyozlar 2026-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha hududlarida quriladigan yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadigan tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;
(v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyat hokimlari mazkur Farmonning 9-bandi “b” kichik bandi “ii” xatboshisining sifatli ijrosini taʼminlashga shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilar yuzasidan Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
(a) maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri hamda viloyatlar markazlari bundan mustasno) maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlaridan boshqa joylarda quvvati 150 oʻrindan kam boʻlmagan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etadigan (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlariga 2030-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliq stavkasini nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti litsenziya olgandan keyin uch yil davomida:
(i) maktabgacha taʼlim qamrovi 70 — 80 foiz oraligʻida boʻlgan tuman (shahar)lardagi tadbirkorlik subyektlariga — 5 foiz etib;
(ii) maktabgacha taʼlim qamrovi 70 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi tadbirkorlik subyektlariga — 1 foiz etib belgilash;
(iii) bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)larda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarining amalda faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun mazkur imtiyozni mos ravishda tatbiq etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
(b) 2026-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha hududlarida quriladigan yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadigan (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlariga 2030-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliq stavkasini nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti litsenziya olgandan keyin uch yil davomida 5 foiz etib belgilash va ushbu imtiyozni faqat koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga nisbatan qoʻllash.
12. Quyidagilar:
(a) Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
(b) 2026 — 2028-yillarda “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
(v) Hududiy pedagogik mahorat markazlari balansidagi sobiq pedagogika kollejlari negizida tashkil etiladigan va qoʻshimcha oʻrin yaratiladigan taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
14. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) 2027-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida:
(i) maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish maqsadida har yili 5 ming oʻrindan kam boʻlmagan qoʻshimcha quvvat yaratish nazarda tutiladi;
(ii) “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini qurish, jihozlash va hududlarini obodonlashtirish ishlari nazarda tutiladi;
(b) mazkur Farmonda belgilangan tadbirlar xarajatlari 2026-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.08.00 Banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalari]
15. Belgilansinki, 2030-yilga qadar maktabgacha taʼlim sohasida qoʻshimcha quvvatlarni yaratish, shu jumladan, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida imtiyozli kredit resurslari va subsidiyalar ajratish uchun budjet mablagʻlari hisobidan 200 million AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi mablagʻlar yoʻnaltiriladi.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2026-yildan boshlab mahalliy budjet mablagʻlari doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yordamchi binolarini (yozgi ayvoncha, oshxona, hojatxona va atrofini oʻrash) qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha har yillik hududiy dastur ishlab chiqib tasdiqlasin hamda ijrosini taʼminlasin.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
17. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar mazkur Farmonda nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritib borsin.
18. Quyidagilar:
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026 — 2030-yillarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratish uchun zarur mablagʻlarni tijorat banklariga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda ajratib borish choralarini koʻrsin;
(b) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu Farmonning 9-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarni taqdim etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
20. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova belgilansin.
22. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-fevral,
PF-19-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga 1-ILOVA
Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI
T/r
Chora-tadbir nomi
Amalga oshirish
mexanizmi
Ijro muddati
Moliyalashtirish
manbalari
Masʼul ijrochilar
I. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida
taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish hamda qonunchilikni
takomillashtirish
1.
Maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishi va taʼlimiga oid talablarni takomillashtirish.
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi va taʼlimiga oid
talablarni amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida qayta koʻrib chiqish.
2026-yil aprel
-
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
2. Maktabgacha taʼlimning oʻquv dasturi tarkibiga takomillashtirilgan talablarni kiritib,
qayta tasdiqlash.
2026-yil iyun
2.
“Ilk qadam” oʻquv dasturini
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida keng joriy etish.
1.
Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda “Ilk qadam” oʻquv dasturini joriy
etish boʻyicha mentor-trenerlarni tayyorlash.
Bunda
maktabgacha taʼlim tashkilotlari va hududiy Pedagogik mahorat markazlarining
malakali pedagoglari jalb qilish.
2026-yil aprel
-
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
2.
“Ilk qadam” oʻquv dasturini maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari
tomonidan amaliyotga joriy etish boʻyicha kaskad usulida treninglar tashkil etish.
2026-yil may — avgust
3.
3 yoshgacha boʻlgan bolalarni
rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.
1. Bolalarning ilk yoshidan jismoniy, aqliy, hissiy va ijtimoiy rivojlanishini taʼminlash maqsadida 3 yoshgacha
boʻlgan bolalarni rivojlantirish dasturi loyihasini ishlab chiqish.
