Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 6-oktabrdagi 75/2023-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3472, 2023-yil 31-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 10/23/3472/0820-son) bilan tasdiqlangan Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi
reglamentga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 5-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyidagi” degan soʻzlar “yashash joyi yoki turgan joyidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-ilovaning
matnidagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4.
3 va
4-ilovaning matnlaridagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyingizdagi” degan soʻzlar “yashash joyi yoki turgan joyingizdagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.