Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Mamlakatimiz ahlining, ayniqsa yoshlarimizning dunyoviy, ilmiy, axloqiy salohiyatini yuksaltirish, ularda yurt istiqloliga sadoqat, milliy-maʼnaviy va diniy aqidaparstlikning har qanday koʻrinishlarining oldini olish, oʻlkamizda ijtimoiy-maʼnaviy va siyosiy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika mutasaddi davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan “Huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash, diniy aqidaparastlikning oldini olish boʻyicha tadbirlar dasturi” 1-ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
Dasturdagi tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishni tashkil etish uchun 2-ilovaga
* muvofiq tartibda komissiya tuzilsin.
2. Tadbirlar dasturini ijro etish uchun hokimiyat va boshqaruvning tegishli davlat, nodavlat va hududiy tuzilmalariga yuborilsin. Dasturdagi vazifalarning belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini taʼminlash tegishli respublika tashkilotlari va muassasalarining birinchi rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hokimiyat va boshqaruvning davlat tuzilmalari, tashkilotlar dasturda koʻzda tutilgan vazifalarning aniq va ogʻishmay bajarilishini taʼminlash maqsadida oʻz tadbirlar rejasini ishlab chiqishlari belgilab qoʻyilsin.
3. Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Xotin qizlar qoʻmitasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, “Kamolot”, “Mahalla”, jamgʻarmalari va boshqa aloqador tashkilotlar dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimliklar bilan birgalikda tashkil etsinlar.
4. Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, respublika ommaviy axborot vositalari Dasturdagi xalqimiz tabiatiga tamomila yot boʻlgan diniy ekstremizm, xurofiy qarashlardan xalos boʻlishga qaratilgan, diniy va dunyoviy bilimlar nisbatini oqilona belgilashga yoʻnaltirilgan tadbirlarning ahamiyati, mamlakatimizda din va vijdon erkinligi borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarning mohiyatini taʼsirchan shakllarda targʻib etishni taʼminlasinlar.
5. Moliya vazirligi (J. Sayfiddinov) Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarni moliyaviy jihatdan taʼminlash masalasini hal etsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezidentning Davlat maslahatchisi T.Alimov zimmasiga yuklansin.