2027-yil mart
-
Sogʻliqni saqlash
vazirligi
(A. Xudayarov),
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Ijtimoiy himoya milliy
agentligi
(M. Olloyorov)
2. 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni rivojlantirish dasturini tajriba-sinovdan oʻtkazish.
2027-yil sentabr
3. 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni rivojlantirish dasturini tasdiqlash.
2027-yil dekabr
4.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari
va ota-onalar oʻrtasida samarali hamkorlik oʻrnatish, bolalarni zararli
taʼsirlardan himoya qilish va ularni tarbiyalashda ota-onalarga psixologik va
uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida “Onalar maktabi” loyihasini amalga oshirish.
1.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ota-onalar oʻrtasida samarali hamkorlik
oʻrnatish, bolalar tarbiyasida ota-onalarga psixologik va uslubiy yordam koʻrsatish
maqsadida “Onalar maktabi” loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish va
tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
(a)
bolaning rivojlanishiga qaratilgan muhit yaratish boʻyicha maktabgacha taʼlim
tashkilotlari va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
(b)
ota-onalar uchun bola tarbiyasida muhim boʻlgan ilmiy asoslangan maʼlumotlarni
vizual va qisqa videokontent koʻrinishida yaratish.
2026-yil may
Ijrochilarning oʻz
mablagʻlari
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Sogʻliqni saqlash
vazirligi
(A. Xudayarov)
2. “Onalar maktabi” loyihasi doirasida yaratilgan kontentlarni keng jamoatchilikka yetkazib borish.
2026-yil iyundan
boshlab
3.
Maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy taʼlim tashkilotlarida psixologik
qoʻllab-quvvatlashni samarali tashkil etish, pedagoglar hamda ota-onalarga
tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutini
tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va
belgilangan tartibda kiritish.
2026-yil iyul
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Oliy taʼlim, fan va
innovatsiyalar vazirligi
(K. Sharipov),
Iqtisodiyot va moliya
vazirligi
(O. Fozilkarimov)
5.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻyinga
asoslangan taʼlim jarayonini joriy etish boʻyicha “Bola, oʻyin va pedagog” loyihasini amalga oshirish.
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻyinga
asoslangan taʼlimni joriy etish boʻyicha yangi metodikani davlat maktabgacha
taʼlim tashkilotlarida tajriba-sinovdan oʻtkazish.
2026-yil aprel
Belgilangan tartibda
jalb qilingan xalqaro tashkilotlar mablagʻlari
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻyinga
asoslangan taʼlimni joriy etish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish va
tasdiqlash.
2026-yil avgust
3.
“Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari oʻquv-reja
dasturlariga oʻyinga asoslangan taʼlim faoliyatini tashkil etish boʻyicha mavzular
kiritish.
2026/2027 oʻquv yili
6.
Maktabga tayyorlov bosqichini
umumiy oʻrta taʼlim tarkibiga kiritish yuzasidan qonunlarga oʻzgartirish va
qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
1.
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Maktabgacha taʼlim va
tarbiya toʻgʻrisida”gi qonunlariga maktabga tayyorlov bosqichini umumiy oʻrta
taʼlim tarkibiga kiritish boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi
qonun loyihasini ishlab chiqish.
2026-yil mart
-
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Adliya vazirligi
(A. Tashkulov),
Iqtisodiyot va moliya
vazirligi
(O. Fozilkarimov)
2.
Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish va Vazirlar Mahkamasiga
kiritish.
2026-yil aprel
II. Pedagog kadrlar salohiyatini
oshirish
7.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari
psixologlari uchun pedagog xodimlarning kasbiy motivatsiya darajasini oshirish
hamda emotsional holatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan treninglar tashkil
etish.
1.
Pedagog xodimlarning kasbiy motivatsiya darajasini oshirish va emotsional holatini qoʻllab-quvvatlashga
qaratilgan treninglarni oʻtkazish reja-jadvali va dasturini tasdiqlash.
2026-yil mart
-
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova)
2.
Pedagog xodimlar kasbiy motivatsiya darajasini oshirish va emotsional holatini qoʻllab-quvvatlashga
qaratilgan treninglarni har bir hududda bosqichma-bosqich oʻtkazish.
Reja-jadval asosida
har yili
3.
Pedagog xodimlarning emotsional barqarorligini taʼminlash uchun videomahsulotlar (podkast va boshqalar) tayyorlash.
2026-yil davomida
8.
