1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Sport kurashlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda sport kurashlarini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini yaxshilash hamda milliy terma jamoalarning nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar sport kurashlarini (yunon-rum, erkin va ayollar kurashi) rivojlantirish va ommalashtirishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
(a) sport kurashlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish hamda ularni professional sportchi sifatida tayyorlash, musobaqalarning yangi turlarini joriy etish;
(b) trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
(v) sport kurashlari boʻyicha zamonaviy sport majmualarini barpo etish, mavjud moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni doimiy ravishda sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash.
II. Tashkiliy chora-tadbirlar
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
(a) Sport kurashlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
(b) 2026 — 2032-yillarda sport kurashlarini rivojlantirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
3. 2026-yildan boshlab sport kurashlari boʻyicha quyidagi musobaqalar muntazam oʻtkazib boriladi:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi;
(b) Bosh prokuror kubogi;
(v) “Oʻzbekiston botirlari” turniri;
(g) Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari oʻrtasida kubok va chempionatlar.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
4. Belgilansinki, mazkur qarorning 3-bandida koʻrsatilgan sport musobaqalari 2026-yildan boshlab Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari hisobidan oʻtkazib boriladi.
III. Sportchilarni professional tayyorlash va ular zaxirasini yaratish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
5. Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi huzurida Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasini (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
6. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(a) ilgʻor xorijiy tajribani oʻzlashtirish va xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda, sport kurashlari boʻyicha sportchilar, trenerlar, hakamlar va boshqa sport mutaxassislarini zamonaviy, innovatsion metodikalar, ilmiy-tahliliy yondashuv asosida tayyorlash tizimini joriy etish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik]
(b) Birlashgan kurash dunyosi, Osiyo sport kurashlari federatsiyasi hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning sport kurashlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va tajriba almashish tizimini yoʻlga qoʻyish;
(v) barcha darajadagi sport-taʼlim tashkilotlarida yagona yondashuv asosida sport kurashlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashni tashkil etishga koʻmaklashish.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]
7. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(a) Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablagʻlari;
(b) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
(v) xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
(g) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
(a) Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat maktablarida milliy kurash va sport kurashlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
(b) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab har bir tuman (shahar)da 1 tadan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi va kurash mahorat maktablariga biriktiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
(v) sportchilarni zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar asosida tayyorlash uchun xorijiy trenerlar va mutaxassislar jalb etib boriladi.
9. Belgilansinki, 2026-yildan boshlab Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga har yili jami 50 milliard soʻm yoʻnaltirib boriladi. Bunda:
(a) mazkur mablagʻlar:
(i) Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi faoliyatini moliyaviy taʼminlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, milliy terma jamoalarni tayyorlashni tashkil qilishga sarflanadi;
(ii) jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar boʻyicha undiruvlar hamda undirilgan davlat bojlari, jinoiy va maʼmuriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga oʻtkaziladigan olib qoʻyilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari boʻyicha undiriladigan mablagʻlardan (taqsimotdan avval) ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
(iii) Sport vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Sport kurashlari va milliy kurashni rivojlantirish jamgʻarmasida jamlanadi hamda Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston kurash federatsiyasining soʻrovnomasiga asosan grant sifatida ajratiladi;
(b) mablagʻlarning taqsimoti Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan belgilanadi.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
10. Sport kurashlarini ommalashtirish va keng targʻib qilishni tashkil qilish maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
(a) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
(i) har bir tuman (shahar)da kamida bittadan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida sport kurashlariga ixtisoslashtirilgan sport klublar faoliyatini yoʻlga qoʻysin. Bunda ushbu maktablarni sport inventarlari bilan jihozlab borish mazkur qarorning 9-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
(ii) 2026/2027 oʻquv yildan boshlab zarur infratuzilmasi mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida sport kurashlari boʻyicha sport maktabining boshlangʻich tayyorgarlik guruhlari uchun ishlab chiqilgan reja asosida “Bolalar uchun kurash” dasturini joriy qilsin;
(iii) sport kurashlari klublariga ega boʻlgan hamda “Bolalar uchun kurash” dasturi joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻrtasida sport kurashlari boʻyicha tizimli ravishda sport musobaqalarini oʻtkazib borish choralarini koʻrsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
(b) Sport vazirligi Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda joylarda sport kurashlari bilan shugʻullanayotgan, shuningdek, musobaqalarda qatnashuvchi barcha sportchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamlashtirish tizimini joriy etsin;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
(v) Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlar, ayniqsa uyushmagan yoshlarni sport kurashlariga keng jalb etish va iqtidorli sportchilarni eng quyi boʻgʻindan saralab borishni tashkil qilsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
(g) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
(i) har yili talabalar oʻrtasida sport kurashlari boʻyicha tizimli ravishda sport musobaqalari oʻtkazib borilishini;
(ii) oliy taʼlim tashkilotlarida sport kurashlari boʻyicha seksiya va klublar faoliyati yoʻlga qoʻyilishini tashkil qilsin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari sport kurashlarini ommalashtirish maqsadida:
(a) yoshlar oʻrtasida tuman (shahar) va hudud miqyosida musobaqalarni muntazam ravishda tashkil qilib borsin;
(b) mahalliy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va sport musobaqalarida hududiy sport jamoalari ishtirok etishini taʼminlasin.
