Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 1-iyuldagi PF-2010-son
Farmonining 7-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “Soʻm-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-apreldagi 195-son qarorining
9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, 1998-yil 1-iyuldan boshlab:
paxta tolasini markazlashtirilgan tartibda eksport qilishdan tushgan valyuta tushumini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki majburiy ravishda sotish Markaziy bankning toʻlov kunidagi Rasmiy kursi boʻyicha amalga oshiriladi;
markazlashtirilgan tartibdagi boshqa eksportdan tushgan valyuta tushumini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy ravishda sotish, shuningdek markazlashtirilmagan eksportdan tushgan valyuta tushumining 30 foizini majburiy ravishda sotish hamda korxona tomonidan boʻsh valyuta mablagʻlarini birjadan tashqari valyuta bozoridagi sotib olish kursi boʻyicha amalga oshiriladi;
b) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 310-son qarori 1-bandining
“b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.