Oilaviy nodavlat maktabgacha
taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida “Yilning eng namunali tarbiyachisi”
tanlovini tashkil etish.
1.
Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil aprel
Ijrochilarning oʻz
mablagʻlari
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2.
Tasdiqlangan nizom asosida tanlovni oʻtkazish.
Belgilangan muddatda
9.
Maktabgacha
taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xalqaro tajribalarga mos ravishda bakalavrlar tayyorlash
tizimini joriy etish.
1. Maktabgacha taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni
nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:
(a)
maktabgacha taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligining taʼlim dasturlarini xalqaro
tajribalar asosida takomillashtirish. Bunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari
tarbiyalanuvchilarida zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirish bilan birga jismoniy
tarbiya boʻyicha mashgʻulotlar olib borish hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kabi
zarur bilim va koʻnikmalarni egallagan pedagoglarni tayyorlashni nazarda tutish;
(b)
maktabgacha taʼlim yoʻnalishida davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim
tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun
dual taʼlim shaklida (bir kun pedagogika oliy taʼlim tashkilotida, besh kun
maktabgacha taʼlim tashkilotida) toʻlov-shartnoma asosida maktabgacha taʼlim
yoʻnalishida bakalavrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
(v)
dual taʼlim shaklida (bir kun pedagogika oliy taʼlim tashkilotida, besh kun
maktabgacha taʼlim tashkilotida) taʼlim jarayonlarini tashkil etishda
talabalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi amaliy faoliyatini metodik
taʼminlash, muvofiqlashtirish va baholash mexanizmlarini joriy etish.
2026-yil aprel
-
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Adliya vazirligi
(A. Tashkulov),
Oliy taʼlim, fan va
innovatsiyalar vazirligi
(K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(O. Fozilkarimov)
2.
Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xalqaro tajribalarga mos ravishda
bakalavrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.
2026/2027 oʻquv
yilidan boshlab
10.
Nodavlat
maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy rivojlanishi uchun
sharoitlar yaratish.
1. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy
rivojlanishini taʼminlashga qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida “Tarbiyachi”
taʼlimni boshqarish platformasini (LMS) yaratish.
2026-yil dekabr
-
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Raqamli texnologiyalar
vazirligi
(Sh. Shermatov)
2.
Zamonaviy pedagogik metodikalar, innovatsion taʼlim texnologiyalariga oid
videodarslar, uslubiy qoʻllanmalar, testlar hamda interfaol mashgʻulotlarni
ishlab chiqish va ularni “Tarbiyachi” LMS platformasiga joylashtirish.
2027-yil mart
III. Maktabgacha taʼlim
tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish
11.
Ota-onalar
va maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻrtasida raqamli axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.
1.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xodimlar va
tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritishga moʻljallangan mobil dasturni
barcha davlat bogʻchalarida amaliyotga joriy etish.
2026-yil aprel
-
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Raqamli texnologiyalar
vazirligi
(Sh. Shermatov)
2. Xodimlarning ish vaqti tabelini elektron shaklda hisoblash,
tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida hisoblash
jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.
2026-yil may
3.
Ota-onalar badal toʻlovlarini nazorat qilish va monitoringini yuritish, shuningdek, ularning taʼlim
jarayoni, sogʻligʻi, ovqatlanishi va kunlik mashgʻulotlari toʻgʻrisida maʼlumot
taqdim etish imkonini beruvchi mobil ilova texnik topshirigʻini ishlab chiqish va
ekspertizadan oʻtkazish.
2026-yil avgust
4. Texnik topshiriq asosida belgilangan tartibda mobil ilova yaratish
va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida amaliyotga joriy etish, shuningdek,
bosqichma-bosqich barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mobil ilovadan
foydalanishni yoʻlga qoʻyish.
2026-yil dekabrdan
boshlab
12.
Davlat
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi
miqdorlarini qayta koʻrib chiqish.
Davlat
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi
miqdorlarini qayta koʻrib chiqqan holda tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini
Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda ota-onalar toʻlovi bazaviy hisoblash miqdoriga bogʻlangan holda belgilanishini
nazarda tutish.
2026-yil aprel
-
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
(E. Karimova),
Iqtisodiyot va moliya
vazirligi
(O. Fozilkarimov)
13.
Aholiga
sifatli maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha qulayliklar
yaratish.
1.
Hududlarda namunaviy loyiha andozasidan kelib chiqib 2026 — 2028-yillarda
qoʻshimcha “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish.
2.