12. Sport vazirligining buyurtmanomalari (viza talabnomalari)ga koʻra:
(a) Tashqi ishlar vazirligi sport kurashlari boʻyicha jalb etiladigan xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislar, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
(b) Ichki ishlar vazirligi sport kurashlari boʻyicha jalb etiladigan xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislar, shuningdek, ularning oila aʼzolariga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi (uzaytirilishi) hamda Oʻzbekiston Respublikasida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin;
(12-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi sport kurashlari boʻyicha xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov hamda Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi N.T. Yoʻldoshev belgilansin.
16. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-yanvar,
PQ-22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi PQ-22-son qaroriga 1-ILOVA
Sport kurashlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmlari
Ijro muddati
Moliyalashtirish manbalari
Ijro uchun masʼullar
1.
Sport kurashlari boʻyicha sport infratuzilmasini yaxshilash.
1. Sport kurashlari boʻyicha hududlardagi sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish hamda sport inshootlarining joriy holati va taʼmirga muhtojliginijoyiga chiqib oʻrganish.
2. Oʻrganish natijalariga muvofiq sport kurashlari boʻyicha sport inshootlarini kapital taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil mart
Mahalliy budjet mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
Sport vazirligi,
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
3. Manzilli dasturga muvofiq joylardagi sport kurashlari boʻyicha sport inshootlarini kapital taʼmirlash (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirish.
Manzilli dasturda belgilangan muddatlarda
2.
Sport kurashlari bilan shugʻullanuvchilarning umumiy sonini oshirish.
1. Sport kurashlari bilan shugʻullanuvchilar sonini tahlil qilish.
2. Ilgʻor xorijiy davlatlar (AQSH, Yaponiya, Turkiya, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon va boshqalar) tajribasini oʻrgangan holda sport kurashlari bilan shugʻullanuvchilar sonini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil aprel
-
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi,
Sport vazirligi
3.
Umumtaʼlim maktablarida sport kurashlariga ixtisoslashtirilgan sport klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
1. Har bir tuman (shahar)dagi sport kurashlariga ixtisoslashtiriladigan umumtaʼlim maktablari roʻyxatini shakllantirish.
2026-yil iyun
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablagʻlari
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Sport vazirligi,
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
2. Har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumtaʼlim maktabida sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublarini tashkil etish.
2026/2027 oʻquv yili
3. Ushbu maktablarni zarur sport inventarlari bilan jihozlab borish.
Doimiy
4.
Qurolli Kuchlar tizimida sport kurashlarini yanada ommalashtirish va rivojlantirish.
1. Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari va xodimlari orasidan sifatli sport zaxirasini shakllantirish.
2026-yil iyun
Ijrochilar mablagʻlari
Mudofaa vazirligi,
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
2. Qurolli Kuchlar tizimidagi sport kurashlari boʻyicha sport seksiyalarini trener va sportchi lavozimlari bilan toʻldirish, xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, sport kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zaruriy vositalar bilan taʼminlash.
Doimiy
5.
Hududlarda sport kurashlari boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.
1. Hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish.
2026-yil iyun
-
Sport vazirligi,
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
2. Hududlarda xorijiy va mahalliy mutaxassislar ishtirokida sport kurashlari boʻyicha yosh sportchilar bilan mahorat darslarini tashkil qilib borish.
3. Iqtidorli yoshlarni aniqlash va saralab olish hamda ularni professional sportchi sifatida tayyorlash uchun sport-taʼlim tashkilotlariga yoʻnaltirib borish.
Doimiy
6.
Sport kurashlari boʻyicha terma jamoalarning nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishi va unda munosib ishtirok etishini taʼminlash.
1. Sport kurashlari boʻyicha milliy terma jamoalarga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
2. Nufuzli xalqaro musobaqalar (Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik koʻrish rejasini ishlab chiqish.
3. Rejaga muvofiq terma jamoa aʼzolari uchun xalqaro va mahalliy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazib borish.
2026-yil iyul
Ijrochilar mablagʻlari
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi,
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
4. Terma jamoa aʼzolarining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash.
Doimiy
7.
Sport kurashlari boʻyicha oʻquv reja va oʻquv dasturlarini takomillashtirish hamda ushbu sport turini rivojlantirishning ilmiy-metodik taʼminotini yoʻlga qoʻyish.
1. Oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqish.
2026-yil avgust
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablagʻlari
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi,
Sport vazirligi,
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
2. Xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv reja va oʻquv dasturlari, maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.
3. Davlat sport-taʼlim tashkilotlarida ishlab chiqilgan oʻquv rejalar va oʻquv dasturlarini joriy qilish.
2026/2027 oʻquv yili
8.
Sport kurashlari boʻyicha sportchilar, trenerlar, hakamlar va boshqa sport mutaxassislarini zamonaviy, innovatsion metodikalar, ilmiy-tahliliy yondashuv asosida tayyorlash tizimini joriy etish.
Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
2026-yil mart
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablagʻlari va homiylik xayriyalari
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi,
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,
Sport vazirligi
9.
Milliy terma jamoalarni ilmiy va uslubiy jihatdan taʼminlash tizimini takomillashtirish.
1. Sport kurashlari boʻyicha milliy terma jamoalar uchun ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar roʻyxatini shakllantirish.
2026-yil avgust
Ijrochilar mablagʻlari
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi,
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,
Sport vazirligi
2. Roʻyxatga muvofiq ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni takomillashtirish.
3. Takomillashtirilgan ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni Sport vazirligi tizimidagi oliy taʼlim tashkilotlarining ilmiy kengashlarida koʻrib chiqish va chop etish.
Doimiy
10.
Sport kurashlari boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish va amaliyotga joriy etib borish choralarini koʻrish.
1. Oʻquv-mashgʻulot jarayonlariga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etib borish.
2. Milliy terma jamoa trenerlari va boshqa mutaxassislarini tajriba almashish maqsadida sport kurashlari rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborishni yoʻlga qoʻyish.
3. Sport kurashlari rivojlangan xorijiy davlatlar sportchilari ishtirokida xorijiy va mahalliy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil qilib borish.
Doimiy
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablagʻlari
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
11.
Milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik qoʻllab-quvvatlash.
1. Sport kurashlari boʻyicha milliy terma jamoalarning tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan taʼminlanganlik holati va ehtiyojini oʻrganish.
2. Aniqlangan ehtiyojga koʻra, sport kurashlari boʻyicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan taʼminlab borishni tashkil qilish.
Doimiy
Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi,
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi PQ-22-son qaroriga 2-ILOVA
2026 — 2032-yillarda sport kurashlarini rivojlantirish boʻyicha
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
T/r
Koʻrsatkichlar
Oʻlchov birligi
Yillar kesimida
Masʼul ijrochilar
2026
2027
2028
2029
2030
2031
2032
1.
Sport kurashlari bilan shugʻullanuvchilar soni
nafar
26 700
26 900
27 100
27 300
27 500
27 700
27 900
Sport vazirligi,
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
2.
Sport kurashlari bilan shugʻullanuvchi ayollar soni
nafar
1 500
1 600
1 700
1 800
1 900
2 000
2 100
Sport vazirligi,
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
3.
