Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-yanvardan boshlab vaqtincha, bir yil muddatga, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar uchun, markazlashtirilmagan eksportdan olingan valyuta tushumining 50 foizi vakolatli banklarga majburiy ravishda sotilishi belgilab qoʻyilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 1999-yil 1-yanvardan boshlab markazlashtirilgan eksportdan (paxta tolasidan tashqari) olingan barcha valyuta tushumini majburiy ravishda sotish, markazlashtirilmagan eksportdan olingan valyuta tushumining 50 foizini majburiy ravishda sotish, shuningdek korxonalar tomonidan oʻz valyuta mablagʻlarini birjadan tashqari valyuta bozorida sotish toʻlov kunida birjadan tashqari valyuta bozoridagi sotib olish kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklari valyuta mablagʻlarining oʻz vaqtida sotib olinishini taʼminlasinlar.
Valyuta tushumining 50 foizini majburiy ravishda sotishdan olingan valyuta resurslari 1999-yilda oziq-ovqat tovarlarini barqaror import qiluvchi Markaziy bankning litsenziya egalariga konvertatsiyaga, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun isteʼmol tovarlarini tender asosida xarid qilishga yoʻnaltirilsin.
7. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “Soʻm-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-apreldagi 195-son qarori 9-bandining
3-xatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 8-sentabrdagi 384-son qarori 1-bandi a) kichik bandining
4-xatboshi.
8. Respublika vazirliklari va idoralari idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.