Hududlar va massivlarda yangi koʻp qavatli binolar qurilishida kelgusida ularda
yashovchi oilalar farzandlari uchun mutanosib ravishda har bir xonadon hisobidan
kamida bir nafar bola oʻrni yaratilishini nazarda tutgan holda maktabgacha taʼlim
tashkilotlari barpo etilishini taʼminlash.
2026 — 2028-yillar
davomida
-
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga 2-ILOVA
2026 — 2028-yillarda “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish
DASTURI
T/r
Hudud nomi
Umumiy soni
shundan
2026-yil
2027-yil
2028-yil
Jami
14
2
6
6
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1
1
2.
Andijon viloyati
1
1
3.
Buxoro viloyati
1
1
4.
Jizzax viloyati
1
1
5.
Qashqadaryo viloyati
1
1
6.
Navoiy viloyati
1
1
7.
Namangan viloyati
1
1
8.
Samarqand viloyati
1
1
9.
Surxondaryo viloyati
1
1
10.
Sirdaryo viloyati
1
1
11.
Toshkent viloyati
1
1
12.
Fargʻona viloyati
1
1
13.
Xorazm viloyati
1
1
14.
Toshkent shahri
1
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga 3-ILOVA
Hududiy pedagogik mahorat markazlari balansidagi sobiq pedagogika kollejlari negizida tashkil etiladigan va qoʻshimcha oʻrin yaratiladigan taʼlim tashkilotlari
ROʻYXATI
T/r
Pedagogik mahorat markazlari
Sobiq pedagogika kolleji nomi
Quvvati
Yangi tashkil etilayotgan va qoʻshimcha oʻrin yaratilayotgan taʼlim tashkiloti
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi pedagogik mahorat markazi
Toʻrtkoʻl pedagogika kolleji
720
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
2.
Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi
Asaka pedagogika kolleji
1 200
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
3.
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi
Zomin pedagogika kolleji
540
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi va davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti
4.
Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi
Namangan pedagogika kolleji
1 065
Namangan davlat pedagogika institutiga qoʻshimcha bino
5.
Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi
Toyloq pedagogika kolleji
720
Ixtisoslashtirilgan maktab
6.
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi
Angor pedagogika kolleji
735
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi va davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti
7.
Fargʻona viloyati pedagogik mahorat markazi
Margʻilon pedagogika kolleji
1 250
Fargʻona davlat universitetiga qoʻshimcha bino
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-79-son Farmoniga 3-ilova “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari” blokidan keyin “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari” bloki bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-152-son Farmonining 7-bandida:
(a) birinchi xatboshidagi “tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan” soʻzlari “ehtiyojdan kelib chiqqan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda inklyuziv taʼlim guruhlarini ochish Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi”;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmoniga 15-ilovaning 18-pozitsiyasi “2025” hamda “IV chorak” ustunlaridagi “960 000” raqami “150 000” raqami bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi PF-231-son Farmoniga 5-ilovaning 1-2-pozitsiyalari “Ijro muddati” ustunidagi “2026-yil yanvar” soʻzlari “2026-yil iyun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026 — 2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-256-son Farmonida:
(a) 8-bandning “b” kichik bandi “vazirlik va idoralar” soʻzlaridan keyin “(Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-son qaroriga 1-ilovaning 93-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“93. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy taʼminlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherik tashabbusi bilan tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida u bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati, shu jumladan, koʻp kvartirali uy-joylarning noturar qavatlarida va/yoki yuridik yoki jismoniy shaxslarga qarashli noturar binolarni ijaraga olish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Bunda:
noturar koʻchmas mulk ijara shartnomasi soliq organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimida hisobga qoʻyilgan;
ijaraga olinayotgan obyekt davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tegishli yer maydoni va bino-inshootlarida tashkil etilmagan boʻlishi lozim.
Bitim amal qilish davrida ijara shartnomasi bekor boʻlgan yoki ijara muddati tugagan taqdirda, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladigan subsidiya vaqtincha toʻxtatiladi.
Davlat-xususiy sheriklikning mazkur shakli 75 nafardan kam boʻlmagan bola oʻrnini yaratishni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladi”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-346-son qarori 7-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Toshkent shahri, Yunusobod tumani, “Otchopar-1” MFY, Darvozakent koʻchasi, 60-uy manzilidagi bino-inshootlar Markazga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazilsin”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-290-son qarorining 9-bandidagi “oilaviy” soʻzi “davlat-xususiy sheriklik asosidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/19/0118-son)