Sport kurashlari boʻyicha trenerlar soni
nafar
1 070
1 090
1 110
1 130
1 150
1 170
1 190
Sport vazirligi,
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
4.
Sport kurashlari boʻyicha xalqaro toifadagi hakamlar soni
nafar
13
15
17
20
23
26
30
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
5.
Sport kurashlari boʻyicha terma jamoalarning xalqaro sport musobaqalaridagi ishtiroki
son
21
20
22
20
21
20
22
Sport vazirligi,
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
6.
Sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro sport musobaqalari
son
3
4
4
3
3
3
3
Sport vazirligi,
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi PQ-22-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-337-son qarorining 6-bandida:
(i) “Yoshlar siyosati va sport vazirligi” soʻzlari “Sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) “B. Kurbanov” soʻzlari “Sh. Xalmuxammedov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) uchinchi xatboshidagi “2024-2025-yillarda” soʻzlari “2024 — 2027-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini kompleks rivojlantirish dasturining 44-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-449-son qaroriga 1-ilovaning 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
9.
Nukus, Samarqand va Fargʻona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnika va oʻquv-mashq bazasiga ega boʻlgan hududiy gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlarini tashkil etish.
1. Obyekt barpo etiladigan manzilni aniqlash, tegishli yer maydonini ajratish.
2023-yil aprel
-
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
(F. Ermanov),
Samarqand viloyati hokimligi
(A. Boboyev),
Fargʻona viloyati hokimligi
(X. Bozarov)
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi
(U. Rozukulov),
Sport vazirligi
(M. Ismailov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(O. Fozilkarimov),
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
(Sh. Xidoyatov)
2. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish.
2023-yil may — iyul
“Oʻzavtosanoat” AJ homiylik mablagʻlari,
ijrochilar mablagʻlari
3. Obyektni qurish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
4. Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tanlov (tender) eʼlon qilish va pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish.
5. Qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.
2026-yil dekabr
6. Bino va inshootlarni zamon talablari asosida jihozlash.
Ijrochilar mablagʻlari
7. Amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlarini qabul qilish, nazorat-oʻlchovdan oʻtkazish.
”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-149-son qarorining 3-bandida:
(a) quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2026-yil 1-fevraldan boshlab biologik namunalarni toʻplash va tadqiqotlar (doping-testlar) oʻtkazish boʻyicha maxsus moslamalar hamda boshqa tovar va xizmatlarni xarid qilishni (xorijiy va mahalliy yetkazib beruvchilardan) “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili orqali amalga oshiradi”;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-355-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 5-pozitsiyasi “Ijro muddatlari” ustunidagi “2024-2025-yillar davomida” soʻzlari “2024 — 2026-yillar davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-274-son qarori bilan tasdiqlangan 2024 — 2026-yillarda voleybol sport turlarini rivojlantirish dasturining 9-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori bilan tasdiqlangan Jamoaviy sport turlari bilan muntazam shugʻullanishni tashkil qilish hamda ushbu sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 6-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
6.
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarini jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishga tizimli jalb qilib borishni yoʻlga qoʻyish.
1. Tadbirkorlik subyektlari xodimlarini jamoaviy sport turlari bilan muntazam shugʻullanib borishga jalb qilish.
Doimiy
Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari
Savdo-sanoat palatasi
(D. Vahobov),
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
“Tadbirkor ayol”
Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi
2. Tadbirkorlik subyektlarida jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublarini tashkil qilishga koʻmaklashish.
Doimiy
3. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz xodimlarining jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishini tashkil qilishi boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish.
Savdo-sanoat palatasi
(D. Vahobov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(I. Norqulov),
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Soliq qoʻmitasi
(F. Pulatov)
4. Xodimlarining jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda jamoaviy sport turlariga homiylik mablagʻlarini yoʻnaltirganlik uchun soliq imtiyozlarini taqdim qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
2025-yil iyun
5. Tadbirkorlik subyektlarining xodimlarni sportga jalb qilish boʻyicha reytingini joriy etish hamda ularning sport klublari reyestrini yuritish, shuningdek, har yili eʼlon qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.
2026-yil aprel
Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi mablagʻlari
Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)