toggle_night_mode
Hujjat 17.08.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3755]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-dekabr,
29-son
Kelishildi:
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
2025-yil 12-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 29-son buyrugʻiga
ILOVA
Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar
ROʻYXATI

T/r

Kasalliklar nomi

1.

Oʻmrov va toʻsh suyagi sinishi*

2.

Yelka kamari sinishi*

3.

Qovurgʻalar sinishi*

4.

Chap oʻmrov suyagi chiqishi tufayli oʻtkazilgan operatsiyalar*

5.

Chap oʻmrov suyagining soxta boʻgʻimi sinishi*

6.

Umurtqa pogʻonasining kompression sinishi*

7.

Oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich)

8.

Bronxial astma (IV bosqich)

9.

Oʻpkaning interstitsial zararlanishi (fibroz va boshqalar)

10.

Oʻpkaning bir qismi yoki butun qismining (chap yoki oʻng) olib tashlanishi (lobektomiya, pnevmonektomiya)**

11.

Surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi

12.

Ogʻir yurak-qon tomir kasalliklari (oʻtkazilgan infarktlar, ishemiya va boshqalar)

13.

III darajali (morbid) semizlik (Tananing massa indeksi ≥ 40)

14.

Past boʻylik (nanizm) 150 santimetrdan past**

15.

Qoʻl yoki yelka harakatini cheklovchi nevrologik kasalliklar

16.

Tananing koʻkrak qismida joylashgan ogʻir allergik yoki dermatologik kasalliklarning ogʻir shakllari (ekzema, psoriaz va boshqalar)

17.

Oʻmrov, kurak, yelka, toʻsh suyaklari va qovurgʻalarda ichki va tashqi implantlarning mavjudligi

18.

Koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻida oʻtkazilgan ochiq turdagi operatsiyalar

19.

Stomalar mavjud boʻlishi

20.

Koʻkrak qafasi sohasidagi yirik hosilalar (oʻsma)

Izoh: Ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi boʻyicha QR-kodli (matrik shtrixli kod) elektron tibbiy maʼlumotnoma mazkur roʻyxatga ilovada keltirilgan shaklda “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi orqali bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi yoki bemor davolangan davlat tibbiyot muassasasi tomonidan bepul beriladi.
Tibbiy maʼlumotnoma bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi tomonidan u davolangan nodavlat tibbiyot tashkilotining tegishli xulosasi asosida ham berilishi mumkin.
Tibbiy maʼlumotnoma 1 yil muddatga beriladi, bundan mazkur izohning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida belgilangan muddatlar mustasno.
* Tibbiy maʼlumotnoma ushbu kasalliklar yuzasidan qoʻyilgan tashxislar boʻyicha belgilangan muddatlar (2 oy, 4 oy, 6 oy, 1 yil) doirasida beriladi.
** Tibbiy maʼlumotnoma ushbu kasalliklar uchun doimiy muddatga beriladi.
Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar roʻyxatiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar boʻyicha

TIBBIY MAʼLUMOTNOMA SHAKLI
 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

1. Maʼlumotnoma beruvchi tashkilot nomi

-

2. Familiyasi, ismi, otasining ismi

-

3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

-

4. Tugʻilgan sanasi

5. Yashash joyi

-

6. Maʼlumotnoma raqami

-

7. Maʼlumotnomaning amal qilish muddati

2 oy 4 oy 6 oy 1 yil doimiy

8. Maʼlumotnoma tasdiqlangan sana
 

20___ yil “___” ________________________


 

QR-kod skaner qilinganda, ushbu hujjatning nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy axborot resursidan https://ssv.uz generatsiya qilinadi.

Boshqa axborot resurslaridan shakllantirilgan hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga tegishli emas.

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3755/0039-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)