OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH AGENTLIGINING
“Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-noyabrdagi 720-son “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2005-yil 30-sentabrdagi 01-1/54, 1-son “Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1525, 2005-yil 28-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 360-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2017-yil 7-dekabrdagi 126, K-8-son “Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga gigiyenik sertifikati berish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1525-1, 2018-yil 15-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/1525-1/0566-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 22-oktabrdagi 49, 323-son “Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1525-2, 2018-yil 8-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/1525-2/2171-son).