Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq mahsulot va xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) isteʼmolchilariga zarar yetkazganlik uchun jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi haqidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. “Oʻzdavstandart” markazi, TIAV, Davlat soliq qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar 1995-yil 1-yanvardan boshlab mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sertifikatlashtirishni oʻtkazish ishlarini tashkil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzstandart” agentligining hududiy organlariga yordam koʻrsatsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.